A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a
- M A V Z U . V I - V I I I A S R L A R M A N B A L A R I
Download 6.54 Mb. Pdf ko'rish
|
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 .1 . M uhim siyosiy voqealar
2 - M A V Z U . V I - V I I I A S R L A R M A N B A L A R I
Darsning mazmuni: V I-V II asrlardagi tarixiy voqealar aks etgan so'g'diy, turkiy va Xitoy manbalari to'g'risida m a’lumotlar keltiradi. Reja: 2.1. Muhim siyosiy voqealar. 2 2. Qadimgi Turk manbalari. 2.3. Xitoy manbalari. 5 4. So‘g‘d tilidagi manbalar. Asosiy tu sh u n c h a la r: eftaliylar, xeptal, haytal, m niy yozuv, so‘g‘d tili, bitik. 2 .1 . M uhim siyosiy voqealar V—VI asrlarda O'zbekiston tarixi Eftaliylar va Eftaliylar davlati tarixi bilan bog'liqdir. Tarixiy manbalar, shuningdek, arxeologik qazishlar bergan ma’lumotlaiga qaraganda Eftaliylar saklar va masagetlaming avlodlaridir. Eftaliylar juda katta hududda o'z hukmronliklarini o'matdilar. Ulaming davlatiga Sharqiy Turkistondan Kaspiy bo'ylarigacha bo'lgan yeriar qarar edi. Eftaliylar milodning 457-yilida Chag'aniyon, Toxariston va Badaxshonni bo'ysundirishga muvaftaq bo'ldilar. Eron shohi sosoniy Fimz (459-484) Eftaliylarga qarshi uch bor qo'shin tortti, lekin uning barcha yurishlari mag'lubiyat bilan yakunlandi. Buning ustiga Eron Eftaliylarga o'lpon to'lab turishga majbur bo'ldi. Shundan keyin Eftaliylar Marv va Kobulni, oradan ko'p vaqt o'tmay, Sharqiy Turkistonni ham bo'ysundirishga muvaftaq bo'ldilar. Eftaliylar Turon, Eronning sharqiy tumanlari, Afg'oniston, Shimoliy Hindiston hamda Sharqiy Turkiston ustidan hukm yurgizdilar. 563-567-yilIari turk xoqoni Istemi (Dizovul) Eron hukmdorlari bilan ittifoq tuzib, Eftaliylar davlatiga zarba berdi va ularga qarashli yerlami bo'ysundirishga muvafTaq bo'ldi. Natijada Turk xoqonligi Amudaryo va Orol dengizigacha cho'zilgan o'lkalar ustidan o 'z hukmronligini o'm atdi. VI asming uchinchi choragida turklar Shimoliy Xitoyda joylashgan Chjau va Si davlatlarini ham bo'ysundirdilar, 576-yili Bosporni (K erch) cgaladilar, 581-yili esa Xersonni qamal qildilar. VI asr o'rtalariga borib Turk xoqonligi zaminida ilk katta yer egaligi munosabatlari shakllana boshladi. Shuning bilan bir qatorda o'zaro urushlar kuchaydi va bundan Suy imperiyasi (581—618) hukmdorlari ust.i bilan foydalandilar. Oqibatda Turk xoqonligi ikki qismga - Sharqiy a arbiy turk xoqonligiga bo'linib ketdi. 131 Sharqiy turk xoqonligi Markaziy Osiyoda xoqon Shibi davrida (609- 619) Suy imperiyasi bilan ko'p urushdi va o'z mustaqilligini saqlab qoldi. Xoqon Xelu (620-630) davrida ham bu kurash davom etdi. O'sha yillari turklar Xitoyga 67 marta bostirib kirdilar. Bu davrda soliqlar ko'paydi, mehnatkash xalqning ahvoli og'irlashdi. Xitoy imperatorlari bundan ustalik bilan foydalandilar va Sharqiy turk xoqonligi ustidan o 'z hukmronligini o 'rnatishga muvaffaq bo 'ld ilar. Lekin k o 'p o 'tm a y , turklar Xitoy istibdodiga qarshi qo'zg'olon ko'tardilar. Bunga dastlab Eltarish qoon (Qutlug' qoon), keyinchalik esa uning maslahatchisi To'nyuquq boshchilik qildilar. Natijada 681-yili G 'arbiy turklar yana mustaqillikni qo'lga kiritdilar. Xoqon Bilga vafotidan (734) keyin kuchayib ketgan feodal kurashlar natijasida G 'arbiy turk xoqonligi mayda qismlarga bo'linib ketdi va keyinchalik uning o'm iga Uyg'ur xoqonligi tashkil topdi. G 'arbiy turk xoqonligi harbiy siyosiy jihatdan birmuncha qudratli edi. VII asrning o 'rtalarid a unga Sharqiy T urkistondan to Kaspiy dengizigacha bo'lgan yerlar qarardi. Uning ijtimoiy-siyosiy tomondan yuksalishida Marv, Choijo'y, Buxoro, Samarqand, Choch, Ispijob kabi shaharlaming o'sishi va Xitoy, Eron hamda Vizantiya bilan olib borilgan savdo-sotiq ham sabab bo'ldi. Manbalarda keltirilgan m a’lumotlarga qaraganda, G 'arbiy turk xoqonligi poytaxti Suyabda har yili katta yarmarkalar tashkil etilib, unda ko'pgina xorijiy mamlakatlardan kelgan savdogarlar ham qatnashgan. G'arbiy turk xoqonligining xalqi xoqon Shabolo Xilishi hukmronligi yillari 10 toifaga bo'lingan. Masalan, Chu daryosining o'ng tarafida istiqomat qiluvchi xalqlar Nushibi (5 toifa), daryoning so I sohilida istiqomat qiluvchilar esa Dulu (5 toifa) deb atalgan. Ko'p o'tm ay bu toifalar o'zlarining mustaqil davlatini tuzib oldilar. Bu o'zaro feodal kurashning kuchayishiga olib keldi. Xitoy qo'shinlari bundan foydalanib, 658-yili G 'arbiy turk xoqonligi ycrlariga bostirib kirdilar, lekin uni tam oman bo'ysundira olmadilar. Xoqon Ashina Xudaydao uni yana tiklashga muvafTaq bo'ldi. Biroq, katta yer egaligi, o'zaro kurashlar va shimoldagi qo'shni xalqlar, xususan qorliqlarning xurujlari natijasida xoqonlik inqirozga yuz tutdi. VIII asrning ikkinchi yarmida hokimiyat tamoman qorliqlar qo'liga o'tdi. Ular 766-yili Suyabni bosib oldilar va uni o 'z poytaxtlariga aylantirdilar. G 'arbiy turk xoqonligi marka/.lashmagan davlat bo'lib, I5ga yaqin mustaqil hokimliklardan, So'g'dda yuechji xalqidan chiqqan ja b g 'u , Buxoroda mahalliy buxorxudot, Farg'onada ixshidlar kabilardan tashkil topgan edi. 132 Xoqonlik tarkibiga kirgan xalqlar bir qismi So'g'd, Xorazm, Toxariston, Download 6.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling