A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   152
 
3-topshiriq. Mavzu yuzasidan 15 slayddan kam bo‘lmagan 
prezentatsiya yoki videorolik yarating.
4-topshiriq. N.Maxmudovning “Til siyosati va siyosat tili” 
maqolasini o‘qib, o‘z munosabatingiz asosida “Idrok xaritasi” yarating. 
Adabiyotlar: 
1. Бектемиров Ҳ., Бегматов Э. Мустақиллик даври атамалари. 
– Тошкент, 2002. 
2. Боровков А.К. Узбекский литературный язык в период 1905-
1917 гг. –Ташкент, 1940. 
3. Дониёров Р. Ўзбек тили илмий-техникавий терминлар 
тарихидан. – Тошкент, 1974. 
4. Дониёров Р. Ўзбек тили техник терминологиясининг айрим 
масалалари. – Тошкент, 1977. 
5. Усмонов О., Ҳамидов Ш. Ўзбек тили лексикаси тарихидан. 
– Тошкент: Фан, 1981. 
 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
108 
III. O‘ZBEK TERMINOLOGIYASIDA LINGVISTIK 
MASALALAR 
3.1. Termin va uning o‘ziga xos xususiyatlari 
Reja: 
1. Termin haqida tushuncha. 
2. Terminlarga qo‘yiladigan talablar. 
3. Terminlarga xos belgilar. 
Tayanch tushunchalar: termin, so‘z, nom, obrazli so‘z, metafora, 
terminologiya, terminologik tizim, terminotizim, sintaktik, tuzilishi, 
termin shakli, semantik, mazmuni, termin ma’nosi, pragmatik, 
funksionallik, terminning qo‘llanishi.
Termin (lotincha terminus - chegara, chek so‘zidan) gapdan 
tashqarida olinganda ham aniq bir ma’no ifodalaydigan so‘z yoki 
turg‘un holatdagi so‘z birikmasidir. Uning asl lug‘aviy ma’nosi ham 
shuni anglatadi. Demak, termin hamma so‘zlar singari so‘z bo‘lib, u 
ham ma’lum bir mustaqil tushuncha anglatadi va bir yoki bir necha nutq 
tovushining birikishidan iborat bo‘lgan bir vosita hisoblanadi. 
Bitta soha doirasidagi terminlar terminotizimni tashkil qiladi. 
Terminlar fanning metatili va ilmiy tadqiqotlarning, shuningdek, 
insonning amaliy faoliyati sohalarining o‘ziga xos voqeligini 
anglatuvchi so‘zlar (iboralar) sifatida belgilanishi mumkin. Ko‘pgina 
hollarda, olimlar tomonidan "nomenklatura" atamasi ishlatiladi. Bu ikki 
tushuncha o‘zaro farqlanmasdan qo‘llanadi. Shuning uchun ushbu 
o‘rinda yo‘l-yo‘lakay nomenklaturaga ham munosabat bildirishga to‘g‘ri 
keladi. Nomenklatura (lot. Nomenclatura ro‘yxat) – ilm-fanning turdosh 
(tipik) obyektlarining nomi. Agar termin umumiy tushunchani ifodalasa, 
nomenklatura xususiy tushunchani ifodalaydi
1
. Masalan, ta’lim 
muassasalari turlari, o‘quv-didaktik jihoz va shu kabilar nomlari 
nomenklaturalardir. Bundan kelib chiqadiki, terminlar, masalan, 
1
Суперанская А. В. Терминология и номенклатура / А. В. Суперанская // Проблематика определений 
терминов в словарях разных типов. – Л.: Наука, 1976. – C. 73–78.


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
109 
formulalar, turli xil matematik va ramziy ifodalar, shubhasiz, tegishli 
fanlarning metatiliga kiritilgan, ammo tabiiy tilning butun lug‘at 
tarkibiga kiritilmaydi. Biroq, ayrim belgilar ham termin sifatida 
kiritilishi mumkin, μ-nurlanish. Boshqacha qilib aytganda, metatil va 
terminologiya sinonim bo‘la olmaydi. Ko‘pgina terminlar tegishli 
terminotizimlar orqali tilning lug‘at tarkibiga kiritilgan
1
.  
Odatda, termin tushunchasi terminotizimda amalga oshiriladigan 
xususiyatlari orqali aniqlanadi. Oddiy so‘z birikmalaridan farqli o‘laroq, 
terminlardan foydalanish sezgi emas, balki mavjud ta’riflar, qoidalarga 
asoslanadi. Termin, qoidaga binoan bitta ma’noga ega bo‘lishi kerak; 
terminotizimda terminlarning omonimi bo‘lmasligi ma’qul. Biror termin 
uch ma’noda uch sohaning termini bo‘lib xizmat qilar ekan, uch xil 
ma’no yukini tashishga xizmat qiladi. Jumladan, operatsiya so‘zini olib 
ko‘raylik: 1. Tibbiyot sohasida: yorish, kesish, kesib olib tashlash
yangisini qo‘yish va shu yo‘llar bilan kasallikni tuzatish, davolash 
ma’nosidagi termin. 2. Harbiy sohada: biror vazifa va maqsadni amalga 
oshirishga qaratilgan urush harakatlari ma’nosidagi termin. 3. Moliya 
sohasida: kirim, chiqim, foyda va zarar hisob-kitobi ma’nosida 
qo‘llaniladigan termin. 
 Yoki, tekislik ­ so‘pi geografiyada ham 
(

равнина

ma’nosida), matematikada ham (

плоскость

ma’nosida) 
termin sifatida ishlatiladi. Bunday ko‘p ma’nolilik bir soha, jumladan
tarix, falsafa, filologik terminlar tizimida ham uchraydi. Ko‘pma’nolilik 
notermin so‘zda tabiiy, hatto zaruriy holat deb qaralsa, terminda 
g‘ayriqonuniy, chalkashlikka olib keladigan, qiyinchilikni yuzaga 
keltiradigan holat deyiladi. Chunki notermin so‘z nutqda har gal bir 
leksik ma’nosi bilan ishlatiladi. Ko‘p ma’noli (aniqrog‘i har xil ma’noli) 
terminda esa uning bir ma’nosi boshqa ma’nosini istisno qilib 
turavermaydi. Shunga ko‘ra ayni bir matnda har xil mazmun duch kelib 
1
Баранов А.Н. Введение в прикладную лингвистику: Учебное пособие. — М.: Эдиториал УРСС, 2001. - C. 
49.


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
110 
qoladi. Bunday salbiy holat asosan termin bir sohaning o‘zida ko‘p 
ma’noli (har xil ma’noli) bo‘lganida yuz beradi
1
. 
Ba’zan bir sohaning o‘zi doirasida ikki har xil tushuncha ayni bir 
so‘z bilan anglashiladi. Bunday salbiy holatga umuman yo‘l qo‘yib 
bo‘lmaydi. Masalan, o‘zbek tilshunosligida daraja ­ leksemasi uzoq vaqt 
ikki har xil hodisaning nomi sifatida ishlatildi: sifat darajalari, fe’l 
darajalari;  keyinchalik ikkinchi hodisa nisbat ­ termini bilan nomlandi; 
qaratqich leksemasi ham uzoq vaqt kelishikning va bo‘lakning nomi 
sifatida ishlatildi, hozir bo‘lakning nomi sifatida qaratuvchi­ termini 
qabul qilindi. Demak, terminlarning ko‘p ma’noda ishlatilishi fan uchun 
ijobiy xususiyat sanalmaydi.
Terminlarning chegaralangan qo‘llanishga egaligi ularning boshqa 
soha vakillari uchun tushunarsiz bo‘lishi degani emas. Masalan: to‘g‘ri 
chiziq, gap, so‘z turkumi, tezlik atamalari ko‘pchilik uchun tushunarli
soha kishilaridan boshqalar nutqida kam iste’molli. 
Shunday ekan, terminlarga ham asl substansiyasidan uzilgan 
mustaqil so‘z sifatida qarash lozim. Bunga terminga qo‘yiladigan bir 
ma’nolilik talabi ham asos bo‘ladi. Demak, termin va umumiste’mol 
so‘z bir narsaning ikki qirrasi, bir so‘zning ikki ma’noda qo‘llanilishi 
emas. 
Terminga o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda bir qator 
me’yoriy talablar ham qo‘yilgan. Dastlab terminologiya maktabi 
asoschisi D.S.Lotte tomonidan ana shunday me’yoriy talablar ishlab 
chiqilgan. Ushbu talablar ko‘plab olimlar, jumladan, I.N.Volkova, 
A.V.Krijanovskaya, 
L.A.Simonenko 
va 
boshqalarning 
ishlarida 
to‘ldirilgan va kengaytirilgan. 
Terminlarning o‘ziga xos xususiyatlari va talablari haqida so‘z 
yuritilar ekan, uni semiotik birlik sifatida qarab, uch aspektda 
o‘rganishni taqozo etiladi: sintaktik (tuzilishi, termin shakli), semantik 
1
Rahmatullayeva Sh. Hozirgi o’zbek adabiy tili. – Toshkent, 2006. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
111 
(mazmuni, termin ma’nosi), pragmatik (funksionallik, terminning 
qo‘llanishi)
1
. Shunga ko‘ra, terminlarga qo‘yiladigan talablar 3 guruhga 
bo‘linadi: 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling