A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a


Download 6.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/245
Sana12.10.2023
Hajmi6.54 Mb.
#1699568
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   245
Bog'liq
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov

1 .2 .1 .5 . «Shohnom a*
Abulqosim Firdavsiy qalamiga mansub “Shohnom a” asari uch qism 
ya65 mingbaytdan iborat doston bo'lib, u 9 7 6 -1 01 1-yillarorasida yozilgan.
Uning birinchi qismi afsonaviy bo'lib, “Avesto” materiallariga asoslanib 
yozilgan va Eron ham da T u ro n x alq larin in g diniy aqidalari va 
nvoyatlaridan bahs yuritadi.
Asaming ikkinchi va uchinchi qismlari muhim hisoblanadi. Ikkinchi
123


qism qahramonlik dostoni bo'lib, qadimgi Eron podshohlari va ular 
zamonida o'tgan qahramonlar Rustam va Kova siymolari talqin qilingan.
“Shohnom a”ning uchinchi qismi tarixiy doston bo'lib, unda Eron va 
Turonning zardushtiylikning paydo bo'lishidan to arablar istilosigacha 
bo'lgan siyosiy hayoti talqin etilgan.
“ S h o h n o m a ” ning q o 'ly o zm a nusxalari k o 'p m am lakatlarning 
kutubxonalarida, shuningdek O 'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi 
Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Asaming to'la matni Hindiston 
(1829), Fransiya (1838-1878), Olmoniya (1877-1884), Eron (1934-1936) 
va Rossiyada (1960—1971) chop etilgan, rus va o'zbek tillariga taijima qilingan.
“Shohnom a” matnini tiklash ustida manbashunoslik tadqiqot ishlarini 
Boysung'ur Mirzo ibn Shohruh Hirotda olib borgan. Ko'p tarixchilar, 
xususan Muhammad Mirxond undan manba sifatida foydalangan. Alisher 
Navoiy bu asarda lof ko'pligini qayd etgan.
1 .2 .1 .6 . Qadimgi hind manbalari
Saklar, massagetlar, toharlar va qadimgi Qanha xalqi, ulaming ijtimoiy- 
iqtisodiy hayoti haqidagi qimmatli ma’lumotlami hindlaming epik dostoni 
“ M ahobharata”da ham uchratamiz.
“ Mahobharata”(“ Bharata avlodlari jangnomasi”) sanskrit tilida yozilgan 
bo'lib, 100 ming baytni o'z ichiga olgan 18 kitobdan iborat. Afsonaviy shoh 
Bharataning ikki toifa avlodlari kavravlar va pandavlaming o'zaro adovatlari 
va umshlari bayon etiladi. U miloddan awalgi X—VIII asrlarda yaratilgan.
Asarda, masalan, uzoq Hindistonga, fikrimizcha savdo-sotiq ishlari 
bilan borgan saklar, toharlar va q anhalar haqida m ana bu muhim 
ma’lumot keltirilgan: “ Uning (podshoh Yudhishtraning) eshigi oldida 
boshqa xalqlar bilan birga saklar, toharlar va qanhaliklar ham navbat 
kutib turardilar. Pahmoq soqol, peshonalari shohlar bilan bezatilgan, 
qo'llarida turli-tum an sovg'alar, jun, rang, ipak va patta (oq qayinning 
bir turi) daraxti tolasidan, shuningdek, kamyob matolardan, paxtadan 
to'qilgan gazlamalar, mayin, nafis terilar, uzun va o 'tk ir qilichlar, 
shamshirlar, temir nayzalar, harxil boltalar, ichimliklar, xushbo'y narsalar, 
turli-tum an qimmatbaho toshlar” 1.

Download 6.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling