A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   152
A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
104 
shuningdek, adabiyot, san’at, diplomatiya, harbiy-mudofaa, madaniyat-
ma’rifat sohalari nomlari bilan ham o‘zaro zich aloqadorlikda bo‘ladi” 
[Протченко И.Ф. Русский язык: проблемы изучения и развития. –
М.: Педагогика, 1984. –С.54]. Ko‘rinib turganiday, bu tavsifda ham 
ijtimoiy-siyosiy leksika chegaralarida yana qandaydir mezonlar 
etishmayotganday tuyuladi. 
Ana shu qandaydir noto‘liqlikni N.R.Geyko to‘ldirganday bo‘ladi, 
ya’ni 

bunday 
mezonlarning 
asosiylaridan 
biri 
sifatida 
“mafkuralashganlik” (“ideologizirovannost”) belgisini ko‘rsatadi. 
Uningcha, ijtimoiy-siyosiy leksika deganda, “lug‘atning jamiyatning 
ijtimoiy, siyosiy va sotsial hayoti tushunchalarini aks ettiruvchi 
mafkuralashgan qismini tushunish kerak” [Гейко Н.Р. Общественно-
политическая лексика в публицистическом дискурсе // Вестник 
Челябинского государственного университета. 2013. N1 (192). 
Филология. Искусствоведение. Вып.73. –С.196]. 
Qisqasi, o‘zbek tilidagi ijtimoiy-siyosiy leksikani, mavjud 
qarashlarni hisobga olgan holda, “lug‘atning ijtimoiy-siyosiy hayotga
ya’ni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarga taalluqli 
tushunchalar va hodisalar nomlaridan tarkib topgan, mafkuralashgan va 
ijtimoiy-siyosiy kommunikatsiyada faol ishtirok etadigan qismi” tarzida 
ta’riflash maqsadga muvofiq. Tabiiyki, siyosat tilining lug‘aviy asosini 
ana shunday leksika tashkil etadi. Ana shunday ta’rif asosida o‘zbek tili 
ijtimoiy-siyosiy leksikasiga yondashilsa, yaqinlargacha ana shunday 
leksika tarkibida qaralgan, masalan, abiturient, abonement, abonent, 
absolyut//mutlaq, 
avans, 
avans 
hisoboti, 
avtograf//dastxat, 
avtomatlashtirish, avtor//muallif, avtotransport, talvasa, adres, adresat, 
adresant, mashaqqatli ish, alifbo, aksiz, ochko‘zlik, oriylar, assortiment, 
attestat, auditoriya
1
kabi juda ko‘plab birliklarning mazkur leksikaga 
mutlaqo daxlsizligi ma’lum bo‘ladi. 
1
Қар.: Ижтимоий-сиёсий терминлар луғати. –Тошкент: Фан, 1976. –Б.15 – 22. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
105 
Ikki karra ikki to‘rtday ravshanki, muayyan til belgisining u yoki 
bu mavzuiy-mazmuniy guruhga mansubligini belgilashda bu belgi 
ma’nosining tarkibi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Muayyan lisoniy birlikni 
ijtimoiy-siyosiy leksika deyiladigan yirik guruhga kiritish yoki 
kiritmaslik borasida ham ayni shu holat hisobga olinmog‘i shart, 
shunday qilinganda, mazkur leksik guruhning chegaralarini xolisroq va 
aniqroq belgilash imkoniyatlari kengayadi. 
Til belgisining semantik strukturasi anchayin murakkab tuzilmadir. 
Nafaqat o‘zbek tilshunosligida, balki boshqa tilshunosliklarda ham 
lisoniy belgi semantik strukturasining ikki yirik uzvdan, ya’ni denotativ 
va konnotativ uzvlardan tarkib topishini e’tirof etish an’anaga kirgan. 
Albatta, leksik ma’noning denotativ uzvi muayyan tushunchani ifoda 
etadi, konnotativ uzvi esa so‘zlovchining yoki til sohibining unga 
munosabatini aks ettiradi. Mutaxassislar konnotatsiyaning nutq 
pragmatikasi bilan bog‘liq ekanligini, konnotatsiya til sohibining 
baholash nigohining mahsuli ekanligini, konnotatsiyaning antropometrik 
asosga egaligini qayd etadilar. Bugungi dunyo tilshunosligida 
barqarorlashib ulgurgan antropolingivistik paradigmaning birlamchi 
zaminini tashkil etadigan tilning mohiyatan antropotsentrikligi haqidagi 
haqiqat bu o‘rinda ham yaqqol namoyon bo‘ladi [Маҳмудов Н. Тил 
тилсими тадқиқи. – Тошкент: “Мумтоз сўз” нашриёти, 2017. –Б.15-
22]. 
1) Mazkur ma’lumotdagi hodisaga o‘zingiz misollar toping. 
2) Jadvalni to‘ldiring. 
Terminologiyaga ko‘chgan 
umumadabiy leksik birliklarning 
ma’lum qismi o‘z ma’nosini saqlab 
qolgan birliklar 
Umumadabiy leksikaning boshqa 
bo‘lagi yuz bergan ma’noviy 
o‘zgarish oqibatida terminlar 
safiga o‘tgan birliklar 
 
 
 
 
2) Ma’lumotlarga tahliliy yondashing. Jamiyatda yuz berayotgan 
o’zgarishlar bilan taqqoslang. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
106 
 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling