9-sinf Sinf soati ish reja va konspekt 2023-2024-yil


Topshiriq: “Shu aziz Vatan barchamizniki” mavzusida guruhlarning kichik


Download 2.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/53
Sana22.10.2023
Hajmi2.47 Mb.
#1715353
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53
Bog'liq
9 sinf sinf soati ish reja va konspek (2)

Topshiriq: “Shu aziz Vatan barchamizniki” mavzusida guruhlarning kichik 
chiqish rus tilida. 
 
Sana: 
11-mavzu: Reproduktiv salomatlikning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari 
Kun shiori: Sog’lom ayol-sog’lom farzand 
Maqsad: 
O`quvchilarga 
reproduktiv 
salomatlikning 
ijtimoiy-psixologik 
xususiyatlari
haqida ma’lumot berish, 
vatanparvarlikni singdirish, mustaqil 
fikrlashni, odob-axloq xislatlarini milliyligimiz darajasida uqtirish.. 
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va 
jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va 
huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy 
madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish. 


Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda 
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, 
orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini 
shakllantirish. 
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, 
slaydlar, tarqatma materiallar. 
O`qituvchi:
Reproduktiv salomatlik – sodda qilib aytganda, faqat insonning reproduktiv tizimi va 
funksiyalari hamda jarayonlariga oid barcha masalalarda xastalikning yo‘qligini 
anglatmaydi, balki uning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan to‘liq mo‘‘tadil (farovon) 
holatini ifoda etadi. 
Binobarin, mamlakatimizda onalar va bolalar o‘limi ko‘rsatkichi yildan-yil kamayib, yuqumli, 
virusli, o‘ta xavfli infeksiyalardan asrash sog‘lom muhit sharoitlari, ekologik xavfsizlikni 
ta’minlash, aholi o‘rtasida kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar 
ko‘rilayapti. Bemorlarga tegishli hajmdagi malakali tibbiy xizmat, jumladan shoshilinch tibbiy 
xizmat ko‘rsatish tizimi takomillashib bormoqda. Qishloq joylarida ko‘plab zamonaviy qishloq 
vrachlik punktlari barpo etildi. Tibbiyotning 10 ta muhim yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy 
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazlar tashkil etilgani ham zamonaviy 
tibbiyotimizning yutuqlaridan biridir. Xalqimizning o‘rtacha umr ko‘rish darajasi uzaygani
navqiron avlodning jismoniy va intellektual salohiyati oshgani bu ezgu ishlarning samarasidir. 
Ta’kidlash joizki, sog‘liqni saqlash tizimida erishilgan yutuqlar barobarida hali o‘z echimini 
kutayotgan dolzarb masalalar xam mavjud. 
Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilishga oid muhim vazifalar ana shular 
jumlasidandir. Chunki aholining reproduktiv jihatdan salomatlik darajasi jamiyatning sog‘lomlik 
darajasiga, milliy genofond salomatligi darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan ham 
butun dunyoda reproduktiv salomatlik faqat tibbiy muammo emas, balki, tibbiy-ijtimoiy
qolaversa, ijtimoiy-siyosiy muammo hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ta’rifiga 
ko‘ra reproduktiv salomatlik masalalari birinchi bor 1994 yil Qoxirada bo‘lib o‘tgan 
Aholishunoslik va taraqqiyot xalqaro konferensiyasida ko‘tarilgan edi. Ushbu konferensiyada 
reproduktiv salomatlik iborasiga to‘la izoh berildi. 
Reproduktiv huquq – bu barcha er-xotin va alohida shaxslarni oilada bolalar soni, ular 
tug‘ilishlaridagi oraliq, tug‘ilish vaqti haqida erkin hamda mas’uliyat hissi bilan qaror qabul 
qilishi, buning uchun shart bo‘lgan ma’lumot va vositalarga ega bo‘lish borasidagi asosiy 
huquqlarini tan olish demakdir. Oilani mustahkamligi ko‘pgina omillarga, asosan ona va 
bolaning salomatligiga bog‘liqdir. Ona sog‘lom bo‘lsagina undan jismoniy va aqliy jihatdan 
sog‘lom farzand dunyoga keladi. Turmush qurishga tayyorlanayotgan yigit va qizlarimiz 
sog‘lom hayot gigienasi va reproduktiv salomatlik bo‘yicha etarli bilimga ega bo‘lishlari kerak. 
Shu bilan birga nikohdan oldingi tekshiruv va uning ahamiyati haqidagi bilimlar yoshlarni 
hayotga adashmasliklari uchun yana bir imkon yaratadi. 
Reproduktiv so‘zi lotincha so‘z bo‘lib, re-tiklanish, takrorlanish, producto –yarataman ma’nosini 
anglatadi. Reproduksiya biologiyada organizmning o‘ziga o‘xshash organizmlarni yaratishi
ko‘payishi ma’nosini bildiradi. Reproduktiv salomatlik ya’ni ayolning qachon va qanday 
sharoitlarda ona bo‘lishini nazorat qilish, onaning va undan tug‘ilajak bolaning ham salomatligi 


uchun maqbul shart-sharoit yaratish degani. Reproduktiv salomatlik masalasi faqat oilada 
tug‘ilajak bolalar sonini cheklashgina emas balki, u ichiga kengroq masalalarni qamrab oladi. 
Bunga asosiy e’tibor oilalar farovonligini ta’minlash, ularda ijobiy psixologik iqlimning hukm 
surishi, onalar va bolalar salomatligini saqlash, oilalarning tom ma’noda mustahkamligini 
ta’minlash kabilar nazarda tutiladi. 
Oilaning muxim funksiyalaridan biri bu uning reproduktiv (jamiyatning biologik uzluksizligini 
ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish) funksiyasidir. Oilaning vazifasi faqatgina yangi avlodni 
dunyoga keltiribgina qolmasdan, insoniyat paydo bo‘lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan 
ilmiy va madaniy yutuqlar bilan tanishtirgan holda ularning salomatligini saqlab turishdan xam 
iboratdir. Oilaning jamiyat oldidagi reproduktiv funksiyasi va uning bajarilishi deyilganda 
aholining sonining qayta tiklanishi uchun har bir oilada nechta farzand bo‘lishi nazarda tutiladi. 

Download 2.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling