A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Schetlar sal’dolari tafsilotlari testlash bilan bog’liq tanlash riski


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

Schetlar sal’dolari tafsilotlari testlash bilan bog’liq tanlash riski 
Tanlashdan, shuningdek schetlar saldosidagi buzib ko’rsatish (xato) lar 
miqdorini baholashda ham foydalanilishi mumkin. Auditor, masalan, moddiy 
zahiralar elementlaridan tanlab olishni amalga oshirishi va narxlarga oid testni 
bajarishi mumkin. Agar tanlab olishda narxga oid xatolar bo’lsa, auditorlar bu 
xatoni moddiy zahiralar noto’g’ri baholanganligi uchun jamlanganligini jiddiy 
bo’zilgan deb xisoblash mumkinligini aniqlash uchun jamlanganlikda amaliyotda 
qo’llab ko’radilar. Balans qiymatini noto’g’ri qabul qilish riski shunday risk 
xisoblanadiki, auditor schetlar sal’dosi jiddiy xatoliklarga ega emas degan 
xulosaga keladi, aslida esa schetlar sal’dosi jiddiy xatoliklarga ega bo’ladi. 
Auditorning asosiy muammosi detal (tafsilot) larning mustaqil testlari bilan 
bog’liq tanlab olishlarni bajara borib, balans qiymatini noto’g’ri qabul qilish riskini 
nazorat qilishi xisoblanadi. Schetlar saldosini noto’g’ri qabul qilishda jiddiy 
xatoliklar bo’ladi, lekin tanlab olish natijalari auditorni schetda jiddiy xatoliklar 
yo’q deb xisoblashga majbur qiladi. Jiddiy xatoliklar bilan hech qanday 
qo’shimcha auditorlik tekshiruvi o’tkazilmaydi va moliyaviy xisobotlar jiddiy 
xatoliklar bilan to’ziladi. Boshqa tomondan agar auditor jiddiy xatolari bo’lmagan 
tanlanganlikni noto’g’ri og’ishtirishi kerak bo’lganda edi, mijoz e’tiroz bildirar va 
auditorni qo’shimcha ish bajargani uchun taqdirlagan bo’lar edi. Qo’shimcha 
auditorlik tekshiruvi mos kelmaydigan xulosalarni to’g’rilashga olib kelishi kerak. 
Balans qiymatining noto’g’ri og’ishi riski shu tarzda auditing samaradorligiga 
tegib o’tadi, lekin bu auditorning moliyaviy xisobotlarning haqqoniyligi haqidagi 
to’liq xulosasiga tegmasligi kerak. 
 
11.3.Tanlashning statistik va nostatistik turlari 
Auditorlar nostatistik va statistik tanlashdan foydalanadilar. Agar zarur 
tarzda foydalanilsa tanlash har qanday yondashuvi etarlicha tegishli auditorlik 
dalillarini taqdim etishda samarali bo’lishi mumkin. Nostatistik tanlashlar 
auditorga tanlab olish haqidagi noto’g’ri talqin qilish riskini statistik jihatdan 


235 
nazorat qilish yoki o’zgartirishga ruxsat bermaydi. Statistik tanlash auditorga 
tanlab olishning mos keluvchi hajmini aniqlash va tanlab olishlar natijalarini 
baholashda yordam berish uchun mulohazalari va tajribalari bilan bir qatorda 
ehtimollar nazariyasini va statistik tanlab olishni ham qo’llashni o’z ichiga oladi. 
Aksincha, nostatistik tanlash ehtimollik nazariyasi va statistik xulosalarni qo’llash 
ko’zada tutilamaydi; buning o’rniga auditorga tanlab olishning mos keluvchi 
hajmini aniqlash va tanlab olishlar natijalarini baholashda yordam berish uchun 
auditorning mulohazalari va tanlab olishni qo’llashdagi tajribasida qo’llanilishi 
ko’zda tutadi. jadval nostatistik va statistik tanlashni tegishli o’lchamlarda 
taqqoslaydi.

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling