A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Download 6.89 Mb.
bet81/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Nazorat savollari.


  1. Neft quduqlarini gazlift usulida ishlatish.

  2. Kompressorli gazlift. 3.Kompressorsiz gazlift.

  1. Erlift nima?

  2. Ishga tushiruvchi klapanlar.

  3. Oxirgi klapanlarning ishlatilish maqsadi?

  4. Kompressorli gazliftning yutuqlari va kamchiliklari.

  5. Chuqurlik klapanlarining qanday turlarini bilasiz?

  6. Kompressor qudug‘i usti jixozi.

  7. Gazlift qudug‗ini ishlatishda xavfsizlik texnikasi.

    1. bob bо‘yicha xulosalar


Bu bo‘limda gazlift usulida ishlatishning umumiy prinsiplari, gazlift quduqlarini ishga tushirish, chuqurlik klapinlari, ishchi agentning quduqlar bo‘yicha taqsimlanishi, kompressor qudug‘i usti jixozi, kompressor qudug‘ini tadqiq qilish, kompressorsiz gazlift va gazlift qudug‗ini ishlatishda xavfsizlik texnikasi haqida yetarli ma‘lumotlar keltirilgan.


    1. bob. Quduqni shtangali chuqurlik nasoslari yordamida ishlatish 11.1.Chuqurlik nasos qurilmalari turlari


Tuzilishi va ta‘sir prinsipi bo‗yicha turli chuqurlik nasos qurilmalaridan neft qazib oluvchi quduqlarni ishlatishda, bundan tashqari suv, gidrotermal va boshqa quduqlarni ishlatishda ham keng foydalanib kelinmoqda. Chuqurlik nasos qurilmalarining ko‗plab turlari mavjudligi, ularni tasniflashga olib keldi.
Chuqurlik nasos qurilmalarining tasnifi
Chuqurlik nasos qurilmalarining asosiy belgilariga ko‗ra quyidagicha tasniflash mumkin:

  1. Chuqurlik nasos qurilmalari ta‘sir prinsipiga ko‗ra:

    • plunjerli (porshenli);

    • markazdan qochma;

    • vintli;

    • diafragmali;

    • rotor-porshenli va boshqalar.

  2. Energiyani dvigatel uzatmasidan chuqurlik nasosiga uzatish turi bo‗yicha:

    • shtangali;

    • shtangasiz.

Quduqning shtangali nasosi quyidagi turlarga bo‗linadi:

    • balansirli;

    • balansirsiz.

Qo‗llaniladigan uzatma turi bo‗yicha:

    • mexanik;

    • gidravlik;

    • pnevmatik.

Shtangasiz chuqurlik nasos qurilmasi qo‗llaniladigan uzatma turi va uning joylashtirilish joyiga ko‗ra quyidagicha tavsiflanadi:

    • elektrouzatmali;

    • gidrouzatmali;

    • uzatma yer yuzasida joylashtirilgan;

    • uzatma quduq ichida joylashtirilgan. Maqsadi bo‗yicha:

    • mahsuldorligi past quduqlarni ishlatish uchun;

    • mahsuldorligi o‗rta quduqlarni ishlatish uchun;

    • mahsuldorligi yuqori quduqlarni ishlatish uchun.

Jahon neft qazib olish amaliyotidan ma‘lumki quyidagi turdagi chuqurlik nasos qurilmalari qo‗llanilishi keng tarqalgan:

  1. quduqni shtangali nasos qurilmasi;

  2. elektro uzatmali cho‗ktirma markazdan qochma nasos qurilmasi;

  3. gidravlik porshenli nasos qurilmasi;

  4. elektro uzatmali vintli nasos qurilmasi;

  5. elektro uzatmali diafragmali nasos qurilmasi;

  6. purkovchi nasos qurilmasi.

Yuqorida sanab o‗tilgan barcha chuqurlik nasos qurilmalari neft qazib olishda bir xil ro‗l o‗ynamaydi.
Bizning mamlakatimizda qazib oluvchi quduqlar fondi bo‗yicha shtangali chuqurlik nasos qurilmasi, qazib olish hajmi bo‗yicha esa markazdan qochma
cho‗kma nasos qurilmasi keng tarqalgan. Bu shu bilan bog‗liqki maxsuldorligi past va o‗rta quduq uchun shtangali chuqurlik nasos qurilmasi, maxsuldorligi o‗rta va yuqori quduq uchun markazdan qochma cho‗ktirma nasos qurilmasini qo‘llash yaxshi samara beradi. Qolgan turdagi nasos qurilmalari qazib oluvchi quduqlar fondi yoki qazib olish ko‗rsatkichi bilan taqqoslanganda shtangali chuqurlik nasos qurilmasi, yoki cho‗ktirma markazdan qochma nasos qurilmasi bilan raqobatlasha olmaydi.



Download 6.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling