A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a


 .3 .  Fors tilining manbalarda tutgan o ‘rni


Download 6.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/245
Sana12.10.2023
Hajmi6.54 Mb.
#1699568
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   245
Bog'liq
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov

5 .3 . 
Fors tilining manbalarda tutgan o ‘rni 
Arab xalifaligining siyosiy, iqtisodiy va harbiy qudratining zaiflashuvi
43


va mahalliy hokimlaming kuchayishi natijasida asta-sekin markaziy hukumat 
nomigagina Bag'dodda bo'lib, uning o'lkalardagi noiblari deyarli mustaqil 
davlatlar sifatida faoliyat ko‘rsata boshladilar. Bu esa madaniyat, ilm-fan 
sohasiga katta ta’sir o ‘tkazdi.
Nomigagina xalifalikka qaram mamlakatlarda awal oddiy xalq orasida. 
asta-sekin olimlar va davlat ayonlari va rahbarlari orasida arab tili bilan 
birgalikda fors va turkiy tillardan foydalanilishi natijasida arab tili din va 
diniy bilimlar tiliga aylandi. She’riyat va tarixda forsiy va turkiy tillar 
m a’lum mavqega ega bo'lib, ularda ilmiy, badiiy va tarixiy asariar yaratildi, 
davlat hujjatlari yuritila boshlandi. Bora-bora forsiy til davlat tili darajasiga 
ko'tarilib, bu tilda juda katta hududda badiiy va tarixiy asariar yaratildi.
Masalan, Bayhaqiyning «Tarixi Mas’udiy*, Nizomiddin Shomiy va 
Sharafuddin Ali Yazdiyning “Z afarnom a” asarlari, Mirzo Ulug'bek 
rahnamoligi va ishtirokida bitilgan “Tarixi ulusi arba’” (“To'rt ulus tarixi”), 
Muhammad Mirxondning “ Ravzat us-safo” (“Jannat bog'i”), G'iyosiddin 
Xondamiming “Xulosat ul-axbor” va “ Habib us-siar” , Mirzo Haydaming 
“Tarixi Rashidiy” va boshqalar forsiy tilda bitildi. Movarounnahrda forsiy 
va turkiy tildan doimo yonma-yon foydalanilar edi.
Bizning tariximizga oid salmoqli tarixiy manbalar aw al arab tilida 
y aratilgan b o 'lsa , ayniqsa davlat rah b arlari yoki h o k im lar arab 
bo'lganlarida, keyincha forsiy tilda bitildikim, bu til ilmiy doiralar, madrasa 
va maktablarda umumiy taraqqiyot darajasini belgilovchi zarurat sifatida 
o'rgatilar va XIX asr oxirigacha ziyoli oilalarda arab tili din va “Q uro’ni 
karim ” tili sifatida, she’riyat va boshqa sohalar uchun forsiy va turkiy 
tillari istifoda etilar edi.

Download 6.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling