9-Tajriba mashg’ulot Mavzu: Frezalar turlari va geometriyasini o’rganish
Download 272.04 Kb. Pdf ko'rish
|
9-Tajriba mashg’ulot
Silindrik va diskasimon frezalar
Bu frezalarning konstruksion xususiyatlaridan kelib chiqib farqi shundaki, asosiy kesuvchi qirralari silindrda joylashib, uning o‘qi, aylanadigan asbob o‘qiga mos kelib, ishlov berilayotgan yuzaga parallel joylashadi. Silindrik frezalarda yordamchi kesuvchi qirralar bo‘lmaydi va ular erkin kesish sharoitida ishlaydi. Aksincha, diskali freza tishlari bir yoki hamma tishlari toretsida (yon yuzasida) yordamchi kesuvchi qirralar bilan jihozlangan. Lekin silindrik frezalardan farqi shundaki, ularning diametri freza uzunligidan ko‘proq. Frezalarning hamma turi o‘rnatiladigan, teshikli va opravkada o‘rnatish uchun shponkali ariqchasi bor qilib tayyorlanadi. Amalda frezalarning ishlash sharoiti noma’lum hollarda, silindrik frezalarni ishlatilish sharoitidan kelib chiqib, quyidagi emperik formulalardan foydalaniladi: bu yerda: m-freza konstruksiyasi va ishlash sharoitini hisobga oluvchi koeffitsient (m=2 mayda tishli toza frezalar va – yirik tishli frezalar uchun va ω, 30˚ gacha). Mayda tishli frezalarning diametri 40...90 mm gacha ishlab chiqariladi. Kichik burchakli ω da o‘qdagi kuchlanish kichikroq, tish shakli trapetsiyasimon, burchaklari γ=15˚, α=16˚ qilib tayyorlanadi. Yirik tishli frezalarda tishlar soni kamroq. Ularda ω burchak 45˚ gacha boradi, tish shakli parabolik kuchaytirilgan bo‘lib, balandligi o‘rtacha qattiqlikdagi po‘latlarga ishlov berish uchun γ=15...16˚, α=10...14˚. O‘qdagi kuchlanishlar ko‘p bo‘lgani uchun, uni yo‘qotish choralarini ko‘rish kerak, misol uchun bitta opravkada tishlari har xil yo‘nalishdagi ikkita freza o‘rnatish mumkin (3-rasm). Shu paytda o‘ngdagi va chapdagi frezalarning o‘qdagi kuchlanishi ishlash vaqtida muvozanatlashadi. 3-rasm. Tishlari har xil yo‘nalishdagi ikkilamchi silindrik frezalar. Disksimon frezalarning silindrik frezalardan farqi shuki, ularning vazifasi qisqa (tor) yuzalarga ishlov berish uchun ariqni (paz) kesish, pog‘onalarni kesishda, zagatovkalarni kesib ajratib olishda va h.k. ishlatiladi. Ular ko‘proq og‘ir sharoitlarda erkin emas, kesishda ishlatiladi, freza korpusining kichik ko‘ndalang bikrligi sababli tez-tez chiqadigan tebranishlar va qirindi kesish doirasidan qiyin chiqishi sabab bo‘ladi. Disksimon frezalarning quyidagi turlari mavjud: ikkita va uch taraflama kesish ariqchali, ichkariga kesadigan va kesib ajratadigan (arralar). Diskali ikki taraflama frezada tishlarining kesuvchi qirrasi silindrda va bittasi yon yuzada (toretsida) joylashgan bo‘ladi (4- rasm, a), uch taraflamadagisi esa ikkala yon yuzada bo‘ladi (4-rasm, b). 4-rasm. Diskali frezalarning turlari: a – ikki taraflama; b – uch taraflama; v – uch taraflama har xil yo‘nalishdagi o‘rnatiladigan tishlari bilan; g – ariqchali (pazli). Ariqchali frezalar (4-rasm, g) kengligi aniq ariqchalarni frezalash uchun qo‘llaniladi. Tashqaridan qaraganda uch taraflama frezalarga o‘xshash, lekin asosiy kesuvchi qirralari kichik uzunlikda bo‘lib, tishlarni geometrik parametrlari: γ=10…15˚, α=20˚ bo‘ladi. Yon yuzadagi yordamchi kesuvchi qirralarni plandagi burchak φ=1…2˚ charxlash orqali olinadi, qirindi chiqadigan ariqchalarni silindrik qismida kesiladi. Ariqchali frezalar diametri 50…10 mm va kengligi 3…16 mm qilib ishlab chiqariladi. Ayrim hollarda qayta charxlashda B kengligini doimiyligini o‘lchash jarayonida “kertilgan” tishlar bilan ishlab chiqariladi. Ichkariga kesadigan va kesib ajratadigan frezalar tish shakli bo‘yicha ariqchali frezaga o‘xshash va chuqur emas va tor ariqchalarni kesish uchun mo‘ljallangan, misol uchun shlitsali, kengligi B=0,2…6 mm, shuningdek, zagatovkalarni qaysi shaklda va qalinlikda bo‘lmasin kesishda qo‘llaniladi. Diametri 20…315 mm bo‘lgan yaxlit frezalar mayda, o‘rtacha va yirik tishli qilib tayyorlanadi. Ularning geometrik parametrlari: γ=0…10˚, α=20˚ φ=30…1˚ (5-rasm, a). Yig‘ma frezalarni diametri 250…2000 mm bo‘lganini qo‘yiladigan pichoqlar bilan jihozlanadi (5-rasm, b) yoki tezkesar po‘latlardan tayyorlangan segmentlar bilan ta’minlanadi. Sigmentlarning yemrilish jarayonida sigmentlarni o‘rniga yangisini qo‘yiladi. 5-rasm. Kesadigan va kesib ajratuvchi frezalar: a – kesadigan (shlitsali) va yaxlit kesib ajratuvchi; b – kesib ajratuvchi yig‘ma (pichoqlari qo‘yiladigan arra); v – sigmentli; g, d – kesish sxemasi. Download 272.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling