Ona tili darslarida o'quvchilarning o'qib tushunish malakasini shakllantrish Mundarija
maktab o‘quvchilari uchun matn tanlashning grammatik va
Download 90.46 Kb.
|
Ona tili darslarida o\'quvchilarning o\'qib tushunish malakasini shakllantrish
maktab o‘quvchilari uchun matn tanlashning grammatik vasemantik jihatlari Matn va uning ustida ishlash haqida gapirar ekanmiz, avvalo, matn hodisasining mohiyati, uning lingvistik tabiatini bilish lozim. Undan keyingina, matnning tuzilishi, uni tushunish ko‘nikmasi, strukturaviy, grammatik, semantik jihatlari, inson kommunikativ faoliyatida tutgan o‘rni, bajaradigan ijtimoiy- semiologik vazifalari o‘rganiladi. Matn – kommunikativ muloqot turlarining asosiysi bo‘lib, u ma’lum bir ko‘rinishdagi (hajman qisqa yoki katta), mazmundagi (badiiy, siyosiy, publitsistik), yangi yoki oldindan ma’lum bo‘lgan yozma axborot sanaladi. Matn hodisasiga beriladigan ta’riflarni tilshunos va matnshunoslar uch guruhga bo‘ladilar: Birinchi guruhga doir fikrlarning ko‘pchiligida matn grafema (harf), fonema (tovush), morfema (qo‘shimcha), leksema (so‘z), so‘z birikmasi, gap kabilar bilan bir qatorga qo‘yilib, til tizimining eng yuqori pog‘onadagi birligi sifatida e’tirof etiladi. Bunda matn tarkibiy qismlarining o‘zaro munosabati o‘rganilib, matnni hosil qiluvchi vositalar aniqlanadi. Ikkinchi guruhga oid fikrlarda esa matnga “harakatdagi lison” deb qaralib, bu holatda matn nutq birligi sifatida ta’riflanadi. Uchinchi guruh yondashuvlarda matn muloqot birligi sifatida qaraladi. Bu holda matnda muloqot ishtirokchilarining “adresant va adresat” ko‘rinishidagi kommunikativ maqsadi o‘z ifodasini topadi va uning mazmun jihatidan tugal bo‘lishi talab etiladi . Matn kommunikativ funksiya bajaruvchi muloqot va ta’lim turi bo‘lib, uning yordamida o‘quvchi yangi ma’lumotni idrok qiladi, ya’ni dekodlaydi. F.f.n.,dotsent I.Azimovaning “O‘zbek tilidagi gazeta matnlarining mazmuniy persepsiyasining psixolingvistik tadqiqi” nomli monografiyasida matnni qabul qilishni “mazmuniy persepsiya” (mazmunni tushunish) termini bilan nomlaydi va uning mohiyati haqida gapirilar ekan, qabul qilishning ikki: qabul qilishning o‘zi va tushunish darajasi mavjudligi, qabul qilishning mohiyati sifatida matn mazmuniy proyeksiyasi (obrazi)ning o‘quvchi ongida hosil bo‘lishiga aytilishi qayd etiladi. Olima tushunishda har bir qabul qiluvchining ongi prizma vazifasini bajarishini aytadi. Har bir odam individual shaxs bo‘lganligi uchun, bu jarayon hammada har xil sodir bo‘ladi, ya’ni bitta matnni 10 ta o‘quvchi o‘n xil tushunishi (qabul qilishi) mumkin. Tushunish – bu o‘zida mavjud bo‘lgan bilimlarni yangi o‘qilayotgan yoki eshitilayotgan xabar bilan solishtirish, taqqoslash orqali sodir bo‘ladi. Tushunish haqida ingliz tilshunosi Cheryl J.Gowie o‘zining “Psycholinguistic strategies for improving reading comprehension”, ya’ni “O‘qib tushunish ko‘nikmasining psixolingvistik yo‘nalishlari” nomli maqolasida, “Bolada mavjud bo‘lgan bilimlarga mos matn, bolada uni tushunishga tuynuk ochadi. Berilayotgan ma’lumot uning oldingi bilimini chuqurlashtirishi, aniqlashtirishi kerak”, deydi. Tilshunos va psixolingvist V.P.Belyanin tushunish umumiy holatda uchta darajadan iboratligini ta’kidlaydi. Boshlang‘ich daraja eng umumiy daraja bo‘lib, unda nutqiy bayonning asosiy predmeti, gap nima haqida ekanligi tushuniladi. Keyingi, mazmun mundarijani tushunish darajasi tinglovchi so‘zlovchining nima haqida nimalar deganini anglaydi. Uchinchi daraja eng yuqori daraja bo‘lib, u qanday gap, nima uchun va qanday lisoniy vositalar bilan aytilganini tushunish bilan xarakterlanadi. Tushunishning bu darajasi so‘zlovchi tomonidan tanlangan lisoniy vositalarni baholashni ham o‘z ichiga oladi. O‘quvchi tomonidan o‘qilgan matnning tushunilganligini uning ustida bajariladigan topshiriqlarni qay darajada bajarganligiga ko‘ra aniqlaymiz. Topshiriqlarga to‘g‘ri javob bergan o‘quvchi matn mazmunini to‘g‘ri tushungan hisoblanadi. Yo‘l qo‘yilgan xatolar esa, o‘quvchining matn mazmuni yaxlitligini tushunmagan yoki matn qismlarini mazmun jihatdan bir-biriga bog‘lay olmaganligini anglatadi. Natijalar tahlilini o‘quvchi bilim darajasiga baho bera oladigan mezon deyish mumkin, negaki, matn tarkibidagi leksik, grammatik, semantik qismlar o‘quvchi ongida shu paytga qadar mavjud bo‘lgan xuddi shunday bilimlar asosiga quriladi, uni to‘ldiradi, yangi leksik va informativ bilimlar bilan boyitadi. O‘quvchining matnni idrok qila olmaganligi uning ongida bunga asos bo‘ladigan bilimning juda pastligi yoki umuman tasavvurga ega emasligini bildiradi. Matn o‘quvchining yoshiga mos bo‘lish birga, grammatik, sintaktik va semantik jihatdan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi lozim, negaki bu omillar matnning tushunilishiga katta ta’sir qiladi. Xorij metodistlarining ma’lumotlarida ham shunday fikrni ko‘rish mumkin: “O‘quvchi matnda ifodalangan ma’lumot haqida tasavvurga ega bo‘lmagan taqdirda ham, gaplar va so‘zlarni bog‘lagan grammatik ko‘rsatkichlarning vazifasini tushungan holda o‘qisa, matnni to‘g‘ri idrok qila oladi”. Masalan, matn tarkibida qo‘llanadigan so‘roq so‘zli gaplarda savol mazmuni kuchli bo‘lsa, “-mi” yuklamasi yordamida tuzilgan so‘roq gaplarda ko‘proq darak mazmun anglanadi. Ammo ko‘p o‘quvchilar aynan shunday “so‘roq so‘zli” savollarda, unga e’tibor bermay (tashlab ketgan holatda), “ha, yo‘q..” kabi noto‘g‘ri javoblarni yozadilar. Ta’lim jarayonida o‘zlashtirishning muvaffaqiyati ta’lim mazmuniga, o‘quv rejalari, dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarining mavjudligiga, ta’lim metodikasining rivojlanganligiga bog‘liq deb hisoblanadi. Sinflar kesimidagi darsliklarda beriladigan mashqlar, matnlar DTS va dasturda belgilangan tartibda o‘quvchilarga taqdim etiladi. DTS da o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar har bir sinf uchun kompetensiyaviy yondashuv asosida alohida belgilab berilgan hamda ushbu BKM lar bir-biridan ajratilgan. Takomillashtirilgan keyingi o‘quv dasturlarida fanlararo integratsion yondashuvga e’tibor qaratildi hamda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va psixofiziologik rivojlanishlarini e’tiborga olgan holda hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirish tamoyili asosida qayta ko‘rib chiqildi. Kompetensiyalar 2 turga bo‘linadi: tayanch va fanga oid. Tayanch kompetensiya o‘z navbatida beshga, fanga oid kompetensiyalar esa ikkiga: nutqiy va lingvistik kabi turlarga ajratiladi. Nutqiy va lingvistik kompetensiyalar o‘quvchilarni fanga yo‘naltiradi, mazkur fan yuzasidan xususiy bilimga ega bo‘lish uchun asosiy jihatlarga e’tibor qaratishni belgilab beradi. DTS da maktab o‘quvchilariga quyidagi talablar qo‘yiladi [10;15-20 ]: Fonetika bo‘limini o‘rganish orqali: nutq tovushlari, nutq a’zolari, bo‘g‘in, urg‘u, tovushlar talaffuzi haqida; Grafikada : harflar birikmasi, tutuq belgisi, bosh harf, kichik harf, yozma va bosma harf haqida; Orfografiyada : bosh harf va kichik harflar imlosi, imlo qoidalari haqida; Leksikologiyada: so‘z va uning lug‘aviy ma’nosi, o‘zbek tilining so‘z boyligi, lug‘atning asosiy boyish manbalari, tasviriy ifoda, iboralar haqida; Morfologiyada: so‘z tarkibi – (asos va qo‘shimchalar), asosdosh so‘zlar, so‘z va uni so‘roqlar asosida ma’nosiga ko‘ra guruhlash, mustaqil so‘z turkumlarining lug‘aviy ma’nosi, morfologik belgilari va sintaktik vazifasi, yordamchi so‘zlar; Sintaksisda: so‘z birikmasi, so‘z birikmasida so‘zlarning o‘zaro birikish usullari, gap, ohang va tinish belgilari, nutq uslublari va uning turlari, qo‘shma gap, uning qismlari, turlari ; Download 90.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling