soniyning Andijon va Xorazm ustiga XVI asr 80-yillarida qilgan harbiy
yurishlari, Abdullaxon bilan O 'zbek sulton o'rtasidagi kelishmovchiliklar,
Shayboniy qo'shinlarining Issiqko'l viloyati ustiga qilgan harbiy yurishi
haqidagi m a’lum otlar o'ta muhimdir.
Yana shu bobda bayon qilingan voqealar ichida Samarqand hokimi
Shayboniyzoda Ibodulla Sulton, Abdullaxon soniyning inisining o'ldirilishi
sabablari haqida aytilgan fikrlar zo'r ahamiyatga egadir. «Abdullanoma»
m uallifining so'zlariga qaraganda, Ibodulla sultonning o'lim iga uning
shariat qoidalarini buzganligi, ya'ni ram azonning birinchi kuni ro'za
tutm ay, ichkilik ichganligi sabab bo'lgan. Lekin, 1586-yili Buxoro va
Samarqandda bo'lib o'tgan voqealam i chuqurroq tahlil etadigan bo'lsak,
bu faqat bir bahona, sababi esa tam om an boshqacha bo'lgan. Masalan,
«Matlab ut-tolibin»da keltirilgan m a’lumotlarga qaraganda, XVI asm ing
80-yillari boshida Shayboniy sultonlar, xususan Ibodulla sulton bilan
A bdullaxon o'rtasida m unosabatlar bir qadar buzilib qolgan. Bunga
A bdullaxonning 1583-yili Andijon ustiga, Isfandiyor sultonga qarshi
q o 'sh in tortgani sabab b o 'lg a n . Asarda keltirilgan m a ’lum otlarga
qaraganda, 1586-yilning 3 avgust kuni Toshkent hokimi D o'stim sulton,
A ndijon hokim i Isfandiyor sulton va H isor hokim i O 'zb ek xon , va
Samarqand hokim i Ibodulla sultonning elchilari Samarqandga to'planib
kengash o'tkazganlar va gapni bir yerga qo'yib Abdullaxon soniyga qarshi
harbiy-siyosiy ittifoq tuzganlar. Oradan ko'p vaqt o'tm ay, Ibodulla sulton
A b d u lla x o n n in g y o 'q lig id a n fo y d a la n ib , Sam arq an d tevaragidagi
tum anlam i bosdi va talon-taroj qildi.
«M atlab ut-tolibin» m uallifi yana quyidagilam i yozadi; «(Ibodulla)
Do'stlaringiz bilan baham: |