A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022


Download 421.04 Kb.
bet52/63
Sana09.05.2023
Hajmi421.04 Kb.
#1447570
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63
Bog'liq
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22

Muhokama uchun savollar:

  1. Inson huquqlari buzilganligi uchun davlatlar va shaxslarning xalqaro javobgarligining huquqiy asoslari haqida ma'lumot bering.

  2. Xalqaro-huquqiy javobgarlik va individual jinoiy javobgarlik institutlarini ajratish qoidalari nimalardan iborat?

  3. Odamlarning inson huquqlari sohasidagi xalqaro jinoyatlar uchun javobgarligi bo’yicha misollar keltiring.

  4. Inson huquqlari bo’yicha xalqaro jinoyatlar haqida ma’lumot bering.



14-mavzu. Bola huquqlari va xalqaro gumanitar huquq.
Reja:

  1. Ixtiyoriy protokollar.

  2. BMT rezolyutsiyasi (Pekin qoidalari).

  3. Bola huquqlari va farovonligi to’g’risidagi Afina Xartiyasi.



Tayanch so’z va iboralar:


Ixtiyoriy protokollar, Jeneva Konvensiyalariga qo’shimcha bayonnomalar, “quruqlikdagi” va “dengizdagi” yaradorlar hamda bemorlar, BMT rezolyutsiyasi (Pekin qoidalari).
Ixtiyoriy protokollar. Jeneva Konvensiyalariga qo’shimcha bayonnomalar.
Huquq hayotiy talablarni naqadar to’liq aks ettirsa, shu qadar takomildir. 1949 yil Jeneva konvensiyalarini imzolagandan ancha vaqt o’tdi. Hayot bir qator murakkab muammolarni yuzaga keltirdiki, ular u yoki bu tarzda qurolli nizolarning, ayniqsa xalqaro tusda bo’lmagan nizolarning jabrdiydalarini himoya qilish bilan bog’liq bo’ldi. Konvensiyaviy qoidalarni yanada takomillashtirish va kuchaytirish, ularga tegishli qo’shimchalar va tuzatishlar kiritish zarurati kelib chiqdi. Konvensiyalarga bunday o’zgartirish va qo’shimchalar 1977 yilda bo’lib o’tgan Diplomatik konferensiyada qabul qilingan ikkita Qo’shimcha bayonnoma orqali kiritildi. Ulardan biri I Bayonnoma- xalqaro qurolli nizolarning jabrdiydalarini himoya qilishga daxldor. Boshqasi- II Bayonnoma- xalqaro tusga bo’lmagan qurolli nizolarning jabrdiydalarini himoya qilishni nazarda tutadi.
E’TIBOR QILING!
Qo’shimcha bayonnomalarga ko’plab to’ldirishlar kiritildi, ammo ularning birortasi ham Jeneva Konvensiyalarining na asosiy prinsiplarini, na ularni tartibga solishning umumiy mazmunini o’zgartirmadi. Konvensiyalar o’z mohiyati va asosiy mazmuniga ko’ra o’zgarishsiz qolib, hozirda ham gumanitar huquqning fundamental asosini tashkil etadi.
Bayonnomalarning “Qo’shimchalar”deb nomlanishning o’ziyoq konvensiyaviy qoidalarni boshqasi bilan o’zgartirish emas, balki zamon ruhiga, uning o’zgarib ketgan ehtiyojlari va talablariga muayan tuzatishlar va yangiliklar kiritish orqali mazkur qoidalarni to’dirish, chuqurlashtirish va kengaytirish maqsadinigina ko’zlashidan dalolat beradi.



Download 421.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling