A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a
.4 . S o ‘g ‘d tilidagi manbalar
Download 6.54 Mb. Pdf ko'rish
|
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov
2 .4 . S o ‘g ‘d tilidagi manbalar
So‘g‘d tilidagi manbalar, asosan IV - X asrlarga oid bo'lib, turli mazmundagi huquqiy hujjatlar - ahdnomalar, nikoh haqidagi shartnomalar, oldi-sotti hujjatlari, tilxatlar, So'g'd, Shosh, Turk va Farg'ona hukmdorlari o'rtasidagi yozishmalar, xo'jalikning kundalik faoliyatiga oid hujjatlar, masalan, harajatlar yozilgan hujjat hamda farmonlardan iborat. Bu h u jjatlar So'g'diyonaning o'zidan, Mug' qal’adan, Samarqandda A frosiyobdan, Qirg'iziston va Sharqiy Turkistonda topilgan. Bular orasida Mug' qal’a xarobalaridan 1932-yili topilgan hujjatlar alohida ahamiyatga ega. Hujjatlar bahorda Tojikistonning Varziminor (hozirgi Z ahm atobod) tum aniga qarashli Xayrobod qishlog'ida shu tumanning sobiq birinchi rahbari A.Po'lotiy tomonidan ochilgan. Hujjatlar jami 79 ta bo'lib, bulardan 74 tasi so'g'd, I dona arab, 3 tasi xitoy va yana biri turk tilidadir. Ular turli materiallarga — charmga, taxtaga va qog'ozga yozilgan. Hujjatlar so'g'd dehqoni, katta yer egasi, podshohi Devashtich ( 7 0 8 -7 2 2 ) va yirik m an sab d o rlar - fra m an d a rn in g , shuningdek, Xoxsar hamda Kshtut dehqonlarining shaxsiy arxiviga tegishli bo'lib, So'g'dning VIII asming birinchi choragidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini o'rganishda muhim manba rolini o'ynaydi. Mug' q a l ’a s id a n topilgan hujjatlar A .A .Freym an, A. V.Vasilyev, l- Y u .K r a c h k o v s k iy , M .N .B ogolyubov, V .A .Livshits, M .ls ’hoqov, О .N . M a n s u ro v h a m d a O.I.Sm im ovalar tarafidan chuqur o'rganilgan. Mug' qal’asi hujjatlarining topilishi tarixi va ular haqidagi dastlabki ma lumotlar 1934-vili maxsus to'plam shaklida (“Согдийский сборник”. • c>|on qilindi. Ayrim hujjatlaming taijimasi I.Yu.Krachkovskiy va A.A.Freyman tom onidan 30-yillarida e ’lon qilindi. Huquqiy hujjatlar a maktublar taijimasi, zarur izoh va tadqiqotlar bilan (Согдийские 139 документы с горы Муг. Чтение, перевод, комментарий. Вып. Ц 1962.) V.A. Lifshits tomonidan chop qilindi. 1961 va 1965-yillari O 'zbekiston F an lar akadem iyasi Tarix va arxeologiya instituti xodimlari ilmiy safar chog'ida Sam arqandning Afrosiyobida V -V l asrlarga oid saroy xarobalarini ochdilar. S a ro y mehmonxonasining devorlari turli mazmundagi rasmlar bilan bezatilgan bo'lib, ular orasida oq kiyim kiygan Chag'oniyon elchisining surati ham bor. Uning etagiga so'g'd tilida o 'n olti satrdan iborat ishonch yorlig'i yozib qo'yilgan edi. Bu yozuvlar VII asro'rtalaridagi xalqaro munosabatlar tarixini o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Samarqandda topilgan yozuvlar IX asrga oid uch tilda — so'g'd, qadimgi turk va xitoy tilida yozilgan turk xoqonining qabr toshidagi bitikdir. Bunday hujjatlar so'g'diylam ing Qozog'iston, Qirg'iziston hamda Sharqiy Turkistondagi savdo koloniyalaridan ham topilgan. Bular orasida, ayniqsa A.Steyn (1862—1943) tarafidan 1907-yili Dunxuan (Xitoyning Gansu viloyatida) va Turfonda (Sharqiy Turkiston) topilgan hujjatlar, Talas daryosining o'ng sohilida, hozirgi Talas shahridan 7 km shimolda joydashgan Qulonsoy hamda Teraksoy daralarida qoya toshlarga o'yib bitilgan yozuvdar alohida e ’tiborga molik. Bu yozuvlar IV—XI asrlarda So'g'd koloniyalarining ijtimoiy ahvoli haqida, ayniqsa O 'rta Osiyo va U zoq S harq m am lakatlari o 'rta sid a g i savdo alo q alari va bunda so'g'diylaming roli haqida qimmatli m a’lumot beradi. Dunxuan va Xo'tan hujjatlari A.Steyn, Talasdan topilgan yozuvlar esa V .A .K a lla u r, M .E .M a s s o n , D .F .V in n ik , A .A .A s a n a liy e v , K.Ashiraliyev, U.Jumag'ulovlar tom onidan o'rganilgan. Mamlakatimiz tarixi, xususan unda yashagan qadimiy xalqlar tarixini o'rganishda, so'g'd tilida yozilgan “Xalqlar ro'yxati” deb atalgan bir hujjat (VIII asr) o 'ta muhimdir. Unda O 'rta Osiyoda yashagan 21 xalq va elatning nomi keltirilgan.* Download 6.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling