A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy yuridik javobgarlik
- Uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlari
Qonuniy javobgarlik
Auditorlik tekshiruvi o‘tkaziladigan moliyaviy hisobotga nisbatan ko‘plab manfaatdor tomonlar mavjud: mijoz (u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabat mavjud), haqiqatdagi va potensial aksiyadorlar, sotuvchilar, bankirlar va boshqa kreditorlar, xodimlar va hukumat. Auditorning har bir manfaatdor tomonning yuridik javobgarligi mamlakatdan mamlakatga, tumandan to tumanga qarab o‘zgarib turadi. Ushbu majburiyat, odatda, quyidagilardan biriga yoki bir nechtasiga asoslangan: umumiy huquq, yuridik qonunchilik bo‘yicha fuqarolik javobgarligi, qonunga muvofiq jinoiy javobgarlik va professional buxgalteriya tashkilotlari a’zosi sifatida javobgarlik. Umumiy yuridik javobgarlik Auditorlar uchun umumiy yuridik javobgarlik odatda ikkita toifaga bo‘linadi: mijozlar oldidagi majburiyatlar va uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlik. Mijozlar oldidagi javobgarlik. Auditor tomonidan auditorlik tekshiruvida ehtiyotsizlik qilinganligi sababli, mijoz tomonidan taqdim etilgan odatiy fuqaroviy da’vo, auditor tomonidan moliyaviy hisobotdagi soxtalik yoki ishchilarning firibgarligi (yo‘qotish) ni aniqlamaganligi to‘g‘risidagi da’voni o‘z ichiga oladi. Qonuniy xatti-harakatlar shartnomaning buzilishi, yoki ko‘pincha, ehtiyotsizlik tufayli sodir bo‘lgan deb tan olinishi mumkin. Ehtiyotsizlik tufayli sodir bo‘lgan operatsiyalar eng keng tarqalgan hisoblanadi, odatda ular shartnomaning buzilishiga qaraganda ko‘proq miqdordagi jarimaga sabab bo‘ladi. Uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlari Uchinchi shaxslar audit mijozidan tashqari auditdan barcha manfaatdor tomonlarni o‘z ichiga oladi. Auditorlik firmasi uchinchi shaxslarga, masalan, soxta 26 moliyaviy hisobotlarga tayanib, zarar ko‘rgan banklarga nisbatan javobgar bo‘lishi mumkin. Ultramar Auditning uchinchi shaxs oldidagi majburiyatlari bo‘yicha AQSHning eng mashhur audit hodisasi 1931 Ultramares-Touche (Ultramares Corporation v Touche va boshq.) ishida sodir bo‘ldi. Ushbu hodisada sud buxgalterlarning ehtiyotsizligi haqida qaror chiqardi, ular debitorlik qarzlari miqdorida soxtalashtirishga yo‘l qo‘yilmagan deb xulosa beradi. Tergov tekshiruv natijalari soxtalashtirilganligini ko‘rsatganida, ular uchinchi tomon bankdan javobgar bo‘lmadi, chunki kreditorlar auditorlik tekshiruvidan oldin auditorga ma’lum bo‘lgan asosiy manfaatdor shaxs emas edi. Ushbu hodisa Ultramar doktrinasi deb ataladi, chunki uchinchi tomon va auditor o‘rtasida shartnoma huquqi yo‘qligi sababli oddiy ehtiyotsizlik uchinchi tomon oldidagi javobgarlik uchun etarli emas. Caparo Mashhur 1990 yilgi Caparo hodisasida (Caparo Industries, PLC v Dickman va boshqalar), Britaniyaning Lordlar Palatasi asosiy hal qiluvchi majburiyat mezoni auditorlik xizmatining maqsadi bo‘lganligi haqida qaror qabul qilgan. Yillik hisobotlar uchun bu maqsad aksiyadorlarga kompaniyaning o‘tmishdagi boshqaruvni tekshirish, ularning ovoz berish huquqlarini amalga oshirish hamda kelgusidagi siyosat va boshqaruvga ta’sir ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni berishdan iborat edi. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling