Ona tili darslarida o'quvchilarning o'qib tushunish malakasini shakllantrish Mundarija


Download 90.46 Kb.
bet1/10
Sana04.02.2023
Hajmi90.46 Kb.
#1162786
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ona tili darslarida o\'quvchilarning o\'qib tushunish malakasini shakllantrish

Ona tili darslarida o'quvchilarning o'qib tushunish malakasini shakllantrish


Mundarija


Kirish

  1. bob. Matnni o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari

    1. Ona tili darslarida matnni o‘qish psixofiziologik jarayon sifatida

    2. Ona tili darslarida matn o‘qish ko‘nikmasining pedagogik asosi

  1. bob. Maktab o‘quvchilarida matnni o‘qib tushunish malakasini shakllantirish metodikasi

    1. Maktab o‘quvchilari uchun matn tanlashning grammatik va semantik

Jihatlar

    1. Maktab o‘quvchilarida matnni o‘qib tushunishda hisobga olinishi kerak bo‘lgan omillar

Xulosalar
Foydalanilgan adabiyоtlar ro‘yxati

KIRISH




Mavzuning dolzarbligi. Har bir faoliyat o‘zining so‘nggi natijasi bilan o‘lchanadigan hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda, ona tili ta’limi uchun sarflangan mehnat ham so‘nggi natija - o‘zbek adabiy tilining boy imkoniyatlaridan foydalangan holda fikrni og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri va ravon ifodalash, dars jarayonida o‘rganilgan bilimlarni kundalik muloqotda, turli sharoitlarda mustaqil, qiyinchiliksiz qo‘llay olish ko‘nikmalarining shakllanganlik hamda rivojlanganlik darajasi bilan baholanadi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston hukumati tomonidan ta’lim sifatini yaxshilash va ona tili ta’limini rivojlantirish maqsadida qator qarorlar qabul qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1996-yil 10- sentabrdagi 311- qaroriga ko‘ra “Davlat tili haqida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilinishi, shu kundan e’tiboran har yili Respublika miqyosida 21- oktabrni – milliy tilimiz bayrami sifatida rasmiy tarzda nishonlab kelishimiz asosiy va birinchi yutug‘imiz bo‘lgan edi. Prezidentimiz Sh.Sh.Mirziyoyev 2019-yil 21- oktabrda “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Unga ko‘ra 3 oy ichida “Davlat tili haqida”gi Qonun takomillashtirilgan holda uning yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi.
2019-yil 8-oktabrda “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi. Unda, ta’lim sifatini oshirish va takomillashtirish maqsadida xalqaro tajribalarni tahlil qilish orqali oliy ta’limning yangi me’yorlarini joriy etish, jumladan, o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga qaratilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish, ya’ni ta’lim mazmunini sifat jihatidan yuqori bosqichga ko‘tarish, o‘qitish metodikasini rivojlantirish maqsad qilingan.
Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilib, uning asosiy vazifasi – davlat tilini mukammallashtirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish etib belgilandi.
Ta’lim sifatini yaxshilashning asosiy jihatlaridan biri, bu sifatli va innovatsion usulda dars o‘tishlari uchun o‘qituvchilarga kerak bo‘ladigan darslik va xorij adabiyotlaridan namunalar bilan ta’minlash kabi sharoitni yaratib berish hamdir. Shu maqsadda, Pisa, Pirls dasturlari asosida o‘quvchilar bilimini aniqlashning xalqaro usullaridan, o‘zlashtirishni testlar orqali aniqlash, reyting nazoratini joriy qilish kabi yangiliklar munosib o‘rin egallay boshladi.
Maktab ona tili ta’limi oldida turgan bosh vazifalardan biri, ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalash, erkin fikrlay oladigan hamda uni har qanday nutq sharoitida bemalol bayon qila oladigan shaxsni yetishtirishdir.
Ona tili ta’limiga oid tajribani tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, ta’limdagi yondashuv ko‘p yillar davomida o‘zgarmagan. Ona tili darslari mohiyatan o‘zbek tili grammatikasi darslari sifatida olib borilgan. Til ta’limi borasidagi xalqaro tajriba esa bunday yondashuvdan voz kechib, kommunikativ tamoyil asosida o‘qitishni boshlaganiga ancha bo‘lgan. Xalqaro mutaxassislarning bunday yondashuvni afzal ko‘rishlariga sabab til o‘zlashtirishga doir qator ilmiy Kurs lar grammatik qoidani o‘rganish uning o‘zlashtirilganini anglatmasligini isbotlaganidadir.
Bugungi kunda o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi sohasida ona tili ta’limida kommunikativ yondashuvni qo‘llash amaliyoti kuzatilmagan va ilmiy jihatdan tadqiq qilinmagan. Kurs mavzusining dolzarbligi til o‘rganishdagi to‘rt ko‘nikmadan biri bo‘lgan matnni o‘qib tushunish o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi sohasida ilk marta tajribaviy tadqiq qilinishi bilan belgilanadi.

Download 90.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling