A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy- tadqiqot instituti


Download 66.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana02.06.2024
Hajmi66.38 Kb.
#1835731
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
rpAgP9tUj2x8Ie1IsnbI0uEkm7mghiY4tMzq3HVt

Loyiha mashg‘ulotining maqsadi 
Loyihani amalga oshirishning asosiy maqsadi talabalarning turli 
manbalardan bilim olishlari uchun sharoit yaratishdir. Bolalar ijodiy guruhlarda 
ishlash, muloqot qobiliyatlarini olishadi. O‘quvchilarning fikrlashlari amaliy 
vazifalarni bajarish jarayonida ham rivojlanadi. Bundan tashqari, bolalar 
muammoni aniqlash, axborot to‘plash, kuzatish, eksperiment o‘tkazish, vaziyatni 
tahlil qilish, gipotezani yaratish va natijalarni umumlashtirishni o‘rganadilar. 
O‘quv loyihaviy faoliyatning prosessual tuzilmasi 
 (1-bosqich) 
Tayyorlov: “loyihaga kirish” fazasi o‘quvchilar amalga oshirishadi: 
vaziyatga moslashish; 
muammoni shaxsan o‘zlashtirish (muammoni tushunish va amaliy 
faoliyatning muayyan sohasi uchun uning yechimi dolzarb va muhimligini 
anglash); 
loyihaning maqsadi, muammoni hal etish masalalarini qabul qilish
aniqlashtirish va muayyanlashtirish; 
loyihaning natijasi (mahsuloti) va uni taqdim etish shakllarini anglash, 
loyihaning boshqa ishtirokchilari va o‘qituvchi bilan muloqotning xarakteri. 
O‘quvchilar loyiha ustidan ishlash shakllarini tanlashadi: alohida yoki guruh 
bo‘yicha. Agar guruhli shakl tanlangan bo‘lsa: 
guruhlarga birlashishadi; 
loyiha bo‘yicha ishlar turlarini ajratib, qatnashchilar orasida taqsimlashadi; 
loyiha bajarish bo‘yicha ishchi rejasini ishlab chiqishadi; 
uni bajarishning optimal usullari va vositalarini tanlashadi; 
natija taqdimotini rasmiylashtirish usullari va shakllarini belgilashadi; 
loyiha ma’suli, hisobot va taqdimotni baholash mezonlarini muhokama 
qilishadi. 
O‘quv loyihaviy faoliyatning prosessual tuzilmasi 
(2-bosqich)
Loyihani bajarish. 
Loyihaning ushbu davrida o‘quvchilar o‘zlarining vazifalari bilan muvoffiq 
tarzda va ma’lum qilgan holda faol va mustaqil ishlaydilar: 
turli manbalardan axborot to‘plash, tahlil etish va umumlashtirish ishlarini 
olib boradilar; 


tadqiqot o tkazadilar, hisob-kitoblarni bajaradilar; 
zarurat tug‘ilganda maslahatlashadilar; 
oraliq natijalarni muhokama qiladilar; 
hammadan olingan natijalarning umumiy to‘planishi va muhokamasini 
o‘tkazadilar. 

Download 66.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling