A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

Mos keluvchanlik auditi – bu turdagi tekshirishda auditning mamlakat 
miqyosidagi qonunlarga, shuningdek, barcha me’yoriy hujjatlarga mos kelishi yoki 
kelmaslik sabablari o‘rganiladi. Masalan, korxona faoliyatini auditorlik 
tekshirishdan o‘tkazishda uning korxona Nizomiga yoki mavjud yo‘riqnomalarga 
mos bo‘lishi aniqlanadi. 
Operatsion auditda barcha xo‘jalik muomalalari va jarayonlari, ularning ish 
samaradorligiga va unumdorligiga bo‘lgan ta’siri o‘rganiladi. Operatsion auditda 
unumdorlik va samaradorlik ko‘rsatkichlari, qimmatli qog‘ozlar hamda moliyaviy 
tizimga rioya qilishning buxgalteriya tamoyillariga mos kelishi nuqtai nazaridan 
ham ko‘rib chiqiladi. 
Moliyaviy hisobot auditi – bunday tekshiruv moliyaviy va buxgalteriya 
xodimlari tomonidan o‘tkazilib, asosan korxonaning to‘lov qobiliyati, moliyaviy 
natijalar, sotish jarayonlarining hisobotlarda qanchalik darajada aks ettirilganligi 
tekshiriladi. 
Auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishining davriyligiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 
1. Dastlabki audit; 
2. Davriy audit. 
Dastlabki audit auditor yoki auditorlik tashkiloti tomonidan ushbu korxonani 
birinchi marta tekshirishni anglatadi. 
Ob’ektiga ko’ra audit turlari 
Mos keluvchanlik 
auditi 
Moliyaviy hisobot 
auditi 
Operatsion audit 


18 
Davriy audit takroriy shartnomalar orqali bir korxona bitta auditor yoki 
auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Bu esa, albatta, mijozning 
malakali auditor bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishga bo‘lgan qiziqishidan kelib 
chiqadi. Davriy audit dastlabki auditga nisbatan ancha ustundir. 
 
1.4. Audit xizmatlari bozori 
Hozirgi zamon auditorlarining paydo bo‘lishi Buyuk Britaniyada 1780 
yillarda boshlangan Sanoat inqilobi davrida sodir bo‘ldi. Ushbu inqilob murakkab 
byurokratik tuzilmalari bo‘lgan yirik sanoat korxonalarining paydo bo‘lishiga va 
keyinchalik korxonalarni kengaytirishni moliyalashtirish uchun tashqi mablag‘larni 
izlashga bo‘lgan ehtiyojni asta-sekin oshirdi. Kapital bilan ta’minlash va 
boshqaruv o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yuzaga keldi. Ikkala o‘zgarish ham 
buxgalteriya xizmati mutaxassislariga hamda korxonaning ichki va tashqi moliya 
bo‘limlarini tekshirishga bo‘lgan talabni keltirib chiqardi. Auditorlik kasbining 
institutlari yaratilishi usha vaqt davri oldida turgan masala edi. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling