1 .3 .9 . Ptolom ey Klavdiy
Ptolomey Klavdiy (taxminan 90-160) - mashhur qomusiy olim,
Aleksandriyada yashab ijod qilgan. U astronomiya, geometriya, fizika
(optika, mexanika) hamda geografiyaga oid asariar yozib qoldiigan.
Jahonga mashhur “Almagest” — “Al-majastiy” (18 kitobdan iborat,
astronomiya va trigonometriya ilmlarini o'z ichiga oladi), “Optika” (5
kitobdan iborat), “G erm anlar haqida tushuncha” (3 kitobdan iborat)
va, nihoyat, “Geografiya” shular jumlasidandir. Lekin, olimga shuhrat
keltiigan asarlari “Almagest” va “Geografiya”dir.
“Geografiya”ning (8 kitobdan iborat) birinchi kitobi, aniqrog'i uning
24-bobi jahon mamlakatlarini tavsiflashga bag'ishlangan va katta ilmiy
qiymatga ega. Shunisi muhimki, asarda shahar, mamlakatlar va ulaming
koordinatalari keltirilgan va unga 27ta xarita ilova qilingan.
Ptolomeyning “Geografiya”sida Girkaniya, Marg'iyona, Baqtriya,
So'g'diyona hamda skiflar mamlakatining geografik holati, Baqtriya va
So'g'diyonaning mashhur shaharlari, shuningdek o'sha mamlakatlar va
ular bilan tutash o'lkalar va ulam ing aholisi haqida asl va qimmatli
m a’lumotlar keltirilgan1.
Yunon va Rim olimlarining tarix va geografiyaga oid asarlari m a’lum
darajada musulmon, shu jumladan yurtimiz olimlari Al-Xorazmiy, Al-
Farg'oniy, Beruniy va boshqalaming ijodiga asos bo'lib xizmat qildi.*
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. O'zbekiston tarixiga oid qanday Eron manbalarini bilasiz?
2. «Shoh noma
»
asarida O'zbekiston tarixiga oid qanday та lumotlar bor?
3. Hind laming • Mahobharat• asarida qadimgi O'zbekiston to'g'risida qanday
та ’lumotlar bor?
4. Qaysi Yunon tarixchilari asarida Iskandaming yurtimizga yurishi aks etgan?
5.
«Avesto»da qanday tarixiy та ’lumotlar mavjud?
1 Yuq. asar. 3 4 -4 1 -b etla r.
* U shbu m avzu B. A hm edov asari asosida yoritildi.
130
Do'stlaringiz bilan baham: |