A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a
Download 6.54 Mb. Pdf ko'rish
|
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov
x o n i Q o d irx o n
(Tamg'ochxon) bilan Mahmud G'aznaviy (998-1030-yy.) birgalikda Movarounnahr ustiga yurish boshladilar. Ali takin Buxoro va Sam arqandni qoldirib cho'lga chckinishga majbur bo'ldi. Ittifoqchilar M ovarounnahrda o'zlarining harbiy-siyosiy mavqelarim mustahkamlay olmadilar va uni tashlab chiqishga majbur bo'ldilar. 1032-yili Xorazm hukmdori Oltintosh (1017—1032) ham urinib ko'rdi, lekin uning barcha harakat lari /o y e ketdi. Tarixiy manbalar, m asalan. Abulfazl Bayhaqiy bergan m a’lumotlarga qaraganda, Ali takindan kcym 142 taxm inan 1 0 4 0 -yilga qadar uning o ‘g‘illari hukmronlik qildilar. Ulardan kevin 10 6 0 -yilgach a Abu Is’hoq Ibrohim ibn Nasr hukm yuritgan. U O oraxoniylar poytaxtini O'zganddan (Farg'ona vodiysidan) Samarqandga ko^chirib olib keldi. Uning vafotidan keyin o ‘g‘illari o'rtasida taxt uchun kurash boshlandi. Bu kurashda Abu Is’hoq Ibrohim ibn Nasming Shams ul-m ulk Nasr ismli o ‘g‘li g'olib chiqdi. Sham s ul-mulk Nasr davrida (1068—1080) Ooraxoniylar va Saljuqiylar o 'rta s id a T erm iz va Balx uchun kurash kuchaydi. Buning ustiga T a m g 'o c h x o n Q odir Y usuf va uning o ‘g ‘illari unga qarshi kurash boshladilar va Sirdaryoning shimoliy sohilidagi yerlami hamda Farg'onani undan tortib oldilar. Abu Is’hoq Ibrohim ibn N asr va uning avlodi bilan musulm on ruhoniylari o'rtasidagi ziddiyatlar Shams ul-m ulkning taxt vorislari Xidir va Ahmad (1081 — 1089) davrida benihoyat kuchaydi. Saljuqiy Malikshoh I 1089-yili M ovarounnahrga qo'shin tortib, Buxoro va Samarqandni za b t etdi. Lekin, Saljuqiylar tez orada sulh tuzib, Movarounnahrdan chiqib ketishga majbur bo'ldilar. Sulton Sanjar davrida (1118-1157), 1130-yildan boshlab, Ooraxoniylar unga tobe bo'lib qoldilar. Mamlakatda siyosiy tarqoqlik kuchaydi — viloyat va o'lkalam ing ko'pchiligi mustaqillik e ’lo n qildi. Ana shunday mustaqil viloyatlardan biri Buxoro bo'lib, bu yerda hokimiyat Sadrlar (Burhoniylar) deb ataluvchi ruhoniylar sulolasi (1130—1207) qo'liga o'tdi. Ooraxoniylar inqirozga yuz tutgan va M ovarounnahr tarqoqlik iskanjasiga tushib qolgan paytda, uning shimoli-sharqiy va g'arbiy tarafida ikki yirik harbiy siyosiy kuch paydo bo'ldi. Bulardan biri qoraxitoylar b o 'lib (etnik tarkibi aniqlanmagan), ba’zi m a’Iumotlarga ko'ra, ulaming asli tu n g u s, ayrim olimlaming fikricha m o'g'ul edi. Ular XII asr boshlarida d a s tla b Chug'uchak, keyinchalik Bolosog'un shahri bilan birga butun Y ettisu v vohasini ishg'ol qildilar. Qoraxitoylaming oliy hukmdori gurxon d e b atalgan. Yana bir yirik harbiy siyosiy kuch Xorazmda shakllandi. Hgari Suljuqiylarga tobe bo'lgan Xorazm 1127-yili mustaqillikka erishdi. XII asming 30-yillari boshlaridan qoraxitoylaming Movarounnahrga talonchilik xurujlari boshlandi. U larS hosh va Farg'ona bilan kifoyalanib qolmay, Zarafshon hamda Qashqadaryo vohalariga ham kirib bordilar. Ooraxitoylar 1138-yili Samarqand xoni Q o r a x o n iy Mahmudxonni (1 132- I . . ' tor-m or keltirdilar va katta o'lpon olib, Yettisuvga qaytib ketdilar. Suit ~У‘с U*ar ^ а т а г ЧапФ»а yaqin Katavon degan joyda Mahmudxon va so'n°n p,n^a m ' ng birlashgan kuchlarini tor-m or keltirib, Samarqand, "8га Buxoroni egalladilar. Lekin, ular Yettisuvdan Movarounnahrga 143 ko'chib o'tm adilar, balki har yili o'lpon olib turish bilan kifoyalandilar. Xorazmning mustaqillikka erishuvi Xorazmshoh Otsiz (1127—1156) nomi bilan bog'liq. U qisqa vaqt ichida Sirdaryoning quyi oqirnida joylashgan Jand shahrini va M ingqishloqni egalladi. Sulton Sanjar Xorazmni yana bo'ysundirishga harakat qildi, lekin bunga erisha olmadi. El Asrlon (1156—1172) va S u lto n T akash (1172—1200) vaqtida Xorazmshohlar davlati birm uncha m ustahkam landi. Xorazmshohlar 1156—1192-yillar orasida Hind daryosidan Iroqqacha bo'lgan yerlarni bo'ysundirishga muvafTaq bo'ldilar. Xorazmshoh M uhammad (1200— 1220) davlati hududini juda kengaytirdi. 1206 va 1212-yillarda B uxoro va Samarqandni bosib oldi, 1210-yili esa Yettisuvda Gurxon qo‘shinlariga qaqshatqich zarba berdi va bu bilan qoraxitoylaming Movarounnahrga bo'lgan da’volariga chek qo‘ydi. Ammo, bu ulkan davlat markazlash- magan va mustahkam emas edi. Shuning uchun ham u m o‘g‘ullaming kuchli zarbasiga dosh berolmadi. Qoraxoniylar davrida davlat tepasida xon (manbalarda Tomg'ochxon) tuigan va u rasman oliy hukm dor hisoblangan, aslida esa nomigagina shunday bo'lib, ijtimoiy-siyosiy hayotda ulus hokimlarining, manbalarda ular iligxon atalgan, tutgan mavqei kuchli bo'lgan. Ulardan ayrimlari m ustaqil siyosat yuritganlar. F arg 'o n a (m arkazi O 'zgan d) hamda Movarounnahr (markazi Samarqand) iligxonlari shular jumlasidandir. Qoraxoniylar davlat tuzulmasi haqida m a’lumot kam. Lekin vazir, sohib barid, mustavfiy atalmish lavozimlaming mavjud bo'lishiga qaraganda, ular davrida ham Somoniylar davlati idoralari saqlangan ko'rinadi. XI asrdan boshlab O'zbekistonda yerga egalik qilishning yangi shakli — iqto’, toj-u taxt oldida ko'rsatgan xizmatlari uchun shahzoda va xonzodalar, amir va mansabdorlarga in’om tariqasida beriladigan yer- suv, taraqqiy eta boshladi. Qoraxitoylar bosib olingan yerlardan o'lpon yig'ib olish (har bir xonadondan bir dinor miqdorida) bilan kifoyalandilar. Mehnatkash xalqning ahvoli og'ir edi. U ikki tomonlam a, mahalliy yirik yer egalari va xorijlik bosqinchilar zulmi ostida qoldi, muntazam ravishda xiroj hamda boshqa soliq va jarim alar to'lab turishga, davlat, xon va yirik yer egalarining shaxsiy qurilishlarida tekinga ishlab berish g a majbur edilar. Bu davrda chet el bosqinchilariga qarshi xalq qo'zg'olonlari ham bo'ldi. Masalan, 1206-yili Buxoroda va 1212-yili Samarqandda b o 'lib o'tgan kosiblar qo'zg'olonlari shular jumlasidandir. X -X Il asrlarda O'zbekistonda ilm-fan, adabiyot birmuncha rivoj topti. 144 Buxoro, Samarqand, Toshkent, Termiz, Marv, Gurganj kabi shaharlar kengaydi, rivojlandi. Bu davrda Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu АГ ibn Si'no (980-1037), Abu Bakr M uhamm ad ibn Ja ’far Narshaxiy (X asr) M a h m u d Koshg'ariy (taxminan 1 0 2 9 -1038-yillar orasida tug'ilgan) kabi’ zabardast olimlar, Unsuriy, A m ’oq Buxoriy, So'zaniy Samarqandiy, N izo m iy A ruziy Samarqandiy, Yusuf Xos Xojib Bolasog'uniy kabi ajoyib shoirlar va adiblar yetishib chiqdilar. Mamlakatimizda ko'plab masjid, m adrasa, karvonsaroylar, baland m inoralar va boshqa mahobatli bino va in sh o o tla r b a rp o etildi. Hazora tumanidagi (Buxoro) Deggaron masjidi, o 'sh a atrofdagi Raboti malik karvonsaroyi (XI asr), Buxorodagi masjidi kalon (1127-yili qurilib bitkazilgan), Vobkentdagi minora (1198-1199- yillari qurilgan), Shohi zinda va Afrosiyobdagi (Samarqand) ayrim binolar, X orazm dagi Bo'ron qal’a, Noib qal’a va Faxriddin Roziy maqbarasi (XII a sr), sh u n in g d e k , hozirgi Qirg'iziston va Turkmaniston o'rnida qurilgan bino va inshootlar shular jumdasidandir. Download 6.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling