A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   152
jismoniy 
tarbiya 
va 
sport 
sohasida. 
Qaldirg‘och fizkultura va sport sohasida ham maxsus termin sifatida 
qo‘llanadi: «Bir oyoqni orqaga uzatib, gavdani gorizontal holatda egib, 
qo‘llarni yon tomonlarga uzatib qilinadigan mashq» (RO‘FS).
II. Zooterminlar kasb-hunar sohasida. «O‘yib, tikib, to‘qib yoki 
bo‘yoq bilan ishlangan gul, bezak» (O‘TIL-08), ya’ni naqshlarning 50 
dan ortiq turi hayvonot olamiga oid terminlardan kelib chiqqan. 
Masalan: qirqoyoq, mingoyoq, qoraqurt, qoraquloq, qo‘chqor(ak), 
qo‘ng‘iz, tovus, chumchuq(cha) va boshqalar. 
III. Zooterminlar boshqa sohalar terminologiyasida. «Zootermin 
+ zootermin» qolipli qo‘shma terminlar geografiya hamda astonomiya 
terminologik tizimlarining boyishida ham muhim ahamiyatga ega. 
Masalan, geografiyada yo‘lbarsquyruq, astronomiyada echkishox
musiqashunoslikda xona terminlari ana shunday zooterminlardandir
4

Yog‘ochsozlik sohasida: tilcha (sinchning ikki uchidan maxsus 
kesib kichraytirilgan qoziqsimon qism), qovurg‘a (sinchli devorning 
yog‘och qismi).  
1
Суперанская А.В., Подольская Н.В., Васильева Н.В. Общая терминология. Вопросы теории. М.: 
Наука, 1989. - С. 203. 
2
Исмоилов Ғ.М.
Ўзбек тили терминологик тизимларида семантик усулда термин ҳосил бўлиши. НДА. –
Тошкент, 2011. –Б.7-8. 
3
Труфанова Н.О. Проблема номинации лиц в финансово-экономической терминологии: Автореф. … 
канд. филол. наук: - Москва, 2006. - С. 18.
4
Исмоилов Ғ.М.
Ўзбек тили терминологик тизимларида семантик усулда термин ҳосил бўлиши. НДА. –
Тошкент, 2011. –Б.10-11. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
171 
Tilshunos olima M.Xudayarova Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek
shevalarida semantik usul bilan yasalgan taom nomlarini quyidagi ikki 
usulda o‘rganadi: sof semantik va semantik-sintaktik
1

1. Sof semantik usul. Bu usul bilan yasalgan taom nomlarida so‘z 
shakli o‘zgarmay, faqat ma’no ko‘chadi va ayni shunday ma’noni 
anglataveradi. Masalan, qayish so‘zining asl ma’nosi «belga 
taqiladigan, tasma shaklidagi belbog‘» ma’nosini anglatadi. Taom 
nomlarida ham qayish nomi uchraydi. Bu taom xamiri yupqa yoyilib, 
tasmalardek kesiladi va qaynagan suvga solib tayyorlanadigan ovqat.
Pechak so‘zining asl ma’nosi – chirmashib o‘sadigan gul
2

Qoraqalpog‘iston o‘zbek shevalarida shunday shaklli qandolat 
mahsulotining bir turini pәchәk nomi bilan atashadi.
 2. Semantik-sintaktik usul. Taom nomlarini hosil qilishda shu 
sohaga tegishli bo‘lmagan biror leksik birlikning (o‘xshatilgan, nisbat 
berilgan va h.k.) nomidan keyin, taom nomlari qo‘shilib kelib, yangi 
nom yasalgan: masalan, o‘rganilayotgan hududning To‘rtko‘l 
tumanida chang‘alaq bәrәk taom nomi qo‘llanadi. Bu taom paxta 
chanog‘iga o‘xshatilib tugilgani uchun shunday nomlangan. 
Qoraqalpog‘iston o‘zbek shevalarida paxta chanog‘ini chang‘alaq 
deb atashadi. Qo‘tir so‘zi asli tibbiyotda qo‘llanilib, «badanda 
pufakchalar hosil qilib, qattiq qichishtiradigan yuqumli teri kasalligi» 
ma’nosini bildiradi. Bu so‘z zargarlik terminologiyasida ham 
ishlatilib, «rejjaga eritib quyilgan metallning yuzida paydo bo‘lgan 
g‘adir-budurlar»
3
ni anglatadi. Bu taom nomlari guruhida go‘sht 
qiymasi va tuxum aralashmasidan tayyorlanadigan barakning bir 
turini bildiradi (qotыr bәrәk).
1
Худаярова М.Т. Ўзбек тилидаги таом номларининг лингвистик таҳлили. (Қорақалпоғистон ҳудуди 
материаллари асосида). НДА. – Тошкент, 2008. - Б.14; Абдиев М. Касб-ҳунар атамаларининг таркиб 
топишида сўз ясашнинг семантик усули // Тил ва адабиёт таълими. – Тошкент, 2002. – №5. – Б. 41-43.
2
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. «Ўзбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, учинчи 
жилд. Н-Т. 2007. – Б. 249.
3
Пардаева И. Ўзбек тилининг заргарлик терминологияси: Филол. фанлари номзоди … дис. автореф.
– Тошкент, 1994. – Б. 15. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
172 
Mazkur so‘zlar til taraqqiyoti yoki undagi evolyutsion taraqqiyot 
natijasida avvalgi ma’nosidan boshqa ma’nolarni anglatuvchi, taom 
nomlari sifatida yangicha ahamiyat kasb etgan va o‘sha narsalarning 
nomlarini bildiruvchi alohida so‘zga aylangan. Ma’nodagi yaxlitlik 
shakliy yaxlitlikka olib kelgan, so‘z ma’nosida semantik ajralish voqe 
bo‘lgan.

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling