A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a


Download 6.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/245
Sana12.10.2023
Hajmi6.54 Mb.
#1699568
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   245
Bog'liq
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov

1 .3 .7 . Polibiy
Polibiy (miloddan awalgi 201-120) - yirik yunon tarixchisi, 40 
kitobdan iborat “ Umumiy tarix” asari bilan mashhur. U Yunoniston, 
Makedoniya, Karfagen, Misr, Suriya va Rimning 220-146-yillarorasidagi 
ijtimoiy-siyosiy tarixini o 'z ichiga oladi. Umumiy tarix yo'nalishida 
yozilgan bu asaming katta qismi saqlanmagan, bizgacha faqat 1-5- 
kitoblargina yetib kelgan, xolos.
Polibiyning “ U m um iy ta rix i” d aliliy m a ’Ium otlarga boyligi, 
voqealaming nisbatan xolisona yoritilishi bilan alohida ahamiyatga egadir.
Unda Oks - Amudaryo va Yaksart — Sirdaryo haqida. Antiox I ning Baqtriya 
podshohi Eftidemga qarshi harbiy yurishi haqida muhim ma’lumotlar bor.
“ Umumiy tarix” ning matni 1889-1905-yillar orasida to'rt jildda 
Leyptsigda chop etilgan. Uning inglizcha (V.R.Paton, London, 1922" 
1927; ikkinchi nashri, London, 1957-1960) va ruscha 
(F .G .M ish ch en k o ,
1 —3-jildlari. М .,1890-1899) tarjimalari mavjud.
O'zbekistonning qadimiy tarixini o'rganishda Yunoniston va Kim 
tarixchilarining asarlari benihovat qimmatlidir.
128


Efor (miloddan awalgi taxm inan 405-330-yillar), Klavdiy Ellian 
(taxm inan 
milodning 170-235-yillari), aleksandriyalik Kliment (milodning
II asri), 
Komeliy Tatsit (taxminan milodning 5 6 - 1 17-yillari), Ksenefont 
(taxm inan 
miloddan awalgi 430-355-yillar), Plutarx (milodning 4 6 -
I
27
_yillari), 
Polien (milodning II asri) va boshqalaming asarlari ham ana 
shunday 
qimmatga egadir.
G e o g r a f 
olimlardan Strabon va Ptolomey asarlari ham z o 'r ilmiy
qiymatga egadir.
1 .3 .8 . Strabon
Strabon (miloddan awalgi 63 - milodning 23) qadimgi Yunoniston- 
ning atoqli geograf olimlaridan, asli amosiyalik (Pont podshohlarining 
qarorgohlaridan), nufuzli va badavlat oiladan chiqqan, m ashhur yunon 
faylasufi Aristotelning (miloddan awalgi 384-322) shogirdi, qariyb 80 
yil umr ko'rgan.
Strabonni dunyoga tanitgan uning 17 kitobdan iborat “Geografiya" 
nomli asaridir. Asaming 1 —2-kitoblari “ M uqaddima” deb ataladi va unda 
geografiya ilmi va uning hokimlar, sarkardalar va savdogarlar faoliyatidagi 
o'm i va roli haqida gap boradi. Eratosfen, Poseydon va Polibiyning Yer 
tuzilishi haqidagi ta ’limoti tanqid qilinadi, Yer yuzini tavsiflash haqida 
umumiy tushuncha beriladi.
3-I0-kitoblarida Yevropa mamlakatlarining tavsifiga, shundan 8— 
10-kitoblar Ellada va unga tutash mamlakatlarga bag'ishlangan.
Asarda Osiyo mamlakatlariga katta o'rin berilib, ular to'g'risida 11 — 16- 
kitoblarda ma’lumot berilgan. 17-kitob Afrika mamlakatlariga bag'ishlangan.
Strabon Polibiyning “ Umimiy tarix”ini davom ettirib, unga miloddan 
awalgi 146-31-yillar orasida bo'lib o'tgan voqealami qo'shgan. Afsuski, 
bu muhim asar bizning zamonimizgacha yetib kelmagan, lekin uning 
ayrim qismlari, xususan O 'zbekiston tarixidan xabar beruvchi ayrim 
parchalar olimning “Geografiya” nomli asariga kirib qolib saqlangan.
Strabonning “ G eografiy a”sida G irkaniya, Parfiya, Baqtriya va 
Marg'iyonaning tabiiy holati, shaharlari, qisman ularga borish yo'llari, 
Oxa (Harrirud), Oks va Yaksart daryolari haqida. O'zbekistonning qadimiy 
xalqlari - sak, massaget, day, atasiya, toharlar hamda xorazmliklar va 
u aming kelib chiqishi, bu xalqlarning turmushi, urf-odati va e ’tiqodi, 
s uningdek Parfiya va Baqtriyaning miloddan awalgi III asming birinchi 
loragidagi ichki ahvoli va o 'zaro munosabatlari haqida muhim va 
qimmaili m a'lum otlar mavjud.
Strabonning ushbu asari 1844 va 1848-yillari Kramer va Myuller
129


tarafidan, maxsus xarita va tarhlar bilan qo'shib nashr qilingan. Uning 
n e m is c h a ( G ro s s k u rd , B e rlin , 1831 — 1834) h a m d a
r u s c h a
(F.G.M ishchenko. М., 1879; G.A.Stratanovich. М., 1964) 
tarjim alari 
ham mavjud.

Download 6.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling