A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a
.4 . Fors tilidagi manbalarning xususiyatlari
Download 6.54 Mb. Pdf ko'rish
|
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov
5 .4 . Fors tilidagi manbalarning xususiyatlari
Fors tilida bitilgan tarixiy asariar an’anaga binoan arab tilida nomlanar, ularda ham islomiy manbalar va islomiy tarixiy asariar xususiyatlari yaqqol ko'zga tashlanar edi. Hatto, yozuv yoki xat turi arab alifbosida bo'lib, keyincha forsiy va turkiy til xususiyatlarini hisobga olgan holda yigirma sakkiz arab harfiga to'rt harf qo'shildi va natijada arab yozuviga asoslangan fors va turkiy til yozuvi vujudga keldi. XIV asrgacha, asosan arab yozuvning mumtoz turlaridan kufly, nasx va sulsdan foydalanilgan bo'lsa, XV asrdan boshlab yangi yozuv nasta’liq Temuriylar davrida Mir Ali Tabriziy nomli xattot tomonidan ixtiro etilib, iste’molga kiritildi. Bu yozuv badiiy va tarixiy asarlarda yetakchi o'rin egalladi. Ammo, tarixiy asar matni ichida kelgan “Q ur’oni karim” oyatlari, 44 “Hadisi sharif’lar an’anaga binoan arab tilida, kufiy, nasx va suls yozuvlarida b a rc h a harakatlari ko'reatilgan holda ajratilib bitilar va so'ngra ularga forsiy yoki turkiy tilda izoh, tafsir keltirilar edi. Fore tilining tarixiy m anbalar tiliga aylanish davri va taraqqiy etishi k ito b a t sa n ’atining M ovarounnahr va X urosonda yuksak darajada rivojlanish zamoniga to ‘g‘ri keldi. Aksariyat fore tilidagi tarixiy asarlar oliy sifatli qog'ozga bitilar, kitob turli ajoyib naqshlarva m o‘jaz rasmlar bilan ziynatlanib, saroy kutubxonalari va a’yonlar uchun yaratilgan mo‘tabar qo‘lyozmalar oltin va kumush suvlari, turli bo‘yoqlar bilan bezatilib, kitobat san’atining shoh asarlari darajasida yaratilib, yuksak san’at namunalariga aylantirilar edi. An’anaviy tarixiy asarlar, ya’ni ulkan umumiy tarixga oid barcha xalqlar tarixini o ‘z ichiga qamrab oluvchi mahobatli kitoblar o 'm ini asta-sekin alohida davr va biron bir sulolalar tarixiga bag'ishlangan asarlar paydo bo'lib, ulaming o ‘mini egallay boshladi. Fore tilida bitilgan eng qadimgi m anbalardan biri Narehaxiyning “ Buxoro tarixi” asari bo‘lsa, Temuriylar davrida Nizomiddin Shomiy, Sharafuddin Ali Yazdiy, Hofizi A bru, A bdurazzoq Sam arqandiy, Muhammad M irxond, G'iyosiddin Xondam ir kabi yirik muarrixlar bu tilda asarlar yaratdilar. So'nggi fore tilida yaratilgan tarixiy manbalardan biri sifatida Ahmad Donishning tarixiy asariarini namuna sifatida ko'reatish mumkin. Forsiy tilda bitilgan tarixiy manbalarga xos xususiyatlardan biri - matn orasida, voqealar bayoni davomida she’riy lavhalaming keltirilishidir. Bu she’riy lavh alar tarixchining o ‘z asari boMishi m um kin va u boshqalaming she’riy asarlaridan ham bemalol foydalanishi mumkin. Bu badiiy-she’riy lavhalarda konkret tarixiy shaxslar nomlari obraz, timsol sifatida juda ko‘p ishlatilishidir. Fore tilida bitilgan ayrim tarixiy asarlarda o'xshatish, mubolag'alar ko‘p ishlatilib, bayon uslubi o ‘ta jim jim ador boMishi mumkin. Mana shunday asarlar to ‘g‘risida Amir Tem ur tarixchi Nizomiddin Shomiyga shunday degan: “Shu uslubda yozilgan, tashbih va mubolag'alar bilan oro berilgan kitoblarda ko'zlangan maqsadlar o'rtada yo‘qolib ketadi, agar so‘z qoida-qonunidan nasibador boMganlardan birontasi m a’nini fahmlab qolsa qolar, amm o qolgan o'ntasi, balki yuztasi uning mazmunini uishdan, maqsadga yetishdan ojiz. Shu sababli, uning foydasi barchaga barobar bo'lm aydi.” 1 0 ‘^ к ^ ! о п ' П1 9 % 123 j ^ a farn ° m a ^ OFS , ‘*‘d a n ° ‘*in ,v ch i Yu. H akim jonov - T oshkent: 45 Yurtimiz hududida fors tilida yaratilgan tarixiy manbalarda ham arabiy, ham turkiy, ayrim hollarda m o'g'ul tili elementlari, so'zlar, iboralar, atamalar va hujjatlar uchrashi va mavjud bo'lishi biz uchun bir tabiiy holdir. Chunki, o ‘tmishda xalqimiz ziyolilari va namoyandalari uchun bir necha tilni bilish va ulami ishlatish odatiy hoi edi. Ushbu darslikda barcha fors tilidagi tarixiy manbalarni to ‘la qamrab olishni maqsad qilib qo'ymay, ulaming ichidan eng muhimlarini namuna sifatida tanlab olib, ular to'g'risida ixcham, qisqa m a’lumotlar keltirdik, xolos. Chunki, bu bilimlami talabalar o'zlari mustaqil kengaytiradilar degan umiddamiz. Bizning maqsadimiz, keltirilgan ushbu m a’lumotlar asosida talabada fors tilidagi tarixiy manbalar xususida umumiy tasawumi shakllantirish va uni mustaqil (Ikrlashga o'rgatishdir. Download 6.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling