9-sinf Sinf soati ish reja va konspekt 2023-2024-yil
Reproduktiv salomatlikni tashkil etuvchi omillar deganda quyidagilar
Download 2.47 Mb. Pdf ko'rish
|
9 sinf sinf soati ish reja va konspek (2)
Reproduktiv salomatlikni tashkil etuvchi omillar deganda quyidagilar
nazarga tutiladi: 1. Kontratsepsiya xizmati bu istalmagan homiladorlikning oldini olish bo‘lib, hozirgi kunda kontratseptiv vositalarning ko‘plab turlari mavjud bo‘lib, ulardan mamlakatimizning har bir nuqtasida ayollarimiz salomatligi uchun ular bepul foydalanish imkoniyatiga ega. Ulardan bachadon ichi vositalari (BIV), og‘iz orqali qabul qilinadigan gormonal tabletkalar (OK), in’eksion vositalar (IK), to‘siq usullari (prezervativ), qolaversa, ixtiyoriy jarroxlik sterilizatsiyasi (IJK) zamonaviy laporoskopik usulda amalga oshiriladi. 2. Ayolni homiladorlik davrida erta hisobga olish, homiladorlikni kuzatish, tug‘ruqqa tayyorlash, tug‘ruqdan keyingi chilla davrini olib borishni o‘z ichiga oladi. Homilador ayolni homiladorlikning 14-20 haftaligida perinatal skrining tekshiruvidan, chaqaloq tug‘ilgandan keyin 5 kun ichida neonatal tekshiruvidan o‘tkazilishi bolalikdan nogironlikni oldini olish uchun zamin yaratadi. 3. Ayollarni jinsiy yo‘l orqali yuquvchi kasalliklar OIV , OITS va TORCH infeksiyalarga tekshirish va davolash. Bu bilan homila tushishi, o‘lik tug‘ish, homilaning nuqsonli rivojlanishi, homilaning o‘smay qolishi hamda bepushtlik oldi olinadi. 4. Xalqning tibbiy madaniyatini oshirish ayniqsa, mahallalar, kollej, maktab, oliygohlar bilan ishlash, ular orasida tibbiy ko‘riklarning ahamiyati va buning uchun har bir insonning o‘zi mas’ul ekanligini tushuntirish. Xulosa: Muxtasar qilib aytganda, mamlakatimizda aholi reproduktiv salomatligiga erishish sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va targ‘ib qilish, turli xil kasalliklarni oldini olish, xotin-qizlar salomatligini mustaxkamlash sog‘lom avlodni tarbiyalash borasidagi keng ko‘lamli ishlar barcha yo‘nalishlarda kompleks ravishda xotin-qizlar ko‘mitalari, mahalla jamg‘armalari, Kamolot yoshlar harakati hamda tibbiyot xodimlarining faol ishtirokida amalga oshirilmoqda. Bu esa davlatimiz raxbari tomonidan mamlakatimiz aholisi, birinchi navbatda, xotin-qizlar va bolalar salomatligini yaxshilash borasida ko‘rsatilayotgan doimiy g‘amxurligining samaralaridir. Zero, Vatanimiz kelajagi ana shunday sog‘lom onalar va bolalarga bogliq. Download 2.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling