A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


 3. Auditorlik xulosasining turlari: modifikatsiyalanmagan xulosa


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

 
12. 3. Auditorlik xulosasining turlari: modifikatsiyalanmagan xulosa 
Avvalo modifikatsiyalanmagan auditorlik xulosasiga misol ko’raylik:
Biz taklif qilingan AVS kompaniyaning buxgalteriya balansini 31 dekabr 
20x3 holatiga ko’ra, shuningdek tugayotgan yil uchun foyda va zararlar, pul 
oqimlari haqidagi hisobot auditini o’tkazdik. Ushbu moliyaviy hisobotlar uchun 
javobgarlik kompaniya raxbariyati zimmasida. Bizning majburiyatimiz biz 
tomonimizdan o’tkazilgan audit asosida ushbu moliyaviy hisobotlarning 
ishonchliligi haqida fikr bildirishdir.
 
 
 
Biz auditni Auditning xalqaro standartlariga mos holda o’tkazdik. Ushbu 
standartlar biz auditni moliyaviy hisobotlarda jiddiy xatoliklar yo’qligiga ishonch 
hosil qiladigan darajada rejalashtirishni va o’tkazishimizni talab qiladi. Audit 


259 
moliyaviy hisobotlardagi sonli ko’rsatkichlar va ochib berishlarni tasdiqlovchi 
dalilarni testlashtirish asosida o’rganishni o’z ichiga oladi. Audit, shuningdek, 
foydalaniladigan buxgalteriya hisobi printsiplari va rahbariyat tomonidan 
qilingan muhim baholarni, shunindek, moliyaviy hisobotning umumiy ko’rinishini 
(tasavvur)ni baholashni ham o’z ichiga oladi. Biz umid qilamizki, biz 
tomonimizdan o’tkazilgan tekshiruv fikrlarimizni bildirish uchun etarlicha asos 
beradi. 
Bizning fikrimizcha moliyaviy hisobot jamiyatning 31 dekabr 20x3 
holati bo’yicha moliyaviy hisobot moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga 
(yoki yuz berayotgan mamlakatda qo’llaniladigan moliyaviy hisobot qoidalariga 
mos keladi))** mos holda ishonchli va xolis tasavvurlar beradi(yoki barcha muhim 
jihatlarda ishonli aks etadi). 
 
 
Auditor 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Sana
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Manzil 
 
 
 
Auditorlik xulosasi modifikatsiyalangan va modifikatsiyalanmagan turlarga 
bo’linadi. Amaliyotda modifikatsiyalanmagan xulosa keng tarqalgan bo’lib, deyarli 
90 % xulosalar modifikatsiyalanmagan xulosalardir.
Auditor, agar u moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda moliyaviy 
hisobotlarni taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosiga muvofiq tayyorlangan, 
degan xulosaga kelgan bo’lsa, modifikatsiyalanmagan fikr bildiradi. 
Agar auditor: 
(a) olingan auditorlik dalillari asosida moliyaviy hisobotlar muhim buzib 
ko’rsatishlardan holi emas degan xulosaga kelgan bo’lsa; yoki 
(b) unga moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjud emas, 
degan xulosaga kelish imkonini beruvchi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini 
olish imkoniyatiga ega bo’lmasa,
auditor AXS 705 ga muvofiq auditorlik hisoboti (xulosasi)dagi fikrni 
modifikatsiyalashi lozim. 


260 
Modifikatsiyalangan fikr – salbiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasi, izohlar 
bilan fikr bildirilgan auditorlik xulosasi, fikr bildirish rad etilgan auditorlik xulosasini 
o’z ichiga oladi.
Agar haqqoniy taqdim etish asosi talablariga muvofiq tayyorlangan 
moliyaviy hisobotlar haqqoniy taqdim etishni ta’minlamasa, auditor bu masalani 
tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati bilan muhokama qilishi va, moliyaviy hisobotlarni 
taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosi talablariga va masala qanday hal 
qilinganiga qarab, auditorlik hisoboti (xulosasi)dagi fikrni AXS 705 ga muvofiq 
modifikatsiyalash zarur yoki zarur emasligini aniqlashi lozim. 
Agar moliyaviy hisobotlar muvofiqlik asosi talablariga binoan tayyorlangan 
bo’lsa, auditor moliyaviy hisobotlar haqqoniy taqdim etishni qay darajada 
ta’minlashini baholashga majbur emas. Biroq, kamdan-kam uchraydigan 
vaziyatlarda, agar auditor mazkur moliyaviy hisobotlar yanglish tasavvur hosil 
qilish uchun imkoniyat yaratadi, degan xulosaga kelgan bo’lsa, auditor bu masalani 
tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati bilan muhokama qilishi va mazkur masala qanday 
hal etilishiga qarab, buni auditorlik hisoboti (xulosasi)da ko’rsatish kerakmi, agar 
ko’rsatish kerak bo’lsa, buni qay tarzda amalga oshirish zarur, degan savollarga 
javob berishi lozim.
Xulosaning tarkibiy qismlarini biz yuqorida aytib o’tdik. Ammo ta’kidlash 
zarurki, modifikatsiyalangan fikr hosil qilinganda modifikatsiyalangan fikr bildirish 
uchun asos bo’lgan vaziyatni o’zida aks ettiruvchi maxsus qism kiritilishi lozim.
Auditorlik tashkiloti ifodalagan modifikatsiyalangan fikrdan kelib chiqib 
auditorlik xulosasida maxsus qism "Salbiy fikr bildirish uchun asos", "Izohlar bilan 
fikr bildirish uchun asos", "Fikr bildirishni rad etish uchun asos" deb nomlanadi. 
Ayrim mamlakatlar qonunchiligiga muvofiq bu band auditorning fikridan oldin 
joylashtiriladi.
Shuningdek, auditor yoki auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotdan 
foydalanuvchilar diqqatini quyidagilarga jalb qilish uchun auditorlik xulosasiga 
tushuntirish qismini kiritishi mumkin: 


261 
auditorlik 
tashkilotining 
fikri 
bo’yicha 
moliyaviy hisobotdan 
foydalanuvchilarning 
moliyaviy hisobotni 
tushunishlari 
uchun 
muhim hisoblanadigan darajada ahamiyatga ega, moliyaviy hisobotda aks ettirilgan 
vaziyatlarga; 
auditorlik tashkilotining javobgarligini yoki auditorlik xulosasining 
mazmunini moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar tushunishiga yordam berishi 
mumkin bo’lgan, moliyaviy hisobotda aks ettirilmagan vaziyatlarga. 
Tushintirish qismi kiritilishi auditorni moliyaviy hisobot haqidagi fikriga 
ta’sir etmasdan shunchaki qo’shimcha izoh sifatida xulosadan joy olishi mumkin. 
Masalan, amaliyotdan quyidagi misolni ko’rsak. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling