A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

Nazorat uchun savollar: 
1. Auditorlik 
dalillarini 
to’plash 
vositasi 
sifatida 
tanlash 
va 
umumlashtirlgan dasturiy ta’minot sharhi qay tartibda foydalanish mumkin? 
2. Auditorlik tanlashning maqsad va vazifalari nimadan iborat? 
3. Tanlash bilan bog’liq risklar nimalarda iborat? 
4. Tanlashning qanday turlari mavjud? 
5. Statistik tanlash nima? 
6. Nostatistik tanlash nima? 
7. Statistik va nostatistik tanlash o’rtasida qanday farq mavjud? 
8. Monetar tanlash nima? 


251 
12-BOB. AUDITORLIK TEKSHIRUVINING YAKUNIY BOSQICHI 
12.1. Auditorlik xulosasi va moliyaviy hisobot yuzasidan javobgarlik 
Auditorlik xulosasi qisqa, bir necha satrdan iborat bo’ladi xolos. U auditorlik 
faoliyatida maxsus bilimga ega bo’lmagan foydalanuvchilar uchun yuridik jihatdan 
rasmiylashtirilgan axborot bo’lishi mumkin. Ammo, shuni inobatga olish kerakki, 
tekshiruv yakunidagi xulosa bir necha qatordan iborat bo’lsada, u o’ta 
ehtiyotkorlikni talab qiladi va sinchiklab, uzoq vaqt o’tkazilgan audit jarayonining 
yakunlanganini bildiradi. 
AQShda o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, aniq bir yilda transmilliy 
auditorlik firmasining o’zi kabi yirik beshta mijoziga ko’rsatgan ish hajmi 128000 
soatga teng. Bajarilgan bu kabi yirik hajmdagi ishni auditorlar 175 ba’zan esa 
undan ham kam so’zdan iborat bo’lgan auditorlik xulosasida aks ettiradilar. Shuni 
ta’kidlash kerakki, xulosadan tashqi foydalanuvchi auditor bajargan ish bilan 
boshidan oxirigacha tanishishni istamaydi. Unga faqatgina qisqa satrlardagi xulosa 
ahamiyatli xolos. (tasavvur qiling 128000 soatlik ish natijalarini ko’rib chiqish 
qancha uzoq vaqt olishini). 
Rahbariyatning auditorlik hisoboti uchun javobgarligi 
2002 yilga qadar AQShdagi korxonalarning boshqaruv xodimlari moliyaviy 
hisobotlardagi buzib ko’rsatishlar, xatoliklar uchun tasdiqlangan firibgarlik 
holatlaridan tashqari, javobgarlikka tortilmas edilar (Boshqacha aytganda, 
xodimlar bu xatoliklar haqida bilar edilar va bu ularning qastdan qilgan xatolari 
bo’lishi ham mumkin edi) 2002 yilda Sarbeyke-Okeli (SOX) qonuni qabul 
qilingach bunga chek qo’yildi. Unga ko’ra, ijrochi yoki moliyaviy direktor va 
shunga o’xshash mansabdor shaxslar AQShning qimmatli qog’ozlar va birjalari 
(SEC) bo’yicha Komissiyaga taqdim etilgan yillik yoki choralik hisobotlarda 
quyidalarni tasdiqlashlari lozim: 

rahbar hisobotni ko’rib chiqadi; 


252 

hisobot jiddiy faktlar haqida yolg’on ma’lumotni bayon qilmaydi yoki 
moddiy faktni bekitmaydi, 

moliyaviy hisobotlarda va boshqa moliyaviy axborotlardagi barcha 
muhim ko’rsatkichlar kompaniyaning moliyaviy ahvolini haqqoniy aks ettiradi; 

rahbariyatning imzolari: 
-ichki nazorat tizimini tashkil etish va xizmatidan foydalanish uchun 
javobgarlik bor; 

imzo qo’yuvchi mansabdor shaxslar kompaniya ichki auditorlari va 
direktorlar kengashining audit bo’yicha qo’mitasi quyidagilarni ochib beradi: 
- ichki nazoratni loyihalashtirishdagi yoki ichki nazorat faoliyatidagi 
kompaniyaga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo’lgan hamma jiddiy kamchiliklar 
ro’yxatga olinadi, ishlab chiqiladi, umumlashtiriladi va kompaniya auditoriga bu 
haqda xabar qilinadi; 
-boshqaruv yoki boshqa xodimlarni o’z ichiga oluvchi va kompaniya ichki 
nazorat tizimida muhim ahamiyatga ega har qanday firibgarliklar; 
-ichki nazorat tizimidagi kamchiliklar va o’zgarishlar yoki ichki nazoratga 
jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar haqida hisobotga imzo qo’ygan mansabdor 
shaxslar ularni baholash sanasidan keyin jiddiy kamchiliklar va zaif tomonlariga 
nisbatan barcha tuzatuvchi xatti-harakatlarni ham inobatga olgan holda. 
Bu shuningdek, shtab-kvartirasi AQShdan tashqarida bo’lgan, aktsiyalari 
AQSh fond birjalarida sotiladigan korporotsiyalarning mansabdor shaxslariga ham 
tegishli bo’lib xalqaro muzokaralarga olib kelishi ham mumkin. Qator Evropa 
mamlakatlarida talab ushbu qonun doirasida bo’lib, unda direktorlar kengashining 
hamma a’zolari (yoki ikki darajali boshqaruvda ijro etuvchi organ va kuzatuv 
kengashi) moliyaviy hisobotlarga imzo qo’yishlari bilan ularning javobgarligi 
yuzaga kelishini, mas’uliyat faqat bitta bosh direktor yoki moliyaviy direktorga 
taalluqli emasligini bildiradi. Biroq, moliyaviy hisobotlar va ichki nazorat uchun 
asosiy javobgarlik boshqaruv yuklatilgan shaxs zimmasida qoladi va bu Sarbeyke-
Okeli qonunining asosiy tamoyilidir. 


253 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling