A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a


Download 6.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/245
Sana12.10.2023
Hajmi6.54 Mb.
#1699568
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   245
Bog'liq
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov

1 .3 .2 . D iodor
Diodor (miloddan aw algi 90—21 -yillar) yirik tarixchi olim , asli 
Sitsiliyaga qarashli Argiriya shahridan. U “Tarixiy kutubxona” nomli 40 
kitobdan iborat asar yozib qoldirgan. Um um iy tarix yo'nalishida yozilgan 
bu asar, asosan Yunoniston va Rimning qadim zamonlaridan to milodning 
asr o'rtalarigacha bo'lgan tarixini o 'z ichiga oladi. Unda Sharq xalqlari, 
s uningdek, O 'zbekistonning qadim iy xalqlari skif, sak, massaget
aqtriyaliklar, yurtimizning Eron bilan bo'lgan munosabatlari haqida 
qimmatli ma’lumotlar bor.
Diodorning mazkur asari ko'p jihatlari bilan ko'chirma-kompilyatsiya
125


hisoblanadi. Muallif Efor, Polibiy asarlaridan keng foydalangan. Bundan 
tashqari, ko‘p hollarda bayon etilayotgan voqealar uzviy bog'lanmav 
qolgan. Shunga qaramay, bu asar dalillaiga boy va katta ilmiy ahamiyatea 
egadir.
Diodoming asari to‘la holda bizning zamonamizgacha yetib kelmagan. 
Uning faqat 15 kitobi - qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va afsonalari 
haqida hikoya qiluvchi 1—5-kitobIari, Yunoniston hamda Rimning 
Yunon-Eron urushlari(miloddan awalgi 500—449)da to miloddan awalgi 
301-yilgacha bo'lgan tarixini o 'z ichiga olgan 11-20-kitoblarigina 
saqlangan, xolos.
Bu asar 1774-1775-yilIari I.Alekseev tomonidan olti qismda va 1874— 
1875-yillari F.G. Mishchenko tarafidan ikki qism qilib nashr etilgan.
1.3 .3 . Pompey Trog
Pompey Trog ( milodgacha 1 — milodning I asrlari o'rtasida yashab 
o'tgan) - “ Filipp tarixi” asari bilan mashhur bo'lgan Rim tarixchisi. 44 
kitobdan iborat bu asar afsonaviy Assuariya podshohlari zamonidan to 
Rim im peratori Avgust (m iloddin aw algi 63 — m ilodning 14-yili) 
davrigacha dunyoda bo'lib o'tgan voqealami bayon qiladi, lekin asosiy 
e ’tibor Yunonistonning makedoniyalik Filipp II (miloddan awalgi 359— 
336) va Iskandar Zulqamayn davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon 
etishga qaratilgan.
Mazkur asaming qimmati shundaki, u birtalay nom a’lum kitoblarga 
suyanib yozilgan, Rim, Yunoniston kabi yirik davlatlaming paydo bo'lishi 
va tarixini keng yoritib bergan. M uhimi shundaki, m uallif bunday 
davlatlaming oxir-oqibatda inqirozga uchrashini aytadi. Pompey Trog 
tarixni harakatga keltiruvchi kuch urf-odat va taqdir deb hisoblagan.
“ Filipp tarixi”da skiflar, Baqtriya, Iskandar Zulqam ayn davrida 
Baqtriya va S o 'g'dd a qurilgan shahar va katta im oratlar, Iskandar 
Zulqamayn vafotidan keyin yuz bergan voqealar, parfiyaliklaming kelib 
chiqishi, ulaming urf-odatlari, Parfiya podsholigining tashkil topishi, 
Baqtriya, Parfiya va Midiyaning o'zaro munosabatlariga oid muhim 
m a’lumotlar mavjud.
Pompey Trogning bu asari Yustin (II—111 asr) tarafidan 
qisqartirilib 
qayta ishlangan shaklda bizning zamonimizgacha yetib 
kelgan va 
Ruxl 
tomonidan 1935-yili chop qilingan. Uning nischa taijimasi A.A.Dekonskiy 
va M.M.Rijskiy tom onidan “ Вестник древней истории” 
jurnalining 
1954-yil 2 - 4 va 1955-yiI 1-sonlarida bosilgan.



Download 6.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling