A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
qoldig‘i, bozor hajmi, foyda miqdori, qiymat solig‘i, kreditning
elastikliligi, talabning egiluvchanligi, o‘zgaruvchan narx, pul massasi, pul undirish, iqtisodiy o‘sish, yetakchi valyuta, o‘rinbosar tovarlar, o‘rmalovchi inflyatsiya. Demak, yuzlab leksemalar iqtisodiy terminologik tizimda yakka holida ham, so‘z birikmalarining tarkibiy qismlari sifatida ham ushbu soha terminlari sifatida qo‘llanilayapti. 3. Terminologiyasining boyishidagi yana bir manba, bu tushunchalarni ifodalash uchun xilma-xil affikslar ishtirokida hosil qilingan yasama lug‘aviy birliklar hisoblanadi: ijarachi, nazoratchi, moliyachi, iqtisodchi, iste’molchi, jamg‘arma, uyushma, ustama, undirma, tejamkor,tadbirkor, ta’minot, bojxona, zarbxona, sarmoyador, mulkdor, xaridor, hissador, shartnoma, omonatnoma, so‘rovnoma, boylik, rentabellik, bebaho, befoyda, merosxo‘r, sudxo‘r, kirim, chiqim, bitim, to‘lov, o‘lchov, mulkchilik, tejamkorlik, unumlilik, aksiyadorlik. 4. Hozirgi o‘zbek tili lug‘at tarkibida, uning iqtisodiy terminlar tizimida yuqoridagidek umumturkiy, o‘zbek terminlari bilan bir qatorda fors-tojikcha, arabcha leksemalar ham qo‘llanib kelinayotir: sarmoya, davlat, tijorat, tojir,maosh, mablag‘, sarkor, daromad, dastmoya, manfaat. 5. O‘zbek tili iqtisodiyot terminologiyasi ruscha-baynalminal terminlar hisobiga ham boyib bormoqda: avans, aktiv, aktsiz, budjet, birja, buxgalter,bank, balans, biznes, veksel, valyuta, debitor, demping, dotatsiya, diler, zalm, kredit, kassir, litsenziya, lizing, menejment, A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 98 sal’do, tarif va boshqalar. Ba’zi ruscha-baynalminal iqtisodiy terminlar o‘zbek tiliga tarjima qilindi yoki muqobil varianti qo‘llanilmoqda: auksion - kimoshdi savdosi, barter - ayirboshlash, brakeraj - saralash, garant - kafil, defitsit - taqchillik, dolya -hissa, kapital - sarmoya, makler - dallol, oborot - aylanma, ssuda- qarz, schet - hisob. Terminlarning bir qismi tegishli ruscha-baynalminal muqobillarining o‘zbek tilidagi kalkasi sifatida yuzaga kelgan. Umuman, o‘zbek iqtisodiyot terminologiyasi mustaqillikdan so‘ng yangi bosqichga ko‘tarildi va har lahzada yangi-yangi terminlar yuzaga kelmoqda. O‘zbek tilshunosligi terminologiyasining ayrim masalalari bo‘yicha qilingan ishlar maydonga keldi. Jumladan, A.Saidov, M.Qosimova, L.Karimovalarning «O‘zbek huquqiy atamalari muammolari» («O‘zbek tili va adabiyoti», 1993,), A.Hojiyevning «Metodika yoki uslub?» («O‘zbek tili va adabiyoti»,1995,2-son), R.Doniyorov, A.Qosimovlarning «Terminologiya va so‘z yasalishining ayrim masalalari» («O‘zbek tili va adabiyoti»,1995,4-son) kabi maqolalar fikrimizning dalilidir. Bir qator ilmiy ishlar himoya qilindi: O‘.M.Po‘latova 1 , L.S.Xudoyberdiyeva 2 , M.Abdiyev 3 , G‘.M.Ismailov 4 , Sh.X.Norbayeva 5 ning izlanishlarida batafsil ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, 2003-yilda himoya qilingan L.S.Xudoyberdiyevaning «O‘zbek tilida nominativ birliklarning darajalanishi» 6 nomli ilmiy izlanishlari hamda H.Shamsiddinovning «Umumiste’moldagi so‘zlardan leksik- 1 Пўлатова Ў.М. Ўзбек хореография терминологиясининг шаклланиш манбалари ва ривожланиши. Филол. фан. номз. дис. автореферати. – Тошкент, 2001. 26 бет. 2 Худойбердиева Л.С. Ўзбек тилида номинатив бирликларнинг даражаланиши. Филология. фан. номзоди дис. автореф. – Тошкент, 2003. 24 бет. 3 Абдиев М. Соҳа лексикасининг систем таҳлили муаммолари. – Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги халқ меъроси нашриёти. 2004. – 117 бет 4 Исмаилов Ғ.М. Ўзбек тили терминологик тизимларида семантик усулда термин ҳосил бўлиши. НДА. - Тошкент, 2011. -26 б. 5 Норбоева Ш.Х. Хоразм шеваларидаги кийим-кечак номларининг структур-семантик тадқиқи. Фалсафа доктори диссертацияси (PhD) автореферати. – Тошкент, -2017. -44 б. 6 Худойбердиева Л.С. Ўзбек тили-да номинатив бирликларнинг даражаланиши. Филология. фан. номзоди дис. автореф. – Тошкент, 2003. 24 бет. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 99 semantik usul bilan yasalgan terminlar va ularni tartibga solish» 1 mavzusidagi qariyib 2 bosma taboqdan iborat ishda ikkilamchi nomlashga oid masalaning ham nazariy, ham amaliy tomonlari yoritib berilganligi atroflicha tahlil etilgan. Mamlakatimizning mustaqillik yillarida fan va madaniyat taraqqiyoti yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarilishi munosabati bilan milliy terminologiyamizda ham katta o‘zgarishlar yuz berdi. Bu holat quyidagi masalalarni kun tartibiga qo‘ydi: - tildagi mavjud terminlar sistemasini yangilash; - fan va texnika, madaniyat, siyosat va boshqa sohalardagi terminlarni unifikatsiyalash; -tilimizga o‘zlashayotgan terminlarning milliy shaklini tartibga solish; - terminologik lug‘atlar tuzish va nashr qilish; - boshqa tillardan terminlar o‘zlashtirishda xalqaro kommunikatsiya masalalarini hisobga olgan holda ish yuritish. Ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni amalga oshirish yengil kechmaydi. Yangi milliy terminologiyani shakllantirish va uning rivojlanishini ta’minlashda o‘ziga xos qiyinchiliklar, chekinishlar va yutuqlarga erishilmoqdaki, bularning barchasi til qonuniyatlari asosida amalga oshirib borilmoqda. Shu bilan birga bu boradagi ishlar ko‘lami hamon katta bo‘lib qolmoqda. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling