A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Moliyaviy hisobotlarga javobgarlik to’g’risida
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
Moliyaviy hisobotlarga javobgarlik to’g’risida
RAHBARIYaTNING XATI Wm.Wringley Jr. Kompaniyasi boshqaruvi ushbu yillik hisobot tayyorlash, uning yaxlitligi va ular bilan bog’liq axborotlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Ushbu javobgarlik ichki nazorat tizimi orqali aktivlar butunligini ta’minlash, bitimlar tegishli tarzda ruxsat olgan holda amalga oshirilishiga erishish va moliyaviy yozuvlar to’g’ri aks ettirilishini ham qamrab oladi. Ushbu choralar ichki auditning kompleks dasturini, kompaniya siyosatini, jarayonlar uchun javobgarlik mos tarzda bo’lishini, shuningdek, xodimlarni ehtiyotkorlik bilan tanlash va o’qitishni o’z ichiga oladi. Korxona siyosati Ish yuritish kodeksini o’zida aks ettirib, unga muvofiq barcha ishchilar kasbiy etika qoidalariga amal qilishlari lozimdir. LLP Ernst and Young moliyaviy hisobotlarning mustaqil auditini o’tkazdi, uning hsoboti(xulosasi) quyida keltiriladi. Direktorlar kengashi boshqaruv uchun o’z javobgarligini mustaqil direktorlardan iborat, audit bo’yicha komitet orqali amalga oshiradi. Audit bo’yicha Komitet muntazam 264 ravishda hisob tahlili va nazorat masalalar yuzasidan yig’ilishlar o’tkazadi. Ernst and Young LLP va ichki auditorlar audit bo’yicha Komitetga to’g’ridan-to’g’ri kirish imkoniga ega va ular bilan muntazam ravishda alohida uchrashish imkoniga ega. WM.WRIGIEV JR.KOMPANIYa Chikago, Illinoys 21 yanvar 2004 AQShda (US) auditining umum qabul qilingan standartlari GAAS xalqaro standartlar kabi, xulosada uchta banddan foydalanishni talab qiladi. Ikkinchi xatboshi xalqaro standartlarga muvofiq qayd etish qismiga, uchinchi xatboshi esa auditor fikrini ifodalaydigan bandga to’g’ri keladi. Yuqoridagi misolda Amerikaning Wm.Wrigiev Jr.Comnany kompaniyalari, saqich ishlab chiqaradigan “Juicy Fruit”, “Doublemint” yalpizli, “Spearment” yapizli, “Big Red” va boshqa kompaniyalarining to’liq hisobotlari haqidagi auditor xulosasini va rahbariyatning moliyaviy hisobotlarga javobgarlik haqidagi xatini ko’rdik. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling