A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022


Download 421.04 Kb.
bet53/63
Sana09.05.2023
Hajmi421.04 Kb.
#1447570
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   63
Bog'liq
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22

I Qo’shimcha bayonnoma.
I Qo’shimcha bayonnoma qurolli nizolarning jabrdiydalarini “quruqlikdagi” va “dengizdagi” yaradorlar hamda bemorlr deb qat’iy farqlashga barham berdi. Bayonnomada “yaradorlar” va “bemorlar” degan tushunchalar birxillashtirilib belgilandiki:
yaradorlar” va “bemorlar “degan so’zlar jarohat, xastalik va boshqa jismoniy yoxud psixik kasallik yoyinki nogironlik oqibatida tibbiy yordamga yoki parvarishga muhtoj va har qanday dushmanlik harakatlaridan o’zini tiygan harbiy xizmatchilar va fuqarolarni anglatadi”
8-modda.

Bayonnoma yaradorlar va bemorlar doirasini:


- go’daklar;
- homiladorlar;
- bedarmonlar hisobiga kengaytirdi.

Tibbiyot xodimlarini “harbiy xizmarchi” va “fuqaro” degan so’zlar bilan farqlashga ham chek qo’yildi. Endi barcha yaradorlar va bemorlar, harbiy xizmatchi yoki oddiy fuqaro bo’lishidan qat’iy nazar, gospital yoki fuqarolarga mo’ljallangan shifoxona bo’lishiga qaramay har qanday tibbiy muassasada davolanish huquqiga ega bo’ldilar.


Gumanitar huquq tarixida birinchi marta I Qo’shimcha bayonnomada tibbiy vazifalarni bajaruvchi shaxslarning majburiyatlari tartibga solindi. Chunonchi :

    • tibbiyot vazifalarini tibbiyot axloqiga muvofiq bajarganlik uchun birorta ham shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin emas;

    • tibbiyot vazifalari bajarayotgan hech bir shaxs tibbiyot axloqi qoidalari va mezonlariga zid ishlarni bajarishga yoki Konvensiyalar va Bayonnoma qoidalarni buzishga majbur etilishi mumkin emas;

    • tibbiyot vazifalarini bajarayotgan birorta ham shaxs qarshi tomon bo’ladimi, o’z tomoni bo’ladimi, bundan qat’iy nazar, kimgadir yaradorlar va bemorlarga daxldor biror bir ma’lumot berishga majbur etilishi mummkin emas.

Yaradorlar va bemorlar, kema halokatidan jabr ko’rganlarning beistisnio barchasi bilan insoniy muomala qilinishining qat’iyligini tasdiqlab, Bayonnomada ayrim shaxslarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratildi. Bayonnomada dushman tomonning hukmi ostida qolgan shaxslarning o’zi rozilik bergan bo’lsa ham:



    • ularni jismoniy mayib qilish;

    • ular ustida tibbiy yoki ilmiy tajribalar o’tkazish;

    • boshqalarga ko’chirib o’tkazish uchun ularning to’qimalari yoki organlarini kesib olish taqiqlanadi.

Bayonnomada u yoki bu sababga ko’ra safdan chiqib qolgan shaxslarga nisbatan juda muhim qoida belgilandi. Unga muvofiq bunday shaxslar jumlasiga “dushman tomonning hukmi ostida bo’lganlar” va “asir tushish istagini aniq-ravshan bayon etayotganlar” kiradi. (41-modda).


Bunday shaxslarning dushmanga qarshi kurashish va uning hujumidan o’zini himoya qilishga qodir emasligi Bayonnomada ularni safdan chiqqan deb hisoblash huquqini beruvchi asos sifatida qaraladi. Tinch aholini esa, qurolli nizo holatida bo’lgan tomonlarning hech qaysi biri o’ldirishga haqli emas.
I Bayonnoma orqali kiritilgan qo’shimchalar orasida 42-moddani alohida ta’kidlash lozim. Unda halokatga uchrayotgan uchish apparatidan parashutda o’zini tashlayotgan shaxslar to’g’risida masala tartibga solingan. Bunday shaxslar erga tushushining butun davrida ularga hujum qilinishi mumkin emas.
Gumanitar huquq combatant va combatant bo’lmagan shaxslar o’rtasida aniq chegara qo’yib jang olib boorish, hujum qilish va o’ldirish huquqi faqatgina kombatantlarga tegishli ekanligini e’tirof qiladi. I Bayonnomaning 44-moddasida combatant zimmasiga:

    • har bir qurolli to’qnashuv vaqtida;

    • jangler bo’layotgan vaqtda dushmanning ko’z o’ngida qurolni oshkora olib yurish vazifasini yuklaydi.

Kombatant maqomini maqomini yo’qotgan kishi qo’lga qurol olish, uni dushmanga qarsi ishlatish, dushmanga qarshi hujum qilish va u bilan jang olib boorish huquqidan mahrum bo’ladi.





Download 421.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling