A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   152
1. Morfologik (affiksal) usul. 
2. Sintaktik (kompozitsion) usul. 
3. Semantik usul. 
Morfologik (affiksal) usul – tildagi biror mavjud terminga bir va
ba’zan bir necha yasovchi affikslarning qo‘shilishi bilan yangi termin 
yasaydi. Har bir soha terminlarining o‘z yasovchi qo‘shimchalari 
mavjud. Jumladan, yog‘ochsozlik sohasida
1
faol qo‘llanadigan affikslar: 
sozyog‘ochsoz, eshiksoz; - i (sh): ulash, uzaytirish; - likduradgorlik, 
panjarasozlik; - k (q): kurak, qipiq; - chsandiqchi, savatchi; yuridik
2
: - 
lik: qarzdorlik, dezertirlik; - i (sh): tahqirlash, ayblash, qiynash; - chi
qoralovchi, talovchi; - dor: mulkdor, sarmoyador; - xo‘r: qasamxo‘r, 
merosxo‘r; - boz: arizaboz, guruhboz; gich (-qich, - qich, - kich): 
chang ajratgich, yem buqlatgich;, - lash: burg‘ilash, payvandlash 
kabilar. 
Sintaktik (kompozitsion) usul – birikmaning bir komponenti 
ma’nosi ko‘chgan so‘zdan, qolgani esa shu soha terminidan iborat 
1
Аҳатова М.С. Ўзбек тилининг ёғочсозлик терминологияси. Филол.фан.номз…автореф. – Тошкент, 2004. – 
Б.8. 
2
Ғуломова Г.Ё. Ўзбек юридик терминологиясининг истиқлол даври тараққиёти. Филол.фан.номз… автореф. 
– Тошкент, 2005. – Б.14. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
169 
lug‘aviy birlikning hosil bo‘lishi tushuniladi. Yog‘ochsozlik sohasida: 
pilta vassa, kindik qoziq, tirnoq chiqarish. 
O‘zbek tili terminologiyasida yakka so‘zli terminlarga nisbatan 
sintaktik usul bilan yasalgan terminlar ancha salmoqli o‘rinni egallaydi. 
Buning sababi shundaki, sintaktik usul bilan yasalgan terminlar barcha 
tillarda bo‘lganidek, o‘zbek tilida ham muhim nominativ manba 
sanaladi.
Ma’lumki, har bir til o‘ziga xos grammatik qonuniyatlar asosida 
ish ko‘radi. Terminlar tuzilish materiali, ya’ni qanday so‘zlardan tashkil 
topganiga qarab bir necha xil bo‘lishi mumkin: 
Ot+ot tipidagi terminlar: samolyot borti, bug‘ mashina, shamol 
tegirmon, moy juvoz, temir qopqoq, arava gupchagi, radioning qulog‘i, 
samolyotning parragi kabilar. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling