A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022


Soʻralganlarning 26%i mehnat migratsiyasiga borish istagi yoʻqligi haqida aniq javob berdi


Download 421.04 Kb.
bet33/63
Sana09.05.2023
Hajmi421.04 Kb.
#1447570
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63
Bog'liq
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22

Soʻralganlarning 26%i mehnat migratsiyasiga borish istagi yoʻqligi haqida aniq javob berdi. 50%i kelajakda mehnat muhojirlari rolida oʻzlarini tasavvur qilishlari mumkinligini - yaʼni ular chet elda ishlash istagi haqidagi savolga ijobiy javob berdilar, qolganlari esa bu haqda bilmaydilar yoki oʻylamaganlar.
 
______________________________________________________________________________
Sizningcha, mehnat migratsiyasi Oʻzbekistondagi oilalarga qanday taʼsir qiladi? – shunday savol bilan biz respondentlarimizga murojaat qildik. Quyida javoblarning natijalari keltirilgan:
1. Salbiy - 33%
2. ijobiy - 21%
3. Bilmayman - 19%
4. Neytral - 13%
5. Boshqa - 13%
Shu bilan birga, “Boshqa” variantini tanlagan respondentlarning ko’pchiligi vaziyatga bogʻliq bo’lishini va mehnat migratsiyasini ham salbiy, ham ijobiy deb bilish mumkinligini taʼkidladilar. Shu bilan birga, ijobiy koʻrsatkichlar sifatida - mamlakatga va oilalariga moliyaviy mablagʻ yuborish va salbiy koʻrsatkich sifatida yosh avlodning maʼnaviyatiga va tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatishi qayd etildi.
MEHNAT MIGRATSIYASINI OILALARGA TAʼSIRI HAQIDA U-REPORTERLARINING FIKRI:

«Moliyaviy tomondan yaxshi lekin oilasi qolib ketyabdi. Oila buzilyabdi farzandlari qarovsiz».
 
Har bir holatda indivudual. Men oila bilan birga mehnat migratsiyasi borish tarafdoriman”.
 
«Millatimiz an'anasidan uzoqlashib ketyapti. Hurmat qilishni unitib bormoqda”.
 
O‘z ehtiyojlariga zarur bo‘lgan buyumlarni 10 yilda emas, balkim, 1-2 yilda sotib olyapti. O‘zidan oshinib mahallalardagi zovurlarga ko‘priklar qurdirishda, suv chiqarishda, asfalt yotkizishda homiylik qilishyapti. Men ham borib kamida 2 ta ish o‘rin yaratmoqchiman va qolaversa yuqorida aytganimdek Hudo hohlasa ko‘prik qurmoqchiman...”.
 
Mehnat migratsiyasi bugungi kunda oilalarga iqtisodiy jihatdan naf keltirmoqda. Baʼzi bir kamchilik va oiladagi bolalar hayotida qandaydir oʻzgarishlarning roʻy berishi migrant shaxs (ota yoki ona) ular bilan boʻlganida ham yuz berishi mumkin”.
 
Oilasini boqish maqsadida ishlab pul topish uchun ketishyapti bu ijobiy. Ishi bo'la turib ko'proq pul topish maqsadida ketayotganlar salbiy xolat”.
 
"Har kimga har xil ta'sir qiladi, kimdir mamnun, kimdir sarson. Qaysidir migrantni oilasi xursand, yana kimdir afsusda. Xullas qanday yo'l va maqsadda ketganiga bog'liq".
 
Qisman ijobiy – moddiy tarafdan, lekin yoshlarga salbiy”.
 
"Ijobiy tomoni O‘zbekistonga valyuta kirib keladi va boshqalar. Salbiy tomoni oiladagi farzandlar nazoratsiz qolishi oqibatida tarbiyasiz bo‘lib jinoyatlar sodir etmoqda va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelmoqda...".
 
Moddiy jixatdan ijobiy, lekin ma'naviy jixatdan salbiy bunga izohni xojati yo'q hayotda ko'rib turibmiz”.
 
Farzandlar mehrsiz bo’lib ulg’ayadi, ular ota-onalar kerakli vaqtida yonida bulmaydi". “Oxir-oqibat, hech boʻlmasa, oilaviy byudjetda pul bor. Bu ishsizlikdan yaxshiroqdir. Ammo, yarimta oilalar, agar oila aʼzolaridan biri bir mamlakatda, ikkinchisi esa boshqa mamlakatda boʻlsa - bu, albatta, achinarli holatdir ”.
«Oiladagilarning fikr-u xayoli pul topishda bo'lib qoladi. Farzand tarbiyasi bir chetda qolib ketadi. Natijada kelajakda bu farzandlardan qanday natija kutish mumkin?»
______________________________________________________________________________

Download 421.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling