A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Politsiyachi nazariyasi (
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kreditlashning ishonchliligi nazariyasi
- Ruhlantiruvchi ishonch nazariyasi
Politsiyachi nazariyasi (
bormi shu narsa?) Auditor politsiyachi kabi firibgarliklarni aniqlash uchun mas’ulmi? Bu fikrni Politsiyachilar nazariyasi deb tasavvur qiling. 1940 yillarga qadar auditorlik ishi arifmetik aniqlikka, firibgarlikning oldini olish va uni aniqlashga qaratilgan edi. Biroq, 1940 yillardan boshlab, asrning boshigacha auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligi va adolatliligini tekshirish degan ma’noni anglatib keldi. Aholol, Xerex, Enron, Tyco va boshqalardagi kabi moliyaviy hisobotlardagi oxirgi firibgarliklari bu nazariyani diqqat bilan qayta ko‘rib chiqishga olib keldi. Hozirgi kunda bizni ushbu nazariyaning asosi bo‘lgan jamoatchilik fikriga olib keluvchi firibgarliklarni aniqlash va ochish uchun auditorning mas’uliyati haqida doimiy ravishda jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda. Kreditlashning ishonchliligi nazariyasi Jamoatchilikning yana bir fikriga ko‘ra, auditning asosiy funksiyasi moliyaviy hisobotga ishonchlilikni oshirish hisoblanadi. Buni kreditlashning 20 ishonchliligi nazariyasi deb atashimiz mumkin. Rahbariyat auditor tomonidan tekshirilgan moliyaviy hisobotlardan boshqaruvga manfaatdor tomonlarning ishonchini oshirish uchun foydalanadi. Agar aksiyadorlar, hukumat yoki kreditorlar kabi manfaatdor tomonlar o‘zlari olgan ma’lumotlarga asoslangan holda o‘z qarorlarini qabul qilishlari kerak bo‘lsa, ular bu kompaniya iqtisodiy qiymatining adolatli ekaniga ishonch hosil qilishlari lozim. Audit shartlariga ko‘ra, bu "axborot asimmetriyasini" kamaytiradi. Biroq, tekshirilgan ma’lumotlar investorlar tomonidan qabul qilinadigan investitsion qarorlar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilmaydi deb ta’kidlovchi samarali bozor nazariyasi mavjud. Ruhlantiruvchi ishonch nazariyasi Ushbu nazariya 1920 yillar oxirida gollandiyalik professor Teodor Limperg tomonidan ishlab chiqilgan. Ilgarigi nazariyadan farqli o‘laroq, Limperg nazariyasi audit xizmatlariga ham talab, ham taklifni ko‘rib chiqadi. Limperg fikriga ko‘ra, audit xizmatlariga bo‘lgan talab tashqi ishtirokchilarning (uchinchi shaxslarning) kompaniyada ishtirok etishining bevosita natijasi hisoblanadi. Ushbu manfaatdor tomonlar kompaniyadan o‘zlarining hissalarini qo‘shishi evaziga rahbariyatdan hisob berishni talab qiladi. Rahbariyat o‘zi tomonidan taqdim etiladigan axborotdan manfaatdor bo‘lishi mumkinligi sababli, rahbariyat va tashqi manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi tufayli bu axborotni tekshirish talab etiladi. Auditor (taklif etuvchi tomon) tomonidan taqdim etiladigan auditorning kafolati darajasiga kelsak, Limperg me’yoriy yondashuvni qabul qildi. Auditor "ratsional autsaydor" ning umidini puchga chiqarmaslik uchun harakat qilishi kerak, boshqa tomondan esa, tekshiruv natijalariga ko‘ra taqdim qilgan hisobotida haddan tashqari katta ishonchni uyg‘otmasligi lozim. SHunday qilib, auditorlik texnologiyasi imkoniyatlarini hisobga olgan holda, auditor jamiyatning oqilona talablarini qondirish uchun barcha ishlarni amalga oshirishi kerak. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling