A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a
.2 . Arab tilidagi manbalarning xususiyatlari
Download 6.54 Mb. Pdf ko'rish
|
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov
5 .2 . Arab tilidagi manbalarning xususiyatlari
Arab tilida yaratilgan tarixiy asariar yoki yozma yodgorliklar quyidagi umumiy xususiyatlaiga ega. Ular garchi arab tilida yozilgan bo'lsa-da, barchasida umumiy tarixni qamrab olishga, ya’ni tarixni jahon tarixi sifatida idrok etishga, talqin qilishga intilish alohida sezilib turadi. Bu manbalar uchun ilk tarixiy asar va namuna sifatida “Q ur’oni karim” olinadi. Kitoblar ichida tarixchilar o'zlarining “Q ur’oni karim ” , hadislar va “ Payg'ambarlar qissalari” , diniy rivoyatlami yaxshi bilishini namoish etishga va ulaidagi mashhur va m a’lum voqea, hodisa, rivoyat, aqidalardan unumli foydalanishga intilganlar. Arab tilidagi yozma manbalarning eng qadimgilari, asosan mumtoz yozuv turlaridan kufiyda ''Q ur’oni karim” va tafsir, hadislar nasx, suls yozuvlarida bitilgan. XV asrdan so'ng iste’molga nasta’liq yozuvi kirgan. Alohida farmon va hujjatlar ta ’liq yozuvida bitilgan. Tarixiy asariar mazmuni va tarkibiga kelganda shuni aytish kerakki, ularda matn an ’anaviy Alloh hamdi - tahm id, payg'ambarimiz na’tlari, to'rt sahoba yoki sahobai roshidin ta ’rifi kelib, undan so'ng asar kimga bag'ishlangan bo'lsa, odatda ular yuksak lavozimdagi shaxslar yoki hokimlar bo'lgan, o'sha homiylarga bag'ishlov-maqtov yoziladi va ana shundan keyin kamtarin muallif o'zi haqida, qanday asar yo zm oqchi ckanligi, uning nomi va asaming ixcham mazmuni yoki zamonaviy til bilan aytilsa, annotatsiyasi bayon etiladi. 42 Asaming oxiridagi xotima - kolofonda esa, m uallif asarini tugatib • ni uchun Allohga shukronalar keltirib, m azkur qo'lyozm a asar va uning ushbu nusxasi, ko'chirilish joyi va tarixi, xattoti haqida m a’lumot keltiriladi. Tarixiy asarlarda keltiriladigan “Q ur’oni karim ” oyatlari va “ Hadisi sharif” namunalari, odatda asosiy m atndan ajratib, boshqa siyoh bilan va ko'pincha boshqa yozuv, xat turi, masalan kufiy, nasx yoxud suis yozuvida boshqacha siyoh bilan bitilib, alohida ziynatlanadi. Tarixiy asarlar qo'lyozmalari o ‘z davri an ’analariga mos ravishda charm muqova - jildlarga olingan, kitob boshlanishi shams, unvon, sarlavha, zarvaraq naqshlari bilan, matn o'rtalarida lavha naqshlarva mo'jaz rasmlar bilan bezatilgan. Nam una sifatida Beruniyning “Osor ul-boqiya” asarining m o'tabar qo'lyozmasini ko'rsatish mumkin. Umuman, arab tilida yurtimiz tarixiga oid m anbalar bilan tanishib ulaming ham son jihatidan ko'pligi, ham ilmiy saviyasi juda yuqori ekanligi guvohi bo'lam iz. G archi, qomusiy olim im iz Beruniy arablarda tarix yaratish an’anasi juda qadimiy va boy emasligini haqli ravishda qayd etgan bo‘lsa-da, arab xalifaligi shakllanganidan so'ng, yunon, eron, yahudiy va nasroniy tarix a n ’analaridan ijobiy va ijodiy foydalangan arab va, asosan arab tilida ijod etuvchi muarrixlar ham arab xalqlari, ham arab xalifaligi hududiga kirgan yoki unga qo'shni bo'lgan xalqlar tarixini yozishga juda katta hissa qo'shdilar. Shuning bilan biiga, yurtimizdan yetishib chiqqan tarixchilarim iz ham arab tilida, ayniqsa Beruniy, Sam’oniy, Shahobiddin Nisoviy kabi tarixchilar ajoyib asarlar yaratib arab tilidagi tarix ilmi taraqqiyotiga munosib ulush qo'shdilar. Ya’ni, arab tilidagi manbalami o'rganish hali o 'z dolzarbligini yo'qotgani yo'q. Ular xalqimiz boy merosining ajralmas qismi bo'lib, o'tmishdagi yuksak taraqqiyotimiz guvohidir. Ushbu darslikda arab tilida bitilgan yurtimiz tarixiga oid eng muhim yozma manbalar to'g'risida ixcham va qisqa m a’lumot berishga intildik. Chunki tarixim izning bu qatlam i, y a’ni arab tilida V II-X IV asrlar davomida yaratilgan yozma manbalar hali mukammal o'rganilgan deyish qiyin. Bu kelgusi manbashunoslar oldidagi sharafli vazifa. Albatta, biz keltiigan yoki zikr etgan asarlar nomlari bilan arab tilidagi manbalar ro'yxati ch eg aranlanm ay d i, yoxud tug am ayd i, am m o bakalavriat talabalarida um umiy tasa w u r hosil qilish uchun kifoya qiladi, deb hisoblaymiz. Download 6.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling