A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
(предприниматель), xususiy sektor (сачтный сектор), infratuzilma
(инфраструктура), ekologik xavfsizlik (экологическая безопастность), siyosiy ekstremizm (политический экстремизм), potensial xavf-xatar (потенциальная угроза), mintaqaviy mojaro (региональный конфликт) va h.k. shular jumlasidandir. Chet tili terminlarini so‘z yasalish usullari (so‘z yasovchi modellar) asosida yangidan yuzaga kelgan yasamalar bilan almashtirish jarayonida o‘zbek tili lug‘at fondida oluvchi (aдресат), jo‘natuvchi (aдресант), tavsiyanoma (xaрактеристика), buyurtma (заявка), narxnoma (прейскурант), ma’lumotnoma (справка), fuqarolik (подданство), daxlsizlik (иммунитет), ishbilarmon (предприниматель), ta’mirchi (реставратор) singari ko‘pgina terminlar. 1 Bektemirov X., Begmatov E. Mustaqillik davri atamalari. –Toshkent, 2002. B. 10. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 93 O‘zbek tili terminologiyasi tizimida muayyan tushunchalarning muqobili bo‘lmaganligi bois ularni bitta so‘z bilan ifodalashning imkoniyati cheklangan. Kirib kelayotgan tushunchani bir qancha so‘zlar yordamida izohlash yoki tavsiflash terminologiya talablariga ziddir. Mana shunday holatlarda ruscha-baynalminal terminlar donor tilida qanday shaklda bo‘lsa o‘zbek tiliga ayni shu shaklda tayyor tarzda qabul qilinadi. Masalan: budjet – бюджет, kredit - кредит, atom - aтом, gidrolokatsiya – гидролокация, deduksiya - дедукция, gerb – герб, auditor – aудитор, repatriatsiya – репатриация, kommunikatsiya – коммуникация, fraksiya – фракция, profisit - профисит, integratsiya - интеграция, diplomatiya - дипломатия, texnologiya – технология va boshqalar. O‘zbek tili terminologiyasining hozirgi holatida o‘z hamda o‘zlashma paralellarning yonma-yon qo‘llanayotganiga shohid bo‘lamiz. Ushbu jarayon avvalgi terminologiya tizimidagi me’yor va yangi leksik birlik o‘rtasidagi qarama-qarshilikdan guvohlik beradi. Tabiiy, bulardan qaysi biri o‘zbek tili terminologiyasi tizimidan munosib o‘rin egallashini lisoniy hayot, nutqiy amaliyot va vaqt ko‘rsatadi. Hozircha ikki variantli terminlar jumlasiga aкция - harakat, aksiya, aрхеолог – qadimshunos, arxeolog, блок - ittifoq, blok (deputatskiy), вето - veto, ta’qiq, oфицер – zobit, ofitser, реанимация – jonlantirish, reanimatsiya, термин - atama, termin, эмбарго – embargo, ta’qiqlash, цивилизация – sivilizatsiya, tamaddun, коллегия – hay’at, kollegiya, денонсация - denonsatsiya, bekor qilish singarilar kiritilmoqda. Ba’zi vaziyatlarda, mabodo biror bir tushuncha ikki, ya’ni o‘z va o‘zlashma termin bilan ifodalansa, shubhasiz, afzallik o‘zbekcha variantga beriladi – tilshunoslik (лингвистика), nazoratchi (инспектор), qalam haqi (гонорар), nizom (устав), giyohvandlik (наркомания), zahira (резерв), tenglik (паритет), hokim (мер), jarroh (xирург) va h.k. O‘zlashma terminlarning ma’lum guruhi o‘zbek tili qonunlariga bo‘ysungan tarzda uning fonetik va grammatik xususiyatlariga moslashadi. Chunonchi, o‘zlashma A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 94 terminlarning o‘zbek tili fonetikasiga moslashuvi quyidagi jihatlari bilan oydinlashadi: 1) fonemalarning qisqarishi: aвианосец – avinos, ракетаносец - raketanos; 2) fonemalardagi tovush almashinuvi: маяк – Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling