A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Download 123.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana11.10.2023
Hajmi123.57 Kb.
#1697965
1   2   3
Bog'liq
12PFfMXNp5g10kn5emEmoXC7TLKqGzktz00FeJlr

O‘z-oʻzini baholash – bu shaxsning oʻziga, oʻzining imkoniyatlariga, 
sifatlariga, boshqa odam bilan munosabatdagi oʻzining oʻrniga beradigan bahosidir. 
O‘z-oʻzini baholash shaxsning fundamentiga (shaxs strukturasiga) kiradi. U 
inson xulq-atvoriga katta ta'sir koʻrsatadi. Insonning atrofdagilar bilan qiladigan 
munosabati, munosabatlardagi oʻrni, oʻziga boʻlgan munosabati, qarashi, 
qoʻyadigan talablari oʻz-oʻzini baholashga asoslanadi. O‘z-oʻzini baholash 
insonning samarali (natijali) faoliyatiga, hamda shaxsning rivojlanishiga xam ta'sir 


qiladi. Koʻpincha, qoʻyilgan noreal maqsad-vazifalar, istak-qiziqishlar bilan 
odamning real imkoniyatlari orasida nomutanosiblik oʻz-oʻzini baholashning 
pasayib ketishga, uning xulqi, xatti-xarakitlari noadekvat (vaziyatga tugri 
kelmaydigan) boʻlishiga sabab boʻladi. 
O‘Z-O‘ZINI BAHOLASH TURLARI 
Past baholash 
Adekvat, real baholash
Yuqori baholash 

- - - 
- - - - 
+ + + + + + + 
Adekvat, real baholash – odam oʻziga, oʻzining imkoniyatlariga real baho 
beradi, oʻzining + va – (kuchli va zaif tomonlarini) biladi. Kerak paytda odam 
imkoniyatlaridan kelib chiqib oʻzining yaxshi tomonlarini koʻrsata oladi, 
kamchiliqlarini toʻgʻirlay oladi. 
Past baholash – odam koʻproq oʻzining kamchiliklarini koʻradi, oʻzining 
sifatlarini pasaytiradi va kamaytiradi, bu koʻproq ichki nizolarga olib kelishi 
mumkin. 
Yuqori baholash – odam koʻproq oʻzining yutuqlarini koʻradi (ba'zilarini 
boʻrttiradi xam), bu koʻproq shaxslararo nizolarga olib kelishi mumkin. 
Noadekvat oʻz-oʻzini baholash, hox yuqori, hox past boʻlsin, koʻpincha xulq-
atvordagi oʻzgarishlarga, xissiy zoʻriqishlarga, xavotirlik darajasining koʻpayishiga, 
ichki va shaxslararo nizolarga olib kelishi mumkin. 
5. MA’LUMOT IDROK QILISH ZANJIRI 
Inson ma’lumotni idrok qilishi ma'lum ketma-ketlikda boladi. Bu ketma-ketlik 
ma’lumotni idrok qiluvchi bloklar bilan boʻgliq. Ma’lumot birinchi boʻlib His-
tuygʻu blokidan oʻtadi. Shuning uchin ma’lumotni idrok qilish jarayonida, inson 
birinch soniyalarda ma'lumotning shakliga, uning QANDAY aytilganiga (yumshoq 
yoki qoʻpol, xayrixoh yoki agressiv, teng pozitsiyadan yoki yuqori pozitsiyadan va 
hkz) munosabat bildiradi. Keyingi soniyalarda insonning Ongi (aqli) ishtirok etishini 
boshlaydi va u ma'lumot mazmuniga, ya'ni NIMA deyilganiga qaraydi. Agar 


ma'lumot qiziq boʻlmasa, idrok etuvchi kishi uchun zarur boʻlmasa u uni 
eshitmasligi, qabul qilmasligi ham mumkin. Aksincha, agar inson kiruvchi 
ma’lumotga qiziqsa, uning zarurligini tushunsa u holda idrok tezroq borishi 
mumkin.
Keyingi bosqichda idrok etuvchining shaxsi ishtirok etishni boshlaydi va u 
ma’lumot yetkazuvchi, ya'ni KIM gapirganiga munosabat bildira boshlaydi. Agar 
ma'ruzachining (ma'lumot beruvchining) imidji ijobiy boʻlsa, u holda tinglovchi 
ma'lumotni tezroq, toʻliqroq va ijobiy qabul qilishi mumkin. Ma’lumotni idrok 
qilishning bu ketma-ketligi Ma’lumotni idrok qilish zanjiri deb ataladi. 
QANDAY? NIMA? KIM? 
(ma'lumot shakli) (ma’lumot mazmuni) (ma’lumot yetkazuvchisi) 
Agar tinglayotgan, ma'lumot qabul qilayotgan odam ma'lumot beradigan 
(taqdim etadigan) odamni yaxshi tanisa, bilsa, u holda axborotni idrok qilish zanjiri 
boshqacha, yani oxiridan boʻshiga qarab ishlaydi. 
KIM? NIMA? QANDAY? 
Samarali muloqot vositalarini bilishi va ulardan foydalana olinishi oʻqituvchiga 
qanday yordam berishi mumkin? 
Agar oʻqituvchi sinf bilan ishlashda oʻquvchilarning psixologik xususiyatlarini 
hisobga olsa, sinf bilan ishlash maqsadlari va oʻquvchilarning holatini hisobga olsa, 
ma'lumotni taqdim etishda savodli ketma-ketlikni, verbal va noverbal muloqot 
vosintalarini savodli birlashtirsa va ishlatsa u holda bolalar ma’lumotni qabul 
qilishlari, darsda faollashishlari sezilarli darajada oshishi mumkin. 
Nazorat savollari:
1. Samarali muloqot vositalarini sanab oʻting.
2. Verbal va noverbal muloqot turlari haqidagi bilimlar oʻqituvchiga nima 
berishi mumkin? 


3. Samarali muloqotning tashkil etuvchilari va vositalari oʻrtasidagi farq 
nimada? 
4. Ma’lumotni idrok qilish zanjiri nima va u qanday ishlaydi? 
 

Download 123.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling