Barcha javoblar orasida eng koʻp uchraydigan 9 ta taklif va fikrlarni ajratish mumkin:
1) Mamlakatda ish oʻrinlari sonini koʻpaytirish, ish haqi darajasini oshirish, mahalliy sharoitda ish sharoitlarini yaxshilash, boʻsh ish oʻrinlari va ishga qabul qilish jarayoni toʻgʻrisidagi ochiq axborot tizimini yaratish.
2) Bolalarni tarbiyalashga eʼtibor berish, bepul taʼlim kurslarini / mashgʻulot guruhlarini tashkil etish, oʻqishlarida koʻmaklashish, kitoblar bilan ta’minlash. Sport va ijodiy klublarga boʻsh vaqtlarini toʻliq toʻldirish uchun ularni jalb qilish.
3) Bolalarga nisbatan doimiy eʼtibor, gʻamxoʻrlik, shuningdek vakolatli organlar (mahalla, patronaj, oʻqituvchilar, psixologlar yoki boshqa davlat organlari) tomonidan nazoratni kuchaytirish.
4) Bolalarning dam olish vaqtini keraklicha taʼminlash, ayniqsa mamlakatning eng chekka hududlariga eʼtibor berish: bayramlar, ommaviy sayillar, mashhur va obroʻli shaxslar bilan uchrashuvlar va h.k.
5) Moddiy yordam, moliyaviy ko’mak, ijtimoiy paketlarni taqdim etish, imtiyozlar, migrant oilalarning farzandlari uchun imtiyozli kreditlar.
6) Muhojirlar va ularning farzandlari huquqlarini himoya qilish. Muhojirlarning huquqlarini tushuntirish uchun veb-seminarlar tashkil etish, shuningdek, bolalarni qoʻrqitishdan va kattalar / oʻqituvchilar tomonidan yomon munosabatda boʻlishidan himoya qilish.
7) Muhojirlarga yordam berish, chet ellik muhojirlarning farzandlariga yetarlicha tarbiya berish, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xorijda maxsus markazlarni yaratish. Ularning ehtiyojlarini yaxshiroq tushunish va qolgan oila aʼzolariga vaqtida yordam berish uchun elektron maʼlumotlar ba'zasini yaratish.
8) Mamlakatni rivojlantirish yoʻlida asosiy toʻsiq hisoblangan korrupsiyani bartaraf etish, ish oʻrinlarini yaratish va tegishli lavozimlar va boʻsh ish oʻrinlariga tanlab olishning ochiq tizimini yaratish.
9) Oilani birlashtirishga koʻmaklashish va muhojirlar va ularning oila aʼzolari oʻrtasida, shu jumladan, virtual aloqa qilishini qoʻllab-quvvatlash. Shu maqsadda, chet eldagi mehnat muhojirlari va ularning oila aʼzolari oʻrtasidagi muloqot, asosan, Internet aloqasi orqali bo’layotganini inobatga olib, mamlakatning chekka hududlarida Internet aloqasini taʼminlash uchun infratuzilmani takomillashtirish. Maktablarda chet eldagi ota-onalar farzandlari bilan Internet orqali muloqot qilishlari mumkin boʻlgan maxsus soat yoki kunlarni oʻtkazish.
Barcha takliflarni umumlashtirgan holda, mehnat migratsiyasidan kelib chiqadigan oʻzaro munosabatlarni tartibga solish tizimini oʻzgartirish boʻyicha tizimli takliflarni ajratish mumkin:
- taʼlim tizimidagi islohotlar - taʼlim sifatini oshirish, mehnat muhojirlarining qolgan bolalari ustidan nazorat va e’tibor qilish tizimini yaratish;
- ijtimoiy masalalar bilan shugʻullanadigan va mehnat muhojirlari bilan ishlashni tashkil etish uchun masʼul boʻlgan muayyan vakolatli muassasa / tashkilotni yaratish yoki aniqlash;
- muhojirlar yoki ularning oila aʼzolarining huquqlarini himoya qilish, ularni zarur ish sharoitlari bilan taʼminlash vakolatiga ega boʻlgan mehnat muhojirlarini chet elga joʻnatish bilan shugʻullanadigan maxsus markazlarning faoliyatini qayta tashkil etish va takomillashtirish;
- mehnat migratsiyasi ko’lami va holati boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻlish uchun elektron bazani yaratish, vas hu uning yordamida qoʻllab-quvvatlashga muhtoj bolalarni aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |