A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   152
A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
91 
etilgan so‘zlardan bunday so‘zlar yasalmasligi mumkin: Ro‘znoma, 
xaftanoma, oynoma, jarida, majalla kabi. 
7. U yoki bu o‘zlashma so‘zni boshqasi bilan almashtirish yoki 
almashtirmaslikda uning qarindosh yoki qarindosh bo‘lmagan tillarda 
qo‘llanishi hisobga olinishi kerak. Agar o‘zbek tilidagi biror so‘z 
dunyodagi juda ko‘p tillarda ham iste’molda bo‘lsa, uni boshqa so‘z 
bilan almashtirish befoyda. Masalan, respublika
Globalllashuv 
va 
kompyuterlashtirish 
asrida 
O‘zbekiston 
Respublikasining jahon hamjamiyati safidan o‘rin olishi davlatlararo 
iqtisodiy, siyosiy, madaniy va h.k. aloqalarning qizg‘in, jadal oshishiga 
olib keldi. Bunday munosabatlarning ijobiy natijalari nafaqat ijtimoiy-
siyosiy, madaniy-iqtisodiy hayotda, shuningdek, tilda ham o‘z ifodasini 
topmoqda. So‘nggi yillarda o‘zbek terminologiyasi tayyor xorijiy leksik 
birliklar hamda ular anglatuvchi preferensiya, investitsiya, litsenziya
diler, megapolis, ekologiya, ekspert, demping, inflyatsiya, kliring, 
supermarket, mini market, giper market, chat, paynet, elektorat, 
narkobiznes, milliy aviakompaniya va h.k. mutlaqo yangi tushunchalar 
hisobiga boyib bordi. O‘zbekiston Respublikasi olimlarining dunyoning 
rivojlangan mamlakatlari yetakchi olimlari bilan o‘rnatgan ilmiy-texnik 
munosabatlarining jadallashuvi, hamkorlikda dolzarb ilmiy masalalar 
ustida izlanishlar olib borishning yo‘lga qo‘yilishi, yosh iste’dod 
egalarining nufuzli chet el universitetlari va institutlarida o‘qishi yoxud 
malaka oshirishi mos terminlarning yaqinlashuviga ko‘mak berdi. 
Hozirgi o‘zbek terminologiyasi uchun G‘arb tillaridan, ayniqsa, ingliz 
tilidan ko‘plab terminlari quyilib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda, 
o‘zbek tili terminlarining boshqa tillar tomonidan o‘zlashtirilayotgani 
ajablanarli hol emas. Zero, so‘z o‘zlashtirish hodisasining ikki 
tomonlama sodir bo‘lishi tilshunoslikda allaqachon tasdig‘ini topgan. 
Ta’kidlash joizki, 1999-yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi 
birinchi Prezidenti tashabbusiga muvofiq o‘zbek kurashi bo‘yicha jahon 
birinchiligi o‘tkazildi. Keyinchalik bu sport turining ommalashuvi va 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
92 
dunyo arenasiga chiqishi natijasida kurash, yonbosh, chala, halol, 
g‘irrom kabi terminlar xalqaro sport terminologiyasining mulkiga 
aylandi
1
.
Sharq taronalari (восточная мелодия), o‘zbek modeli (узбекская 
модель) singari terminlar jahonga mashhur bo‘ldi. Mahalla institutining 
qayta tiklanishi fuqarolar yig‘ini, fuqarolar yig‘ini raisi, oqsaqol va h.k. 
terminlarning o‘zga tillar so‘z boyligidan mustahkam o‘rin olishiga yoki 
tarjima qilinishiga bois bo‘ldi. Qayd etish lozimki, o‘zbek 
terminologiyasi tizimida xorijiy tillarga taalluqli tushunchalarni o‘z 
ichki imkoniyatlar asosida ifodalash tamoyili yetakchilik qilmoqda. 
Bunday jarayon paytida chetdan kelayotgan o‘zlashmalarning bir qismi 
o‘zbekcha mutanosiblari bilan almashtiriladi yoki tarjima qilinadi. 
Ushbu usul yangi tushunchalarni atashda o‘ta qulayligi va mahsuldorligi 
bilan ajralib turadi. Masalan, aksiyadorlik jamiyati (aкционерное 
общество), 
erkinlashtirish 
(либерализация), 
tijorat 
banki 
(коммерческий банк), muzyorar (ледокол), kichik biznes (малый 
бизнес), 
soliq 
stavkasi 
(налоговая 
ставка), 
tadbirkor 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling