A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy- tadqiqot instituti


 Loyihalash texnologiyasining asosiy g‘oyasi


Download 66.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana02.06.2024
Hajmi66.38 Kb.
#1835731
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
rpAgP9tUj2x8Ie1IsnbI0uEkm7mghiY4tMzq3HVt

2. Loyihalash texnologiyasining asosiy g‘oyasi 


Loyihalash texnologiyasi jahon pedagogikasida yangilik hisoblanmaydi
chunki, u 1920-yillarda amerikalik faylasuf va pedagog J.Dyu va uning shogirdi 
V.X. Kilpatrik tomonidan ishlab chiqilgan loyihalash metodi asosida vujudga 
kelgan. Hozirgi kunda AQSH, Buyuk Britaniya, Belgiya, Isroil, Finlandiya, 
Germaniya, Rossiya, Italiya, Braziliyava, Niderlandiya kabi rivojlangan 
mamlakatlarning ta’lim muassasalarida muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda. 
Dyu o‘qitishni o‘quvchilarning qiziqishi va ehtiyojini hisobga olgan holda 
o‘quvchilarning muayyan maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatini faollashtirish orqali 
tashkil etishni taklif etgan. Buning uchun o‘quvchilarga o‘zlashtirgan bilim, 
ko‘nikma va malakalarini amaliyotga qo‘llash, ularda kelgusi hayotda foydalanish 
yo‘llarini ko‘rsatish, ya’ni nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘liq holda o‘qitish 
lozimligini uqtirgan. O‘quvchilar muammolarni muvaffaqiyatli hal etishlari uchun 
o‘qituvchi ularga tegishli ko‘rsatmalar berishi, foydalaniladigan manbalarni tavsiya 
etishi, o‘qitishda ko‘zlangan natijaga erishish yo‘llarini ko‘rsatishi, buning uchun 
muammoni hal etishda o‘quvchilarning faoliyatini loyihalashi lozim. 
Loyihalashtirish ta’lim texnologiyasining asosiy g‘oyasi amaliy yoki nazariy 
ahamiyatga molik bo‘lgan muammoni hal etish jarayonida ko‘zlangan natijaga 
erishishdir. 
O‘quvchilar ushbu natijaga erishish uchun mustaqil fikr yuritish 
ko‘nikmalarini egallagan bo‘lishlari, muammoni anglash va uni hal etish yo‘llarini 
izlashlari bu borada avval o‘zlashtirgan bilimlarida foydalanishlari zarur. 
Loyiha asosida tashkil etiladigan darslar o‘qituvchidan darsni tashkiliy 
jihatidan puxta o‘ylangan, sifatli, ishchanlik muhitida, o‘quvchilarni jarayonga 
qiziqtira oladigan tarzda loyihalay olishni talab etadi. O‘quv jarayonini loyiha 
asosida tashkil etishda o‘qituvchi faollikda ish yurituvchi emas, balki keng 
qamrovli ijodkor pedagog rolini o‘tashi talab etiladi. 
➢ O‘qituvchi loyiha raxbari sifatida yuqori madaniyatli, ijodkor, 
izlanuvchan, tashkilotchi bo‘lmog‘i kerak; 
➢ Loyihalar shunday tuzilishi kerakki, u o‘quvchi shaxsiga qaratilib, uning 
shaxsiy rivojlanishiga xizmat etishi kerak; 
➢ Loyiha asosida tashkil etiladigan darslar va unga sarf etiladigan vaqt, 
tashkiliy ishlar, beriladigan va to‘g‘ri yo‘lga soluvchi savollar oldindan 
rejalashtirilishi kerak; 
➢ Loyihalar asosida o‘quv jarayonini tashkil etishda o‘qituvchi fidoyilik 
ko‘rsatishi, o‘quvchini ruhlantirishi, ularni qiziqtirish orqali pirovard maqsadga 
erishishi kerak; 
➢ Undan tashqari dars jarayonida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan kamchilik, 
xatolar, ularning oldini olish, jarayonning tahliliy tomonlari ham oldindan hisobga 
olinishi kerak. 



Download 66.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling