A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a
Download 6.54 Mb. Pdf ko'rish
|
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 .2 .1 .6 . Qadimgi hind manbalari
1 .2 .1 .5 . «Shohnom a*
Abulqosim Firdavsiy qalamiga mansub “Shohnom a” asari uch qism ya65 mingbaytdan iborat doston bo'lib, u 9 7 6 -1 01 1-yillarorasida yozilgan. Uning birinchi qismi afsonaviy bo'lib, “Avesto” materiallariga asoslanib yozilgan va Eron ham da T u ro n x alq larin in g diniy aqidalari va nvoyatlaridan bahs yuritadi. Asaming ikkinchi va uchinchi qismlari muhim hisoblanadi. Ikkinchi 123 qism qahramonlik dostoni bo'lib, qadimgi Eron podshohlari va ular zamonida o'tgan qahramonlar Rustam va Kova siymolari talqin qilingan. “Shohnom a”ning uchinchi qismi tarixiy doston bo'lib, unda Eron va Turonning zardushtiylikning paydo bo'lishidan to arablar istilosigacha bo'lgan siyosiy hayoti talqin etilgan. “ S h o h n o m a ” ning q o 'ly o zm a nusxalari k o 'p m am lakatlarning kutubxonalarida, shuningdek O 'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Asaming to'la matni Hindiston (1829), Fransiya (1838-1878), Olmoniya (1877-1884), Eron (1934-1936) va Rossiyada (1960—1971) chop etilgan, rus va o'zbek tillariga taijima qilingan. “Shohnom a” matnini tiklash ustida manbashunoslik tadqiqot ishlarini Boysung'ur Mirzo ibn Shohruh Hirotda olib borgan. Ko'p tarixchilar, xususan Muhammad Mirxond undan manba sifatida foydalangan. Alisher Navoiy bu asarda lof ko'pligini qayd etgan. 1 .2 .1 .6 . Qadimgi hind manbalari Saklar, massagetlar, toharlar va qadimgi Qanha xalqi, ulaming ijtimoiy- iqtisodiy hayoti haqidagi qimmatli ma’lumotlami hindlaming epik dostoni “ M ahobharata”da ham uchratamiz. “ Mahobharata”(“ Bharata avlodlari jangnomasi”) sanskrit tilida yozilgan bo'lib, 100 ming baytni o'z ichiga olgan 18 kitobdan iborat. Afsonaviy shoh Bharataning ikki toifa avlodlari kavravlar va pandavlaming o'zaro adovatlari va umshlari bayon etiladi. U miloddan awalgi X—VIII asrlarda yaratilgan. Asarda, masalan, uzoq Hindistonga, fikrimizcha savdo-sotiq ishlari bilan borgan saklar, toharlar va q anhalar haqida m ana bu muhim ma’lumot keltirilgan: “ Uning (podshoh Yudhishtraning) eshigi oldida boshqa xalqlar bilan birga saklar, toharlar va qanhaliklar ham navbat kutib turardilar. Pahmoq soqol, peshonalari shohlar bilan bezatilgan, qo'llarida turli-tum an sovg'alar, jun, rang, ipak va patta (oq qayinning bir turi) daraxti tolasidan, shuningdek, kamyob matolardan, paxtadan to'qilgan gazlamalar, mayin, nafis terilar, uzun va o 'tk ir qilichlar, shamshirlar, temir nayzalar, harxil boltalar, ichimliklar, xushbo'y narsalar, turli-tum an qimmatbaho toshlar” 1. Download 6.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling