A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   152
3-topshiriq. Mavzu yuzasidan 15 slayddan kam bo‘lmagan 
prezentatsiya yoki ijodiy yondashgan holda videorolik yarating.
Adabiyotlar: 
1. Саидова А.Д. Терминология системасининг дефиниция 
талқини (инглиз тили мисолида). Фалсафа доктори диссертацияси 
(PhD) автореферати. – Самарқанд, -2019.24 б.
2. Мадвалиев А. Ўзбек химия терминологиясида дублетлик ва 
уни минимумга келтириш масаласи / Ўзбек терминологиясида 
лексик вариантлар.- Тошкент: «Фан», 1986. - Б. 80-102. 
3. Турсунов У., Мухторов Ж., Рахматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек 
адабий тили. - Тошкент:1992. - Б. 109. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
165 
4. Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – 
Тошкент: «ЎзМЭ» давлат нашриёти, 2002. - Б. 37. 
5. Исмоилов Ғ.М. Ўзбек тили терминологик тизимларида 
семантик усулда термин ҳосил бўлиши. НДА. –Тошкент, 2011. 19-
20-бетлар. 
6. Жалилова 
Н. 
Бадиий 
матндаги 
қон-қариндошлик 
терминларининг типологик ва структурал-грамматик тавсифи. – 
Самарқанд, 2019.


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
166 
VI. O‘ZBEK TERMINOLOGIYASINING YASALISHI 
MASALALARI 
4.1. Terminlarning yasalish usullari 
Reja: 
1. Terminlarning yasalish usullari. 
2. Morfologik (affiksal) usul. 
3. Sintaktik (kompozitsion) usul. 
4. Semantik usul. 
Tayanch tushunchalar: struktur tuzilish, sodda, qo‘shma, 
murakkab terminlar, yasama, morfologik usul, sintaktik usul, semantik 
usul.
 
Tilshunoslikka oid adabiyotlarda terminologik so‘z yasalishining 
umumiy xususiyatlariga quyidagilar kirishi e’tirof etiladi: 
1. Terminlar tor professional soha bilan bog‘liq tushunchalarning 
nomlari sifatida yasaladi. Ular kishilarning muayyan guruhining ishlab 
chiqarish jarayonlarida muloqot vositasi bo‘lib xizmat qilishga 
mo‘ljallangan. Terminlarni faoliyatning konkret sohalari vakillari amaliy 
zaruriyat munosabati bilan yaratadilar. Professional muhitga yuzaga 
kelgan terminlar keyinchalik faqat maxsus adabiyot va professional 
muloqotda qat’iy terminologik funksiyada qo‘llanadi. 
2. Terminologik so‘z yasalishi stixiyali tarzda emas, balki ongli 
tarzda kechadigan jarayondir. Shuning uchun ko‘pincha, terminlarning 
paydo bo‘lish sanalari ma’lum. Terminlarning yaratilishiga ongli 
yondashish ma’nosiga ko‘ra xoslangan so‘z yasovchi morfemalarni 
sohaviy 
terminologiyalarga 
sun’iy 
ravishda 
olib 
kirishga, 
tushunchalarning ma’lum tasnifiy tizimini shu tushunchalarning lisoniy 
ifoda vositalari muayyan tizimi bilan bog‘lashga imkon beradi. 
3. Ongli ravishda sodir bo‘ladigan termin ijodkorligi uni nazorat 
qilinadigan, muvofiqlashtirilib turadigan jarayonga aylantiradi va uning 
terminologik standartlar doirasida amal qilinishi uchun kafolat bo‘ladi. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
167 
4. Termin yaratish hodisasi maishiy xarakterdagi so‘z yasash 
jarayoniga qaraganda birmuncha murakkab. Agar keyingi jarayon uchun 
so‘z yasalishining mavjud usullaridan biri yetarli deya hisoblash 
mumkin bo‘lsa, termindan yasash jarayoni uchun yana terminologik 
nominasiya ma’nosini so‘z bilan ifodalash, ya’ni tushunchani ta’riflash 
lozim bo‘ladi. 
5. Terminologik nominatsiyalar uchun ularning ichki shakli shaffof 
bo‘lishi juda muhim. So‘z yasovchi vositalar asosan so‘z qo‘shishning 
standart qismlari hamda affikslar-terminning ommabop ichki shaklini 
yaratishda katta rol o‘ynaydi. Chunki ichki shakl termin sohaviy 
muhitga to‘g‘ri qaror toptirish vositasidir. Shuningdek, terminning ichki 
shakli tilning so‘z yasovchi morfemalari vositasida mazkur ilmiy-
texnikaviy tushunchaning ma’lum tasnifiy qatorning boshqa uyalariga 
munosabatini aks ettiradi. Shuning uchun terminologiyada so‘z yasovchi 
morfemalarning funksiyasi umumadabiy tildagi funksiyadan biroz 
kengroq bo‘ladi. Muayyan ma’nolarni ma’lum terminologiyada 
ifodalashga xoslangan so‘z yasovchi morfemalar terminologiyada 
tasniflovchi funksiyani ham bajaradi
1

Hozirgi paytda fan va texnikaning shiddatli rivojlanayotgani bilan 
bog‘liq holda elektron, yarim o‘tkazgich, kvant-mexanik uskunalarning 
yangi turlari soni ortib bormoqda. Ularning nomlari nafaqat 
mutaxassislar orasida keng ko‘lamlarda tarqalmoqda, balki tilning 
umumxalq qatlamlariga ham asta-sekin kirib bormoqda. Bunday o‘ta 
murakkab muammoni tilshunoslik nuqtai nazaridan hal qilish uchun agar 
bizni fanning ertangi kuni, uning terminologiyasi, shu terminologiyaning 
avtomatlashtirish vositalari keng qo‘llanayotgan sharoitlarda haqiqatan 
ham qiziqtirsa, sun’iy tilning formallashgan turlarini yaratishning barcha 
imkoniyatlarini sinab ko‘rish kerak. Shu nuqtai nazardan terminlar va 
1
Саидова А.Д. Терминология системасининг дефиниция талқини (инглиз тили мисолида). Фалсафа доктори 
диссертацияси (PhD) автореферати. – Самарқанд, 2019. - Б.16. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
168 
nomenklatur nomlarni standartlash bo‘yicha olib borilayotgan barcha 
ishlar, ayniqsa, terminlarning yasalishi doimo e’tiborda bo‘lishi kerak.
Terminologik so‘z yasash jarayoni tushunchalar tasnifiga bog‘liq 
bo‘lib, yangi paydo bo‘lgan termin (shu qator tushunchasining nomi 
sifatida) tushunchalar qatoridan o‘rin egallaydi. Chunki bir tasnifiy qator 
terminlari, imkon boricha, bir so‘z yasovchi qolip asosida yasalishi 
kerak (u so‘z – termin, termin – so‘z birikma bo‘lsin). Shu bilan birga, 
termin nafaqat tushunchaning nomlanishi (uning nomi bo‘lib xizmat 
qilinishi), balki ma’lum darajada tushunchaning mazmunini ham aks 
ettirishini e’tibordan soqit qilmaslik kerak. 
Tilshunoslikda, xususan, terminologik tadqiqotlarda terminlarning 
hosil bo‘lishi, asosan, uch xil usul orqali amalga oshiriladi: 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling