A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
biznes, xususiy tadbirkorlik, qimmatli qog‘ozlar bozori, tadbirkorlar
palatasi, konsalting, injiniring, lizing firma, biznes-inkubator singari qator yangi terminlar bilan tag‘in ham kengaydi. Ma’lumki, O‘zbekiston kamdan-kam uchraydigan ulkan yoqilg‘i-energetik manbalariga egaligi bilan dong chiqargan. Neft, gaz va kondensatning g‘oyat katta zahiralari nafaqat ichki ehtiyojni to‘la qondirish, balki ularni xorijga eksport qilish imkonini yaratdi. Ushbu sohaga taalluqli neft zaxirasi, neft koni, neft A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 96 mahsulotlari, gaz kondensati, metan, propan, butan, polimer materiallar, polietilen, polivinilxlorid, nitrilakril kislota, suyultirilgan gaz, xom neft singari turfa terminlar darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy-ommabop adabiyot hamda mahalliy matbuot sahifalarida faol qo‘llanib kelmoqda. Milliy istiqloldan so‘ng O‘zbekistonda kechgan agrar islohot, so‘zsiz, qishloq xo‘jaligini qayta qurishda yetakchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Sobiq sho‘rolardan qolgan kolxoz va sovxozlar tugatildi. Qabul qilingan Yer kodeksiga muvofiq dehqon va fermer yer mulkdoriga aylandi. Fermer xo‘jaliklari o‘zlariga bildirilgan umid va ishonchni sharaf bilan oqladilar. Respublika agrar sektorida olib borilgan islohotlar mulkdor, mulkdorlar sinfi, fermer xo‘jaligi, ko‘p ukladli iqtisodiyot, tomorqa xo‘jaligi, subsidiya, pay, investisiya singari mutlaqo yangi tushuncha va realiyalarning yuzaga chiqishini ta’minladi. Hozirgi vaqtda fan va texnik sohlarida yuz berayotgan shiddatli rivojlanish respublika aholisi faoliyatining turli qirralariga samarali ta’sir o‘tkazmoqda. Fan va texnika qo‘lga kiritgan eng oxirgi muvaffaqiyat va yutuqlar asosidagi yangi texnika vostilariga egalik qilinmoqda. Ushbu texnika vositalari nomlarini anglatuvchi terminologik leksika o‘zbek tili lug‘at tarkibining kundan-kunga boyib, kengayib borishida munosib ulush bo‘lib qo‘shilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda ta’kidlash lozimki, Mustaqillik davri o‘zbek terminologiyasi o‘z qaror topish yo‘lining boshlanish nuqtasida turibdi. U o‘zbek tilshunosligining muhim sohasi sifatida yillar davomida yig‘ilgan tajribalar zamirida taraqqiy etmoqda va kengaymoqda. Terminologiyaning yuzaga kelish va taraqqiyot bosqichlarini, uning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilida terminlar quyidagi tarzda rivojlanmoqda. 1. O‘zbek tilida terminlarni aniq ifodalovchi qator leksemalar qadim-qadimdan qo‘llab kelinmoqda. O‘zbek adabiy tili boyligining bir qismi o‘laroq, bunday so‘zlar keyinroq, konkret terminologik tizim vujudga kela boshlashi bilan sohalarning maxsus tushunchalarini A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 97 ifodalash uchun jalb qilina boshladi: haq, bitim, pay, garov, dallol, pul, so‘m, sug‘urta, savdo, omonat, g‘amlama va boshqalar. 2. Iqtisodiyot bilan aloqasi bo‘lmagan, boshqa-boshqa sohalarda qo‘llanadigan terminlar ham maxsuslashtirilayapti, ya’ni iqtisodiy terminlar sifatida ishlatilmoqda: taklif, sohibkor, o‘sim, qoldiq, daraja, palata, kadrli, yetakchi, yig‘im, qaydnoma, baho, xo‘jalik. Semantik- sintaktik usulda so‘z yasalishi natijasida boshqa sohalarga tegishli so‘zlar iqtisodiyot terminologiyasini mulkiga aylanmoqda: daromadning Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling