Ona tili darslarida o'quvchilarning o'qib tushunish malakasini shakllantrish Mundarija


Maktab o‘quvchilarida matnni o‘qib tushunishda hisobga olinishi


Download 90.46 Kb.
bet8/10
Sana04.02.2023
Hajmi90.46 Kb.
#1162786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ona tili darslarida o\'quvchilarning o\'qib tushunish malakasini shakllantrish

Maktab o‘quvchilarida matnni o‘qib tushunishda hisobga olinishi


kerak bo‘lgan omillar


O‘zbek metodikasi va tilshunosligida matn bilan ishlash, matn yaratish usullarini o‘rgatish yo‘nalishida bir qancha Kurs ishlari qilingan. Jumladan, N.Mahmudov, T.Ziyadova, N.Axmedova, G.Ramazonovalar hammuallifligidagi “Ona tili darslarida matn yaratish ko‘nikmasini shakllantirish”[40;5] metodik qo‘llanmasida ona tili darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari to‘g‘risida, xususan, so‘z boyligini oshirish, kichik matnlar yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish, uslubiy nuqsonli matnni tuzatish, yaratilgan (berilgan) matnni mustaqil nomlash, o‘rganilgan mavzular yuzasidan grammatik matn tuzish kabi usullardan foydalangan holda matn yaratishni o‘rgatish maqsad qilingan bo‘lib, unda matn yaratishning 4 bosqichli moduli (MYBT- 4) taqdim qilingan. Ushbu modulning afzalligi shundaki, uni tushungan o‘quvchi o‘qigan matnini tushunishda ham foydalanishi, matnning bosh qismi, asosiy ma’nosi, grammatik qo‘shimchalarning ma’no-vazifasini anglagan holda matnni to‘g‘ri tushuna olishi mumkin. A.K.Nisanbayevaning “O‘zbek tili darslarida matn vositasida o‘quvchilar nutqini o‘stirishning metodik asoslari”[48] (ta’lim qozoq tilida olib boriladigan maktablar misolida) nomli Kurs ishida o‘quvchilarning o‘zbekcha nutqini matn asosida o‘stirishda qaysi prinsiplarga amal qilish afzal ekanligi, qanday mashq va topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lishi, asosan, matnlardan nutqni o‘stirish maqsadida foydalana olishga e’tibor qaratiladi. M.Saidovning “O‘zbek maktablarining Maktablarida ona tili ta’limi jarayonida tafakkurni rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari va ulardan foydalanish metodikasi” nomli ilmiy ishida matn yaratishga oid topshiriqlar haqida qisman gapiriladi. S. Boymirzayevaning “O‘zbek tilida matnning kommunikativ- pragmatik mazmunini shakllantiruvchi kategoriyalar” nomli dissertatsiyasida til va nutq birliklari bilan birga matnning tuzilishi, matn tarkibidagi qismlarning o‘zaro ma’noviy, strukturaviy bog‘liqlikda bo‘lishi kerakligi, matn - abzats, so‘z, morfema, harflar ketma-ketligida quriluvchi sintaktik hodisa ekanligi, boshqa
tilshunoslar tomonidan matn haqida bildirilgan nazariyalar, fikrlar keltiriladi hamda bildirilgan fikrlarning hech birini inkor qilib bo‘lmasligi, ularning har birida matn hodisasining u yoki bu jihatlari yoritilganligi haqida mulohazalar berilib, matndagi struktur-semantik bog‘liqlik matn chegarasini belgilovchi me’yor sifatida qabul qilinishi mumkinligi aytiladi (ya’ni, matnning qisqa: hikoya, maqola, hajviya; yoki hajman katta: qissa, roman, doston bo‘lishini bildiradi). N.I.Bekniyazovaning “Boshlang‘ich sinflar ona tili darslarida o‘quvchilarga matn yaratishni o‘rgatish metodikasi” nomli monografiyasida o‘quvchilarning yozma nutq mahsuli bo‘lmish matn yaratish layoqatiga ega bo‘lishlari zarurligi, buning uchun esa dars jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar bilan loyihalash maqsadga muvofiqligi, matn yaratishga o‘rgatishning mazmuni, usullari haqida qimmatli ma’lumotlar beriladi.

Yuqoridagi ishlarda matn, matn yaratishning usullari haqida ma’lumotlar berilgan bo‘lsada, matnni o‘qib tushunishni ta’minlaydigan omillar, o‘quvchi yoshiga mos keladigan matn tanlash, matnning grammatik va semantik jihatlari haqida fikr bildirilmagan.


Matnni o‘qib tushunish va tushunishni ta’minlaydigan omillar yuzasidan bir qancha tilshunoslar tajriba o‘tkazganlar. Ingliz tilshunosi Cheryl T.Gowie o‘zining “Psycholinguistic Strategies for improving reading comprehension” nomli maqolasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bir nechta sodda gaplarni o‘qittirib, ulardan nimani tushunganlarini so‘raydi. Bunday gaplar aniq va majhul nisbatdagi gaplar bo‘lib, tajriba natijasida hamma retsipiyentlar aniq nisbatdagi ma’lumotlarni tez, to‘g‘ri va oson tushunganlari aniqlangan. Majhul nisbatdagi gaplarni to‘g‘ri tahlil qila olmagan, ma’nosini anglamaganlar. O‘zbek tilshunosligida esa, f.f.n.dots.I.Azimova O‘zbekiston Milliy universitetining I kurs talabalari bilan Kurs ishini olib borgan. Kurs chi talabalarga turli mavzudagi gazeta matnlarini taqdim qilib, ularning qay darajada tushunilganligini o‘rganadi. Tajriba natijalariga ko‘ra, gapning tushunilishiga


salbiy ta’sir qiladigan lingvistik omillar aniqlangan, xususan, gapning o‘ta uzun bo‘lishi, gap tarkibida noodatiy birliklarning qo‘llanishi, ko‘pchilik nutqida ishlatilmaydigan yangi so‘zlar tushunishning qiyinlashuviga sabab bo‘lgan. Bu ilmiy ishda kattalar misolidagi tajriba natijalari tahlil qilingan bo‘lsa, mazkur ishimizning obyekti bolalar, ya’ni maktab o‘quvchilari hisoblanadi.
O‘quvchilar uchun matn tanlashda (xoh maktab bo‘lsin, xoh 10-sinf) uning o‘quvchi uchun qiziqarli, yangi va tushunarli bo‘lishiga alohida e’tibor beriladi. Matnni o‘qishdan maqsad, uni tushunishdir. O‘quvchining lug‘at boyligi yoshiga mos holda yetarli darajada oshgan, nutqi me’yor darajasida o‘sgan bo‘lsa, u o‘qituvchi tomonidan tanlab berilgan matnni to‘g‘ri va to‘liq tushuna oladi.
Maktabda qo‘shimcha ta’limiy-tarbiyaviy mashg‘ulotlar o‘tkazishdan maqsad
– bolalarda mustaqil fikrlash, to‘g‘ri so‘zlash, jonivor, narsa-buyumlarni to‘g‘ri nomlash, katta va kichikni taqqoslash va farqlash, ular orasidagi o‘zaro o‘xshashlik va farqni ko‘ra bilish, ularning lug‘aviy ma’nolarini sharhlash ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat. Bu esa, bolani intellektual rivojlantirishga yo‘naltiradi, hozirjavoblik, jadal fikrlashga odatlantiradi [40;8].
Matnning tushunilishiga unda qo‘llanilgan so‘z va birikmalarning (Maktab) o‘quvchi uchun tanish yoki yangiligi, ishlatilishiga ko‘ra faol yoki nofaol, mavhum yoki aniq bo‘lishi, gaplarning grammatik tuzilishi katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchiga tanish bo‘lgan so‘z va birikmalar matn mazmunini tushunishni ta’minlaydi, aksincha, mavhum, nofaol so‘zlar matn mazmunida uzilishlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, so‘zlar (leksemalar) tushunishni ta’minlovchi asosiy materialdir. O‘quvchi matndagi har bir so‘zning alohida va kontekstdagi ma’nosini bilsa, unda tasvirlangan voqea hodisani to‘g‘ri tushunadi (dekodlaydi).

Matnning o‘qilishiga va tushunilishiga matn sarlavhalarining o‘quvchi yoshiga mos bo‘lgani holda, uni qiziqtiradigan, o‘qishga jalb qiladigan nomlarda bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Biz 5- sinflarda olib borgan Kurs imiz


davomida turli sarlavhadagi matnlardan foydalandik: “Asalari raqsi”, “Tishlaringiz tekismi?”, “Zaxira “qo‘shin”, “ Dunyoni o‘zgartirgan 10 ta ixtiro”, “Ob-havoni ilmiy bashorat qilamiz”, “Nemezida – o‘lim yulduzi”, “O‘simliklar nega rang- barang?”, “Kislorod”, “Bo‘rining avlodlari”, “Bir yulduzmi yoki besh yulduz? ”, “Dengiz “josus”i” va boshqalar. Ko‘rib turilganidek, sarlavhalardan matnning qiziqarli va kerakli ma’lumot bera oladiganligi ma’lum. Natijalarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, matnlar yuzasidan berilgan topshiriqlar ba’zi matnlarga nisbatan (Oqsaroy, Osmon ostidagi muzey shahar, Tabiiy immunitetning otasi) sezilarli darajada yaxshi, hatto a’lo darajada bajarilgan. Xatoga yo‘l qo‘yilgan matnlarda o‘quvchi ba’zi so‘zlarni o‘z ma’nosida tushunmagan, mazkur so‘zlar unga yaqin va bog‘liq bo‘lgan boshqa so‘zga assotsiatsiya bo‘lgan.

O‘qib tushunishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biri, bu – matnda notanish so‘zning ishlatilishi sanaladi, negaki, o‘quvchi o‘qish davomida so‘zlarning ma’nolariga ko‘ra matnning gaplari va qismlarini bir-biriga ulab tushunadi. Matnda notanish so‘zning uchrashi esa uning bog‘lanayotgan ma’nosida uzilishga sabab bo‘ladi. Natijada, o‘quvchi so‘zlar orasidagi sintaktik munosabatni to‘g‘ri anglamaydi va matnning umumiy ma’nosini tushunishga qiynaladi.


O‘qish uchun berilgan matnning informativligi (ma’lumot bera olish darajasi) ham tushunishga ta’sir qiladigan omillardan biri hisoblanadi. Matnda berilayotgan xabar umuman yangi yoki oldindan ma’lum bo‘lsa, uning yangi xabar berish darajasi nolga teng deb hisoblanadi. Ma’lum miqdorda informativlikka ega bo‘lgan xabar o‘quvchining mavjud bilimiga tayanib, uni boyitadi va tushunishni ta’minlaydi.


Insonning matn mavzusi haqida o‘zining shu paytga qadar mavjud bo‘lgan bilimi, hayotiy tajribalari (taassub deyiladi) xulosasi matn mazmunini to‘g‘ri tushunishga xalal berishi mumkin. Savollarga javob berish davomida


o‘quvchi (shaxs) matnda berilayotgan ma’lumot mazmunidan kelib chiqib emas, balki, o‘zining shaxsiy fikri, oldingi bilimini qayd etadi, bu esa noto‘g‘ri javob yozishga sabab bo‘ladi.

O‘quvchilarga taqdim etilayotgan matnning hajmi ham uni to‘liq tushunishga ta’sir ko‘rsatadi. Matn (badiiy asar emas) juda uzun, detallari ko‘p bo‘lsa, yosh o‘quvchi (maktab o‘quvchisi ham) uni saralash, umumlashtirish, asosiy jihatlarini ajratishga qiynaladi va matn qismlarini to‘liq tushunmaydi.


Ona tili darslari davomida o‘quvchilarga tushunishni ta’minlaydigan topshiriqlar berish tavsiya etiladi. Bular: savollarga javob berish; test; nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni topib yozish; matn qismlariga sarlavha qo‘yish; jadval ichida berilgan ma’lumotlarni to‘g‘ri, noto‘g‘ri, unday ma’lumot umuman berilmaganligini aniqlab belgilangan katakka belgi qo‘yish (True, false, not given); matnda tasvirlangan yoki urg‘u berilgan jism(lar) rasmini chizish; matnlarni qismlarga bo‘lib, har biriga sarlavha qo‘yish; matnda urg‘u olgan so‘zlarning izohini topish; raqamli izohlarga ma’nosi to‘g‘ri keladigan abzatsni topish; matnda berilgan ma’lumotlarni jadvaldagi savollar asosida tasniflash; boshlangan gaplarni matn ma’nosi asosida davom ettirish; matnga o‘z sarlavhasidan tashqari yana qanday sarlavha qo‘yish mumkin; matnning eng muhim o‘rinlarini o‘z so‘zingiz bilan yozing kabilar.

Biz o‘quvchilarning matnni o‘qib, uni qay darajada tushunganliklarini aniqlash maqsadida bir-biridan farqlanadigan turli topshiriqlar tarqatdik hamda har bir topshiriq tushunishning ma’lum darajalarini aniqlashiga guvoh bo‘ldik. Tajribada 10 nafar maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. O‘quvchilarga “Jajji akademik” jurnalining 2018-yil 12-sonidagi 9-betidagi “Asalari raqsi” nomli 182 ta so‘z, beshta blokdan tashkil topgan matn berildi. O‘quvchilar matnni uch marta o‘qidilar va berilgan to‘rtta topshiriqni bajardilar.


Birinchi topshiriq, to‘g‘ri, noto‘g‘ri, berilmagan (true, false, not given) jadvalli mashqi bo‘lib, unda matn yuzasidan yettita gap berildi.
Ikkinchi topshiriq shu matn tarkibidan grammatik mavzuga aloqador uyadosh so‘zlarni topish;

Uchinchi topshiriqda ba’zi so‘zlari tushirib qoldirilgan gaplar berildi.


O‘quvchilar tayanch so‘zlardan foydalanib, uni to‘ldirishlari kerak edi.

To‘rtinchi topshiriqda esa o‘quvchilar o‘zlarining tasavvurlaridagi asalarini chizishlari kerak .


Natijalar shuni ko‘rsatadiki, 2 ta o‘quvchi matnni o‘qib tushunishni tekshirish uchun berilgan savollarning 96% ; 2 ta o‘quvchi 92 %; 2 ta o‘quvchi 80


%, qolgan o‘quvchilar 84, 88, 72, 40 % to‘g‘ri javob berganlar. Bu topshiriqda 40
% natijaga erishgan o‘quvchi boshqa mashqlarda ham past ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan.
Birinchi, jadvalli topshiriqlardagi natijalarni tahlil qilamiz. To‘g‘ri javoblar miqdori 3 ta o‘quvchida 100 %, 2 tasida 85 %, 2 tasida 71 %, 2 tasida 57%, 1 tasida 43 % ni tashkil qildi. Beshta o‘quvchi aynan 5-6- gaplarda xato qilganlar. Jadvalda 5-gap o‘quvchining diqqati va xotirasini sinash maqsadida biroz o‘zgartirib quyidagicha berilgan: “Sherigining raqsidan boshqalar gulning faqatgina qayerda joylashganini bilishadi, xolos”. Asl matndaesa : “Kichik doira yoki sakkiz raqami shaklini hosil qilib raqsga tushayotgan asalarining harakatlariga qarab sheriklari gulning qayerda, qancha masofada, qanday o‘lchamda ekanini aniq bilib oladi”, ya’ni “faqatgina, xolos” so‘zlari qo‘shilgan. O‘quvchilar matndan mana shu so‘zlarni topolmaganliklari uchun uni “berilmagan” yoki “ha” deb belgilaganlar. 6- savol esa jadvalda quyidagicha berilgan: “Avstriyalik buyuk olim asalarining raqsini tushunmagan holda gulzorni aniqlashga harakat qilgan”. Asl matnda: “Asalarilar “tili”ni birinchi bo‘lib avstriyalik buyuk olim Karl fon Frish tushunib qolgan. U raqsga tushayotgan asalariga qarab chizmalar chizgan va ularga qarab asalari ko‘rsatayotgan gulzorni aniqlagan.” O‘quvchilar jadvalda o‘zgartirib berilgan “tushunmagan holda” degan
birikmadagi -ma inkor ma’no hosil qiluvchi qo‘shimchaga e’tibor bermaganlar,
shuning uchun “ha” javobini tanlaganlar. Bu esa o‘quvchining matnni o‘qiyotganida uning birliklarini to‘liq qabul qilmaganligini bildiradi.

Ikkinchi topshiriq natijalari birinchisiga qaraganda bir oz yuqori, ya’ni 7 ta o‘quvchi 100 %, 3 ta o‘quvchi 50 % tushunib bajarganlar. Uyadosh so‘zlar nimaligi tushuntirilgan edi. To‘g‘ri bajarganlar quyidagicha yozganlar: “asalari- gul-asalari uyasi – quyosh -gulzor- asal” kabi, xato yozganlar esa: “uya-o‘tloq- ferma” yoki “olim -fan-gul- asalari raqsi- asal” deb javob berganlar. Noto‘g‘ri yozganlar matn mazmunidan kelib chiqqan holda bir-birini ergashtiradigan so‘zlarni topganlar. Uya stimul so‘zi, uning o‘tloq yoki fermada mavjud bo‘lishiga assotsiatsiya bo‘lgan.


Uchinchi, so‘zlari tushirib qoldirilgan matnni to‘ldirish bo‘yicha xatolar yuqoridagi ikkita topshiriqlardan yaxshi bajarilgan, ya’ni ikkita o‘quvchi umuman xato qilmagan (100%), uchta o‘quvchi bittadan (95%), bitta o‘quvchi ikkita (81%), ikkita o‘quvchi uchtadan (74%), qolgan ikkita o‘quvchi 4 (70%) va


10 ta (45%) xato qilganlar. Bunda ko‘p o‘quvchilar quyidagi gaplarda xato qilganlar:
“Kichik doira yoki …… raqami shaklini hosil qilib raqsga tushayotgan asalarining harakatlariga qarab …… gulning qayerda, qancha masofada, qanday
…… ekanini aniq bilib oladi.”

Asl matnda “Kichik doira yoki sakkiz raqami shaklini hosil qilib raqsga tushayotgan asalarining harakatlariga qarab sheriklari gulning qayerda, qancha masofada, qanday o‘lchamda ekanini aniq bilib oladi.”


Ikkita o‘quvchi tushirib qoldirilgan sakkiz so‘zining o‘rniga “raqs, sheriklari” deb, sheriklari so‘zining o‘rniga “sakkiz, raqs” deb yozganlar. Bundan ko‘rinib turibdiki, bu o‘quvchilar yuqoridagi savollarga javob topish davomida matnga qayta murojaat qilmaganlar. Shuningdek, so ‘zni qo ‘ygandan
keyin u gapga mos tushayotgan yoki mos tushmayotganligini o‘quvchi o‘qib tekshirib ko‘rmagan.
Ta’lim sifatini yaxshilashning muhim jihatlaridan biri o‘zi bajargan vazifani tekshirishga o‘rgatish hamdir. Yana eng ko‘p uchragan xatolardan biri quyidagi gapda: “Olimga jonzotlar “tili”ni ilmiy asoslab bergani uchun Nobel mukofoti berilgan.” Bu yerda “tili” so‘zi tushirilgan edi. O‘quvchilar uning o‘rniga “raqsi, asalari, chizmasi” javoblarini yozganlar. “asalari tili” stimul so‘z sifatida raqs, chizma, asalari so‘zlariga assotsiatsiyani hosil qilgan. “Raqsi” va “chizmasi” so‘zlari matn mazmuni tushunilganligini, ya’ni o‘quvchi matndagi “tili” so‘zining ko‘chma ma’noda qo‘llanganligini anglab yetgan.

To‘rtinchi topshiriqda barcha o‘quvchilar asalarining rasmini chiroyli ko‘rinishda tasvirlaganlar. Yuqorida juda past natijalarni ko‘rsatgan past o‘zlashtiruvchi o‘quvchi ham shunday.


Mazkur tajribada qo‘llangan topshiriqlar bolaning matnni qay darajada tushuna olgani, berilayotgan savolga javob topish uchun diqqatli bo‘lgani yoki bo‘lmaganini, ya’ni ularning xato- kamchiliklarini aniqlash va uni bartaraf etish maqsadida berildi. Har bir topshiriq matnning ma’lum bir jihatiga e’tibor qaratishni talab qiladi. Masalan, 1-topshiriq boladan til birliklariga diqqat qilishini talab etadi. Bu topshiriq natijasida biz 30 foiz bolaning matnni o‘qiyotganida uning hamma birliklarini ham qabul qilmaganligini ko‘ramiz.





  1. topshiriq matnning nafaqat mazmuniga, voqealar rivojiga nisbatan e’tiborli bo‘lishga, balki matnni o‘qish jarayonida o‘quvchi gaplarning tuzilishiga, uning tarkibidagi gap bo‘laklari yordamchi so‘zlar va boshqalarning qo‘llanishiga ham diqqat qaratishlari kerakligiga urg‘u beradi. Bu topshiriqning natijalariga ko‘ra, 75 foiz o‘quvchi to‘g‘ri bajarganligini ko‘rdik.

  2. topshiriq matnning eng muhim, ma’no o‘zgarishi mumkin bo‘lgan qismlariga e’tibor qaratish kerakligini nazarda tutgan edi. Natijalarga ko‘ra, 86 foiz o‘quvchi qo‘yilgan maqsadga erishganlar.




  1. topshiriq esa, o‘quvchini faollashtirish, erkin ijod qilishga undaydi. Bu topshiriqda matnni o‘qish jarayonida o‘quvchi qanday ko‘rinishdagi asalarini tasavvur qilgani, uni o‘z qo‘llari bilan chizishdagi harakatlari va uning natijasiga e’tibor qaratilgan. O‘quvchilarning ijodiy ishlarini inobatga olgan holda, topshiriq 90 foiz yaxshi bajarilgan deb ayta olamiz.

Download 90.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling