A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Download 6.89 Mb.
bet78/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Kompressor qudug’i usti jixozi


Kompressor qudug‘i ustiga o‘rnatiladigan armatura quduqqa tushirilgan kompressor quvurini ushlash, quvurlar oralig‘ini zichlash, quduq mahsulotini chiqish chizig‘iga yo‘naltirish va ishchi agentni quvur yoki quvur ortki qismiga haydash uchun xizmat qiladi. Quduq xarakteristikasidan kelib chiqib turli ko‘rinishdagi armatuarlardan foydalaniladi.
Ayrim holatda kompressorli armatura sifatida, favvoralanish tugagandan keyin qo‘llanilayotgan favvora armaturasidan foydalaniladi. Ko‘p holatlarda kompressor quduqlarida birmuncha yengil va qulay armaturalardan foydalaniladi. 10.9-rasmda bir qatorli ko‘targich uchun ~ 75·105n/m2 (75 kG/sm2) sinash bosimiga mo‘ljallangan flanesli armatura keltirilgan.

10.9-rasm.Bir qator ko‘targichli kompressor qudug‘i usti jixozi Chizmada zulfin uzuq chiziqlar bilan ko‘rsatilgan; yarim favvora xarakterga
ega quduqlarda o‘rnatiladi.
Ayrim holatlardagina quduq ustiga ishchi agentni halqali tizimdan markaziy tizimga va teskari yo‘naltirish uchun yordamchi bog‘lamlar o‘rnatiladi. Bunday armaturalar mahsuloti tarkibida qum zarrachalari bo‘lgan quduqlarda ko‘proq qo‘llaniladi. Quduq normal ishlayotgan vaqtda ishchi agent halqa qismga haydaladi. Quvurda tiqinlar hosil bo‘lishi kuzatilsa, ishchi agent markaziy tizimga boshqarilib, qum zarrachalari chiqarilib tashlangandan keyin ishchi agent halqa qismga yo‘naltirilib, quduq ishlatilishi davom ettiriladi.


    1. Kompressor qudug’ini tadqiq qilish


Kompressor qudug‘i qayd qiluvchi chuqurlik manometri yoki u siz barqaror oqim rejimida tadqiq qilinadi. Tadqiqot maqsadi:

  1. ishchi agent sarfiga neft, suv,gaz debiti va qumning foiz miqdorining bog‘liqligini belgilash va shunga asoslanib berilgan konstruksiya bo‘yicha ko‘targichning samarali ishlash rejimini aniqlash;

  2. quduqni samarali ishlash rejimini olish va quduq tubi atrofining mutloq o‘tkazuvchanligini aniqlash uchun quduq tubi bosimining(yoki depressiya) debitga bog‘liqligini aniqlash;

  3. joriy qatlam bosimini aniqlash va uning dinamikasini belgilash.

Quduq tubi bosimi chuqurlik manometri bilan yoki haydalayotgan ishchi agent bosimi orqali aniqlanadi. Olinadigan suyuqlik miqdori odatda ikki usulda boshqariladi: quduqda teskari bosim hosil qilish orqali va haydalayotgan ishchi agent sarfini o‘zgartirish orqali.
Quduq chuqurlik manometrisiz soddalashtirilgan ikki usulda tadqiq qilinadi: mahsuldorlik koeffitsiyenti katta quduqda –quduq ustida qarshi bosimni o‘zgartirish usuli va ishchi agentning o‘zgarmas sarfi orqali (Maksimovich usuli); mahsuldorlik koeffitsiyenti kichik quduqda – quduq ustida o‘zgarmas qarshi bosim ostida haydalayotgan ishchi agent miqdorini o‘zgartirish usuli (AzNII usuli).
Juda kam gaz faktorli quduqlarni tadqiq qilish uchun sathni kuzatish usulini qo‘llash mumkin. Quduq to‘xtatilgandan keyin, yani ishchi agent haydash tugatilgandan keyin quvur va halqali qismdagi gaz sekin chiqarliadi, bufer qopqog‘i olinib yo‘naltiruvchi rolik o‘rnatilib, ko‘taruvchi quvurga sathni kuzatish uchun po‘kak yoki jelonka tushiriladi. Bundan tashqari quduq tubidagi bosim tiklanishini chuqurlik manometri bilan kuzatish mumkin

Download 6.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling