9-sinf Sinf soati ish reja va konspekt 2023-2024-yil


Sana:  12-mavzu: Kasblar haqida tushuncha


Download 2.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/53
Sana22.10.2023
Hajmi2.47 Mb.
#1715353
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53
Bog'liq
9 sinf sinf soati ish reja va konspek (2)

Sana: 
12-mavzu: Kasblar haqida tushuncha 
Kun shiori: Intilganga tole yor 
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ajdodlarimiz merosini 
o`rganish farzandlik burchi ekanligini uqtirish, ularga bir harf bo`lsa ham o`rgatgan 
tarbiyachi, o`qituvchi, o`zlari turli xil to`garaklarga borayotgan murabbiylarga 
bo`lgan hurmatini rivojlantirish. 
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. 
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:
,
,
shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, 
slaydlar, tarqatma materiallar. 


Doskada: “Intilganga tole yor, o`z orzularingiz, tanlagan kasbingiz yo`lida 
hech tolmang!” 
Har bir kasbning o‘ziga yarasha mashaqqati va fazilati bor. Qaysidir kasbni
egallash uchun chuqur bilim, yana qaysidir kasbning ustasi bo‘lish uchun esa
tug‘ma iste’dod yoki mahorat talab etiladi. O‘qituvchilik sharafi kasblardan
biri. Ustoz bo‘lishni istagan inson, eng avvalo, bolalarni chin dildan sevi- 
shi, ke rak. O‘qituvchi bolalarga ilm-fan sirla rini o‘rgatadi, shu bilan birga,
tarbiya ham beradi. Shuning uchun xalqimiz o‘qituvchilarni e’zozlab, «Ustoz
otangdek ulug‘», – deydi. 
Shifokor bo‘lishni orzu qilgan kishi o‘ta ziyrak, hushyor va bilimdon
bo‘lishi lozim. Chunki bemor hayoti shifokorning qo‘lida. Shifokorning
birgina xatosi tufayli inson bir umrga nogiron bo‘lib qolishi yoki hayoti
xavf ostida qolishi mumkin. 
San’atkor, rassom, shoir va yozuvchilar doimo el na zarida bo‘ladilar.
Shuning uchun bu kasb egalari tug‘ma iste’dod bilan bir qatorda yana
ko‘pgina fazilatlarga ham ega bo‘lishlari kerak. Ular xalqimiz tarixi,
madaniyatidan boxabar bo‘lishlari shart. Mehnatsevarlik ijod odamlari uchun
eng zarur fazilat. Boisi ijodning bir foizi tug‘ma iste’dod bo‘lsa, to‘qson
to‘qqiz foizi mehnatdir. 
Xalqimiz tadbirkor insonlarni qadrlaydi. Chunki bunday kishilar xalq, Vatan
uchun katta manfaat keltiradilar. Bugungi kunda yurtimizda tadbirkorlikni
rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Tadbirkorlar o‘z
korxonalarida xalqimiz ehtiyoji va chet mamlakatlarga sotish uchun turli
mahsulotlar ishlab chiqarmoqdalar.Fermerlik ham olijanob kasblardan biri.
Fermer nafaqat dehqonchilik va chorvachilikdan, balki to‘g‘ri ish yuritish, 
hisob-kitob hamda ilm-fanning eng yangi yutuqlaridan ham xabardor bo‘lishi
kerak. Shunda uning ishlari yanada rivoj topadi.Inson qaysi kasbni
tanlashidan qat’i nazar, o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yishi va uni amalga
oshirish uchun tinmay intilishi lozim. Hayotda mashaqqatlarga chidagan va
ularni yengib o‘tganlargina o‘z kasbining ustasi sifatida hurmat-e’tiborga
sazovor bo‘ladilar. 


Yakuniy qism: 

Download 2.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling