A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022


Download 421.04 Kb.
bet54/63
Sana09.05.2023
Hajmi421.04 Kb.
#1447570
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63
Bog'liq
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22

II Qo’shimcha bayonnoma.

Ushbu bayonnoma ichki nizolarga bag’ishlandi. Bayonnomaning o’zida ta’kidlanganidek, u tartibot buzilishining barcha hollariga emas, balki qurolli nizolar jumlasiga kiradiganlariga nisbatan tadbiq etiladi. Bundan: “tartibsizliklar, ayrim va ahyonda- ahyonda yuz beradigan harakatlar va shunga o’xshash boshqa harakatlar istisnodir”.


II Qo’shimcha bayonnoma harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etayotmagan yoki ularda qatnashishni to’xtatgan shaxslarga nisbatan insonparvarlik munosabatida bo’lishning asosiy kafolatlariga doir qoidalarni tasdiqlabgina qolmay, balki yanada rivojlantiradi.
Bolalarga g’amxo’rlik qilish va yordam ko’rsatilishini ta’minlash masalasi alohida tartibga solib qo’yilgan. Xususan, 15 yoshga to’lmagan bolalarni qurolli kuchlarga jalb etish, ularning harbiy harakatlarda ishtirok etishi man qilindi. Asirga tushgan bolalar har qanday hollarda ham alohida himoya qilinishi kerak.
Yaradorlar va bemorlarni himoya qilish hamda ularga tibbiy yordam ko’rsatish insonparvarlik prinsiplariga muvofiq amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Fuqaro aholi va fuqaroviy ob’ektlar himoya ostida ekanligi e’lon qilingan. “asosiy maqsadi tinch aholini vahimaga solishdan iborat bo’lgan zo’ravonlik yoki zo’ravonlik bilan tahdid qilish hatti- harakatlari” qat’iyan man qilingan (13- modda).
Bayonnomada tinch aholi o’rtasida ocharchilikdan harbiy harakatlar olib boorish vositasi sifatida foydalanish taqiqlanadi. Bayonnoma xavf solishi mumkin bo’lgan qurilmalar va inshootlarni, madaniy qadriyatlarni, diniy urf-odatlarni ado etish joylarini himoya ostiga oladi.
II Qo’shimcha Bayonnomada belgilanganki, Qizil xoch va Qizil Yarimoy kabi jamiyatlar “qurolli nizo jabrdiydalariga nisbatan o’zlarining an’anaviy vazifalarini bajarish maqsadidda an’anaviy xizmatlarini taklif etishlari mumkin” (18-modda).
Sudga 18 yoshga to’lmagan bolalarga nisbatan o’lim jazosi berish hukmi chiqarish huquqi berilmagan. Homilador ayollar va yosh bolasi bor ayollarga nisbatan o’lim jazosini ijro etish mumkin emas.
Mazkur Bayonnomaning ko’pgina qoidalari Jeneva konvensiyalarining har to’rttalasi va I Qo’shimcha Bayonnomaning qoidalariga o’xshashdir.


Urush davrida tinch aholini himoya qilish to‘g‘risida”gi 1949-yil 12-avgustda tuzilgan Jeneva konvensiyasi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 1993-yil 3-sentabrda (946-XII-son) imzolangan. O‘zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyaning qurolli nizo yuz bergan joylarda ushlab qolingan tinch aholi bilan insonparvarlik munosabatida bo‘lish to‘g‘risidagi talabiga amal qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi. Konvensiya qoidala­nga ko‘ra, tinch aholi, ya’ni harbiy bo‘lmagan shaxslarning hayotiga va jismoniy daxlsizligiga, qadr-qimmatiga tajovuz qilish, ulami haqoratlash, kamsitish, dastlabki sud qarorisiz ularga nisbatan jazo qo'llash taqiqlanadi.
1949-yil 12-avgustdagi Jeneva konvensiyalariga doir 1977-yil 8-iyunda qabul qilingan Qo'shimcha Bayonnoma (1 Bayonnoma) xalqaro qurolli mojarolaming jabrdiydalarini himoya qilishga daxldor bo‘lib, unga O‘zbekiston Respublikasi 1993-yil 3-sentabrda (946-XII-son) qo‘shilgan. 1 Qo'shimcha Bayonnomaga rioya etish majburiyatini zimmasiga olar ekan, O‘zbekiston Respublikasi yaradorlar va bemorlarga nisbatan, ular qaysi tomonga mansubligidan qat’i nazar, hurmat bilan munosabatda bo'linishini hamda ular himoya qilinishini e’tirof etadi. Tibbiyot xizmati xodimlari har qanday paytda ham hurmatga sazovor va himoya ostidadir-lar, ular hujum qilish obyekti bo‘lishi mumkin emas. Dushman tomonning hukmi ostida bo'lgan yoki qurolsizlantirilib, nazorat ostiga olingan, hibsga olingan shaxslar sog‘lig‘ining jismoniy yoki psixologik holatiga va daxlsizligiga asossiz xatti-harakatlar yoki nuqsonlar tufayli ziyon yetkazilishi mumkin emaslig. ham O‘zbekiston tomonidan tan olingan. 1949-yil 12-avgustdagi Jeneva konvensiyalariga doir 1977-yil 8-iyunda qabul qilingan II Qo'shimcha Bayonnoma xalqaro bo'lmagan qurolli mojarolaming jabrdiydalarini himoya qilishga daxldor bo‘lib, unga O‘zbekiston Respublikasi 1993-yil 3-sentabrdagi 946-XII-son qarori bilan qo‘shilgan. O‘zbekiston o‘z zimmasiga olgan majburiyatda harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etmagan yoki ishtirok etishni to‘xtatgan shaxslar, ularning erkinligi cheklanganmi yoki yo‘qmi, bundan qat’i nazar, o‘z shaxsi, qadr-qimmati, e’tiqodi va o‘zining diniy urf-odatlari hurmat qilinishini talab qilish huquqiga ega ekanligi nazarda tutilgan. Barcha vaziyatlarda ham ular bilan insonparvarlik munosabatida bo‘lib, biror-bir nomaqbul farqlashga yo'l qo‘yilmaydi. Hech kimni tirik qoldirmaslik to‘g'nsida buymq berish man etiladi.
1980-yil 10-oktabrda BMT tomonidan “Oddiy qurollarning xaddan ortiq jarohat yetkazadigan va (nishon) tanlamaydigan xarakterda deh hisoblanuvchi muayyan turlarini taqiqlash yoki qo‘llashni cheklash to‘grisida”gi konvensiya qabul qilindi. Ushbu Konvensiyaga to‘rtta Bayonnoma ilova qilingan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: Ilg‘ab bo‘l-maydigan oskolkalar to‘g‘risidagi I bayonnoma (I Bayonnoma), Minalar, tuzoq-minalar va boshqa qurirmalami taqiqlash yoki qo‘llashni cheklash to‘g‘risidagi bayonnoma (II Bayonnoma), Yondiruvchi qurollardan foy-dalanishni taqiqlash yoki cheklash to‘g'nsida bayonnoma (III Bayon­noma), Ko‘r qiluvchi lazer quroli to‘g‘risida bayonnoma (IV Bayonnoma). Ushbu hujjatlarga O‘zbekiston 1997-yil 30-avgustda qo‘shilgan (Oliy Majlis qarori, 500-I-son). Ushbu hujjatlar O‘zbekiston tomonidan 1997-yil 29-sentabrda ratifikatsiya qilingan.
Gumanitar huquqning yuqorida sanab o‘tilgan manbalarida belgilab qo‘yilgan normalarni milliy qonun hujjatlariga implementatsiya qilisb bu huquqning jiddiy vazifalaridan biridir. Bu borada O‘zbekiston Respub-likasida bir qator ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, jinoyat qonunchili-gi normalari ana shunday tadbirlar jumlasiga kiradi. Xususan, milliy qonunchilikda tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar uchun yuridik ji-noiy javobgarlik nazarda tutilgan: urushni targ‘ib qilish (O‘zRning Ж 150-moddasi), agressiya (O‘zRning Ж 151-moddasi), urushning qonun va udumlarini buzish (O‘zRning Ж 152-moddasi), genotsid (O‘zRning Ж 153-moddasi), yollanish (O‘zRning Ж 154-moddasi) va terrorizm (O‘zR­ning Ж 155-moddasi) jinoyat deb tavsiflangan hamda ularga nisbatan jinoiy javobgarlik sanksiyalari belgilab qo‘yilgan.



Download 421.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling