9-sinf Sinf soati ish reja va konspekt 2023-2024-yil


Download 2.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/53
Sana22.10.2023
Hajmi2.47 Mb.
#1715353
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53
Bog'liq
9 sinf sinf soati ish reja va konspek (2)

Davlat suvereniteti . 1. 
O`zbekiston Respublikasining suvereniteti uning butun 
hududida amal qiladi. 2. 
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari 
O`zbekiston Respublikasining butun hududida ustinlikka ega.
3. O`zbekiston Respublikasi o`z hududining yaxlitligi va 
daxlsizligini ta’minlaydi 
O`zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining sifatlari 
Butun hududda amal 
qiladi 
Butun hududda ustinlikka ega 
bo`lgan konstitutsiya va 
qonunlarni qabul qiladi 
O`z ichki va tashqi siyosatini 
mustaqil belgilaydi 
O`z hududining yaxlitligi va 
daxlsizligini ta’minlaydi 


Maqsad: 
O`quvchilarda 
davlat 
ramzlariga 
bo`lgan 
hurmatni 
rivojlantirish,O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini yuksaklarga ko`tarishda 
ularning roli kattaligini uqtirish, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i o`zga 
yurtlarda ko`tarilganda va Davlat madhiyasi o’zga yurtlarda yangraganda g`urur 
va iftixor tuyg`usini oshirishni singdirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. 
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal 
qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish 
layoqatlarini shakllantiradi 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega 
bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi 
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, 
slaydlar, O`zbekiston Respublikasi Davlat ramzlari, tarqatma materiallar. 
 Doskada: O`zbekistonim bayrog’i-doimo va mangu hilpirayversin jahon 
uzra. 
 O`qituvchi:
Нilpira, bayrog’im, hilpira mag’rur, 
Ozod, hur xalqimga bag’sh etib surur. 
Birlashgan millatlar koshonasida, 
Hilpira bizlarga bag’sh etib g’urur. 
Qadimdan ham jahon tarixida davlatlar mavjud ekanki, ularning ramzlari 
bo`lgan. Bu ramzlar mazkur davlat fuqarolalariga go`yoki ruxsatnoma yoxud hujjat 
hisoblangan. Buyuk Amir Temur bobomiz davlat ramzlariga juda yuksak siyosiy 
ahamiyat berganlar. Jumladan, jang maydonida lashkardan bir nafari omon qolsa 
ham, u mamlakat bayrog`ini baland tutsin, deb farmon berganlar. Bayroqning 
egilishi mag’lubiyat belgisi deb qabul qilingan.Har bir davlatning o`z bayrogi 
bo`ladi. 
Sohibqiron Amir Temurning yurishlarida lashkar oldida uning


tug`i- bayrog’i olib yurilgan.
Xalq idrokida bayroqning yuqori qismi O`zbekistonning doim moviy 
osmonini, bayroq o`rtasi xalqimizning oq ko`nglini va uning oq paxtasini, 
bayroqning tub qismi esa bizning cheksiz yashil dalalarimiz va tabiatimizni ifoda 
qiladi. O`n ikki yulduz- keng va behad
O`zbekistonimizning azaliy tariximizga sodiqligini bildiradi, yarim oy esa 
yurtimizning tarixiy an’analari bilan bog’liq. Ayni paytda qo’lga 
kiritilgan mustaqilligimizdan darak beradi, bayroqdagi ikki qizil yo`l-
mavjud birlik va buzilmas do`stlikka erishish uchun yurtimiz farzandlari qon 
to`kkanlariga ham ishora qiladi. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i 
mamlakat Prezidenti, Oliy Majlis, O`zbekiston hukumati, mahalliy davlat
idoralari,
O`zbekistonning turli vakolatxonalari ish olib borayotgan binolarda
O`zbekistonning rasmiy delegatsiyalari qatnashayotgan xalqaro tadbirlarda 
ko`tariladi. Bu qoidalar alohida qonun asosida belgilangan.O`zbekiston 
Respublikasi Davlat bayrog`iga nisbatan hurmatsizlik 
bildirgan shaxs yoki tashkilot belgilangan tartibda jazolanadi. 

Download 2.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling