9-sinf Sinf soati ish reja va konspekt 2023-2024-yil
Download 2.47 Mb. Pdf ko'rish
|
9 sinf sinf soati ish reja va konspek (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MODELLASHTIRILGAN SXEMA TAHLILI (
Sog` tanda sog`lom aql Inson tanasi sog`lom bo`lsa, sog`lom fikrlaydi Insonning tana a'zosi - bosh miya faoliyatida ma'lumotlar saqlanadi va kundanlik hayotda undan foydalanish imkoniyatini beradi . MODELLASHTIRILGAN SXEMA TAHLILI (rasmlari bilan) QUYOSH TABIIY OMILLAR HAVO SUV Quyosh vannalari inson organizmini turli kasalliklardan himoya qilish bilan birga uni davolaydi.Quyosh vannalarini qabul qilish jarayonida oddiy qoidalarga rioya qilish lozim.Oftobda toblanishni 3-4 daqiqa davomida daraxtlarning soyasida 10 daqiqa tanaffus bilan olishni boshlang. Quyoshda bo`lish vaqtiga har kun 2-3 daqiqadan qo`shib boring. Quyoshda bir necha daqiqa va soyada bir necha daqiqa bo`lishni ketma-ket almashtirib borish juda ham foydali. Ertalabki va kechki paytlarda, quyosh nurlariga vaqti-vaqti bilan orqa, ko`krak yoki yonbosh tarafni qo`ygan holda toblanish kerak. quyoshga chiqayotganda boshingizga bosh kiyim: shapka, kepka, panama kiyish yoki ro`mol o`rashni yodingizdan chiqarmang. Ba`zi bolalarda quyosh nurlarini yomon qabul qilish hollari ham uchraydi, ular oftobda toblanayotganlarida yanada ehtiyot bo`lishlari kerak. Agar shifokorlar oftobda toblanishni umuman ta`qiqlagan bo`lsalar, u holda xafa bo`lib, umidsizlanmaslik kerak. Iliq bulutli ob-havoda havo vannasini qabul qilish mumkin. Musaffo havo.Musaffo, toza havo – barcha bolalar uchun foydali. Havo vannalarini quyosh va soyada olish mumkin. Havo vannalarini qabul qilayotganda ko`proq harakatda bo`lishga harakat qiling. Shamoldan himoyalangan joylarda havo vannalarini qabul qilish maqsadga muvofiq.Uni qabul qilishni yoz faslida boshlagan yaxshi. Birinchi vanna +16°,+18° haroratda, 2-4 daqiqa davom etishi kerak, keyinchalik esa 20 daqiqagacha uzaytiriladi. Agar harorat +20° bo`lsa – qabul qilish vaqtini ikki barobar ko`paytirish kerak. Kunduzgi uyquni toza havoda oynalari ochiq xonada, ayvon yoki shiyponda tashkillashtirish mumkin. Tayyorlangan joyda yelvizak bo`lishiga imkon yaratish juda ham yaxshi, lekin o`zingiz yelvizakda qolishingiz kerak emas. Havoning tozaligini muntazam kuzatib borish, tungi uyqudan oldin xonani shamollatish maqsadga muvofiq. Suv bilan chiniqish.Suvning asosiy sog`lomlashtirish xususiyati: organizmda mavjud bo`lgan moddalar almashinuvining zararli mahsulotlarni chiqarishda teriga yordam beradi va kasallik qo`zg`atuvchi mikroblardan tozalaydi (cho`miliganda, vanna qabul qilganda). Download 2.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling