A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


 Auditorlik hisobot(xulosasi)ining elementlari


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

12.2. Auditorlik hisobot(xulosasi)ining elementlari 
XAS-700 “Moliyaviy hisobotlar bo’yicha auditorlik xulosalari”da shunday 
deyiladi: “Auditor moliyaviy hisobotlar haqidagi fikrlarini bildirish uchun asos 
sifatida olingan auditorlik dallillarni tahlil qilishi va xulosalarni baholashi lozim”. 
Auditorlik xulosasi umumiy moliyaviy hisobotlar haqida aniq bildirilgan yozma 
fikrni ifodalashi kerak. 
Auditorlik xulosalari ushbu bo’limda batafsilroq muhokama qilinadigan 
quyidagi asosiy elementlarni o’z ichiga olishi kerak: 

nomi; 

oluvchi;

kirish qismi; 
- Moliyaviy hisobotlarni aniqlash; 
- Sub’ekt rahbariyati va auditorning javobgarliklari haqida bayonnoma; 

qayd etish qismi (audit tabiatini ta’riflash) 
-AXSga yoki amaliyotga havola; 
-Auditor tomonidan qilingan ishni ta’riflash; 

moliyaviy hisobot haqida bildirilgan fikrning mazmuni; 

hisobot sanasi; 

auditorning manzili; 

auditorning imzosi 
Nomi
Auditorlik hisoboti (xulosasi) mazkur hisobot (xulosa) mustaqil auditorning 
hisoboti (xulosasi) hisoblanishini aniq ko’rsatadigan nomga ega bo’lishi lozim.
Adresat (oluvchi
Auditorlik hisoboti (xulosasi) kelishuv shartlariga muvofiq tegishli adresat 
ko’rsatilgan holda tuzilishi lozim. Xulosa qoidaga ko’ra kompaniyaning yoki 
aktsionerlarning yoxud kuzatuv kengashiga yo direktorlar kengashiga yuboriladi. 
Nederlandiyaga o’xshash ayrim mamlakatlarda auditorlik hisobotlari umuman 


255 
ko’rib chiqilmaydi, chunki hisobotlar (anonim holda) butunlay jamoatchilikka 
mo’ljallangan. 
Kirish paragrafi
Auditorlik hisoboti (xulosasi)ning kirish paragrafida:
(a) Audit qaysi tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy hisobotlari bo’yicha 
o’tkazilganligini qayd etish; 
(b) Mazkur moliyaviy hisobotlar bo’yicha audit o’tkazilganini qayd etish; 
(v) Moliyaviy hisobotlar tarkibiga kiruvchi har bir hisobot nomini qayd 
etish; 
(g) Hisob siyosati asosiy qoidalarining qisqacha tavsifiga va boshqa 
sharhlovchi izohlarga havola etish; va 
(d) Moliyaviy hisobotlarni hosil qiluvchi har bir moliyaviy hisobotda aks 
ettirilgan sana yoki davr aniq ko’rsatilishi lozim.
(e)Tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni tayyorlash 
uchun javobgarligi
Masalan,
“Biz AVS kompaniyasining 31dekabr 2013 yil holatiga ilova 
qilingan buxgalteriya balansi, shuningdek, tugayotgan yil uchun daromadlar va pul 
mablag’lari harakati haqidagi tegishli hisobotlar auditini o’tkazdik. Ushbu 
moliyaviy hisobotlar bo’yicha javobgarlik Kompaniya rahbariyati zimmasida. 
Bizning majburiyatlarimiz, o’tkazilgan auditimiz asosida ushbu moliyaviy hisobot 
ishonchliligi haqida o’z fikrlarimizni bildirish hisoblanadi”. 
Shuningdek, xulosada tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining moliyaviy 
hisobotlarni tayyorlash uchun javobgarligi ham aks etadi.
Auditorlik hisoboti (xulosasi)ning mazkur qismida tadbirkorlik 
sub’ektida moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgar bo’lgan shaxslarning 
majburiyatlari tavsiflanadi. Auditorlik hisoboti (xulosasi)da faqat “tadbirkorlik 
sub’ekti rahbariyati”ga havola etish kerak emas, muayyan yurisdiktsiyaning 
me’yoriy-huquqiy bazasi kontekstiga mos keladigan atama ishlatilishi lozim. 
Ayrim yurisdiktsiyalarda tegishli havola boshqaruv yuklatilgan shaxslarga 


256 
qaratilishi mumkin. Auditorlik hisoboti (xulosasi) “Tadbirkorlik sub’ekti [yoki 
boshqa mos keladigan atama] rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni tayyorlash 
uchun javobgarligi” degan sarlavhali qismni o’z ichiga olishi lozim. 
Auditorlik hisoboti (xulosasi)da tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining 
moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgarligi tavsiflanishi lozim. Tavsif 
tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati moliyaviy hisobotlarni moliyaviy hisobotlar 
taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosiga muvofiq tayyorlash va tadbirkorlik 
sub’ekti rahbariyati firibgarlik yoki xato tufayli yuzaga kelgan muhim buzib 
ko’rsatishlar mavjud bo’lmagan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun zarur deb 
hisoblagan ichki nazorat tizimini ta’minlash uchun javobgar bo’lishi to’g’risida 
tushuntirishni o’z ichiga olishi lozim.
Agar moliyaviy hisobotlar haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq 
tayyorlangan bo’lsa, auditorlik hisoboti (xulosasi)da tadbirkorlik sub’ekti 
rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgarligi tavsifi, 
vaziyatga qarab, “mazkur moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va haqqoniy taqdim 
etish” yoki “to’g’ri va haqqoniy tasavvur beradigan moliyaviy hisobotlarni 
tayyorlash”ga havola etishi lozim. 
Auditorning javobgarligi. Auditorlik hisoboti (xulosasi) “Auditorning 
javobgarligi” degan sarlavhali qismni ham o’z ichiga olishi lozim. Auditorlik 
hisoboti (xulosasi)da auditorning javobgarligi u moliyaviy hisobotlar bo’yicha o’zi 
o’tkazgan audit asosida o’z fikrini bildirishidan iborat ekanligi ko’rsatib o’tilishi 
lozim. 
Qayd etish qismi. Auditining ushbu holatda zarur deb hisoblanuvchi 
auditorlik protseduralarini bajarish qobilyatiga taalluqli. Qayd etish xatboshisi 
o’zida auditor tekshiruv davomida qilgan ishlarni haqiqiy tasdig’ini ko’rsatadi. Bu 
o’quvchiga audit o’rnatilgan standartlar yoki bunday majburiyatlar uchun 
amaliyotlarga mos o’tkazilganligiga ishonch tug’diradi. 
Qayd etish xatboshisi, audit moliyaviy hisobotlarda jiddiy xatoliklar 
yo’qligiga etarlicha ishonch hosil qilish uchun o’tkazilgani va o’tkazilgan audit o’z 


257 
fikrini bildirishi uchun etarlicha asos berishini isbotlash uchun rejalashtirilgan va 
o’tkazilganligi haqidagi bayonnomani o’z ichiga olishi zarur. Bunday iboralardan 
yoki shunga o’xshash rasmiyatchiliklardan foydalanish audit ishonchliligining 
yuqori darajasini ta’minlashini bildiradi, lekin bu kafolat hisoblanmaydi. 
Hisobotda auditda mamlakatda o’rnatilga auditning xalqaro standartlariga 
(MSA) suyangan holda o’tkazilganligi borasida foydalanilgan standartlar 
ko’rsatilishi kerak. Masalan, agar kompaniya AQSh fond birjalarida savdo qilsa, 
audit bo’yicha auditning umum qabul qilingan standartlari, AQShda umum qabul 
qilingan standartlar yoki AICPA o’rnatilgan standartlarga nisbatan havolalar 
bo’lishini talab qiladi. 
Fikrning mazmuni aks etgan xatboshi. Auditorlik hisoboti (xulosasi) “Fikr” 
degan sarlavhali qism bo’lib, unda haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq 
tayyorlangan moliyaviy hisobotlar bo’yicha modifikatsiyalanmagan fikr bildirishda 
auditorning fikrida (agar qonunchilik yoki me’yoriy hujjatlarda boshqacha qoida 
nazarda tutilmagan bo’lsa) teng (ekvivalent) deb baholanadigan quyidagi 
iboralardan biri qo’llanilishi lozim:
(a) Moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda, ... [moliyaviy hisobotlarni 
taqdim etish uchun qo’llaniladigan asos]ga muvofiq haqqoniy taqdim etadi; yoki 
(b) Moliyaviy hisobotlar ... [moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun 
qo’llaniladigan asos]ga muvofiq to’g’ri va haqqoniy tasavvur beradi. Muvofiqlik 
asosi 
talablariga 
binoan 
tayyorlangan 
moliyaviy 
hisobotlar bo’yicha 
modifikatsiyalanmagan fikr bildirishda auditorning fikrida moliyaviy hisobotlar 
barcha muhim jihatlarda [moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun 
qo’llaniladigan asos]ga muvofiq tayyorlangani ko’rsatilishi lozim. 
Xulosa sanasi. Xulosaga sana qo’yilishi lozim. Auditor xulosaga audit 
tugagan kun sanasini qo’yishi kerak (qoidaga ko’ra, topshiriqning oxirgi kuni). Bu 
o’quvchilarga hodisalarni moliyaviy hisobotga ta’sirlarini ko’rib chiqishdava 
hodisalar yoki bitimlar natijasi bo’yicha auditorga bu sanagacha nimalar ro’y 
berganligi haqida axborot beradi. Auditorlik xulosalari rahbariyat tomonidan 


258 
tayyorlangan va taqdim etilgan moliyaviy hisobotni tekshirish natijasi hisoblanadi, 
auditor xulosasiga rahbariyat tomonidan moliyaviy hisobot imzolangan yoki 
tasdiqlangan sanadan avvalgi sanani qo’yishi kerak emas. 
Auditorning manzili 
Hisobotda auditorning ofisi joylashgan va u mijozlarga xizmat ko’rsatadigan 
aniq joy, shahar aytilishi kerak. Auditning umum qabul qilingan standartlari ham 
auditor auditorlik xulosasi berilgan shahar yoki shtatni (auditor AQShdan 
tashqarida bo’lsa, shahar va mamlakatni) qo’shishni talab qiladi. Eslatma: ayrim 
mamlakatlarda tekshiruv haqidagi hisobotda auditorning aniq manzili ko’rsatish 
shart emas. 
Imzo
Hisobot auditorlik firmasi nomidan yoki auditorning shaxsan nomidan yoki 
vaziyatga ko’ra, ikkalasining nomidan imzolanishi lozim. Auditor hisoboti, odatda, 
firma nomidan imzolanadi, chunki firma audit uchun javobgarlikni o’z zimmasiga 
oladi. Eslatma: Ayrim mamlakatlarda (masalan AQSh, Buyuk Britaniya, 
Nederlandiya) hozirda auditorlarning shaxsiy imzosi talab qilinmaydi. Ularni 
havola sifatida qo’shib qo’yilishi etarli. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling