A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   152
4) motivlanganlik: har qanday termin tushunchasi bilan semantik 
aloqada bo‘lishi. Bu talabni to‘liq namoyon bo‘lishi tizimlilik bilan 
ko‘zga tashlanadi.
5) tizimlilik: har qanday termin muayyan terminologik tizimning 
bir bo‘lagi. Aynan shu xususiyat uni termin maqomiga ko‘taradi. 
Terminotizim esa ikki xil tizimlilikka ega – mantiqiy tizimlilik va 
lisoniy tizimlilik
1
.
6) lisoniyasos: o‘z yoki o‘zga til asosida yasalgan terminlardan 
birini tanlash lozim bo‘lganda, albatta, o‘z termindan foydalanish 
maqsadga muvofiq. Chunki o‘zlashma terminlarni ko‘p va asossiz 
ravishda qo‘llash muqarrar ravishda terminologiyaning umumxalq 
tilidan ajralib va nomutaxassislarga tushunarsiz bo‘lib qolishiga olib 
keladi
2

 
1
Лейчик В.М. Терминоведение: предмет, методы, структура. – М., 2006. – С.15-16. 
2
Волкова И.Н. Стандартизация научно-технической терминологии. – М., 1984. – С. 75. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
113 
Mazmuniy talablar quyidagilar: 
1) birmanolilik: termin faqat bir ilmiy yoki texnik tushunchani 
ifodalashi va bir tushuncha faqat bir terminga mos bo‘lishi kerak. 
Termin ma’nosining kontekstga qarab turlanib turishi, D.S.Lottening 
fikriga ko‘ra, terminologiyaning eng jiddiy kamchiliklaridan biridir. 
2) termin 
semantikasiga 
qarama-qarshi 
qo‘yilmaslik: 
terminning so‘z sifatida va leksik ma’nosi o‘rtasidagi qarama-
qarshiliklar yo‘qligi, ya’ni D.S.Lottening ta’kidlashicha, termin 
tushuncha aks ettirgan ma’nosiga mos kelishi lozim. Bu terminning 
semantik tarkibini murakkabligidan yuzaga kelib, odatda termin maxsus 
tushunchaning mazmuniga tenglashtiriladi, terminning so‘zma-so‘z 
anglatgan ma’nosi terminologik ma’noni keltirib chiqaradi. Leksik va 
terminologik ma’nolar o‘zaro turli munosabatlarga kirishadi, jumladan, 
to‘liq muvofiqlik, qisman muvofiqlik va to‘liq mos kelmasligi mumkin. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling