19
muhim ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu moliyaviy hisobotlarga investorlar va kreditorlar
ishonchini oshirish uchun, ular hisobotlarning haqqoniyliligi bo‘yicha mustaqil va
ekspert xulosalari bilan ta’minlanishi lozim. Bunday
fikrlarni esa malakali
auditorlar
bera
oladi.
Bundan
ko`rinib
turibdiki,
auditor
tomonidan
tasdiqlanayotgan fikr qanchalik asosli va aniq dalillar bilan ta`minlangan bo`lsa,
undan foydalanuvchilar uchun u shunchalik ishonchli bo`ladi. Buning uchun
auditordan yuqori malaka hamda kompetentlik talab qilinadi.
Auditorlik xizmatlariga talab va takliflar haqidagi nazariyalar
Auditorlik xizmatlariga bo‘lgan talab bir necha xil nazariyalar bilan
izohlanishi mumkin. Ruhlantirilgan ishonch va Agentlik
munosabatlari nazariyasi
kabi ba’zi nazariyalar yaxshi o‘rganilib, keng ommaga e’lon qilingan. Politsiyachi
nazariyasi va Kreditlashning ishonchliligi nazariyasi kabi jamoatchilik fikrlariga
asoslangan
boshqa nazariyalar, tadqiq qilinadigan konsepsiyadan ko‘ra yo‘nalish
beruvchi nazariyalar sifatida xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: